James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- «ratsional nodonlik samarasi»
Video:
Majburlash kuchi 164 Ikkinchidan, saylovchilarda nomzodlar yoki muammolar to'g'risida mukammal ma'lumotga ega bo'lishga rag'bat kam. Yakka saylovchining ovozi deyarli hech qachon saylov natijasini o'zgartirmaydi. Uning ovozi shahar, mahalliy yoki milliy saylovlarning natijasini hal qiluvchi ovoz bo'lishidan ko'ra, u saylov uchastkasiga borguncha yo'lda uni chaqmoq urish ehtimoli kattaroq! Shuni tushungan ko'p saylovchilar asosli ovoz berish uchun muammolar va nomzodlar bilan yaqindan tanishib chiqishga ko'p vaqt sarflamaydilar. Ko'pchilik shunchaki biror faoliyat (televizor tomosha qilish, do'stlari bilan ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish yoki ish joyidagi suhbatlar) davomida olgan ma'lumotlarga asoslanib ovoz beradilar. Yuqoridagilarni hisobga olsak, saylovchilarning ko'pi nomzodlarning qarashlari yoki davlat faoliyatining (qishloq xo'jaligi subsidiyalari yoki savdo cheklovlari kabi) iqtisodiyotga ta'siri to'g'risida kam biladilar yoki umuman bilmaydilar. Iqtisodchilar bu holatni «ratsional nodonlik samarasi» (?) deb ataydilar. Boshqacha aytganda, saylovchilar yaxshi xabardor emas, lekin yakka ovoz hal qiluvchi bo'lmaganligi sababli, ularda ma'lumotning kamligi mantiqqa to'g'ri keladi. Video: Savdo cheklovlari va klanli kapitalizm Saylovchilarda asosli ovoz berishga rag'batning sustligi iste'molchilarning bozordagi faoliyatidan keskin farq qiladi. Bozorda har bir iste'molchi o'z mablag'ini qanday sarflashni o'zi hal qiladi va u noto'g'ri qarorning oqibatini o'zi his qiladi. Shu boisdan u o'z mablag'ini oqilona sarflashga harakat qiladi. Iste'molchilar avtomobil, kompyuter, sport klubida a'zolik yoki minglab shunga o'xshash boshqa narsalarni xarid qilish to'g'risida o'ylaganda, ularda ma'lumot olishga va asosli tanlov qilishga kuchli rag'bat bo'ladi. Uchinchidan, siyosiy jarayon odatda barchaga bitta natijani yuklaydi, bozorlar esa, aksincha, turli xil natijalarga olib keladi. Boshqacha aytganda, davlat taqsimoti «hamma uchun bir o'lcham» natija beradi, bozorlar esa turli shaxslar va guruhlar istagan variantlari uchun «ovoz berishlariga» va tanlashlariga imkon beradi. Buni maktab ta'limi misolida tasvirlab berish mumkin. Agar maktab ta'limi davlat tomonidan emas, balki bozor orqali taqsimlansa 165 (masalan, xususiy maktablar va uyda ta'lim orqali), ayrim ota-onalar diniy qadriyatlarga e'tibor beruvchi maktablarni, boshqalar esa asosiy ko'nikmalar, madaniy xilma-xillik yoki kasbiy tayyorgarlikka e'tibor beruvchi maktablarni tanlaydilar. To'lashga tayor bo'lgan har bir xaridor (yoki guruh a'zolari) o'zi istagan ta'lim turini tanlashi va olishi mumkin. Bozorlar proportsional vakillik tizimi amal qilishini ta'minlaydi, bu esa aksari odamlar o'z istaklariga mos tovar va xizmatlarni sotib olishiga imkon yaratadi. Bundan tashqari, bozor tizimi ko'pchilik vakillari o'z qarorlarini kamchilik vakillariga yuklashidan yuzaga kelishi muqarrar bo'lgan ziddiyatlarning oldini oladi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling