162
Siyosiy bosimlarni tushunish
Iqtisodiyotning birinchi darsi resurslar taqchillikdan iborat: odamlar talabini
to'liq qondirish uchun resurslar hech qachon yetarli bo'lmaydi. Siyosatning
birinchi darsi iqtisodiyotning birinchi darsiga e'tibor bermaslikdan iborat
(55)
.
— Tomas Sauell [Thomas Sowell], Stenford Universitetining iqtisodiyot fanlari professori
Video:
Jamiyat tanlovi
Siyosiy jarayon iqtisodiy tizimning muqobil shaklidir.
U muammolar yuzaga kelganda
ishonchli choralar ko'rish uchun tayanadigan xatolarni tuzatuvchi qurilma emas. Davlat
faoliyati saylangan siyosatchilar (masalan, yakka hokimiyatchilik tizimiga nisbatan)
tomonidan nazorat qilinganda ham, uning faoliyati samarali amalga oshirilishiga ishonch yo'q.
Bu, ayniqsa, davlat taqchil resurslarni
imtiyozga ega sohalar, korxonlar va manfaatdor guruhlar
orasida taqsimlashda faol aralashganida yaqqol kuzatiladi. 3-bobning kirish qismida ta'kidlab
o'tilganidek, keyingi yarim asr davomida ishlab chiqilgan
jamiyat tanlovining tahlili
demokratik siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonini batafsil tushunishda yordam beradi.
Ko'pchilik ma'qul ko'rgan siyosiy qarorlar har doim ham jamiyatga ijobiy ta'sir
ko'rsatmasligi shubhasiz. Keling, fikrlash orqali tajriba o'tkazamiz. Besh saylovchidan iborat
oddiy iqtisodiyotni faraz qiling. Deylik, saylovchilardan uchtasi har biriga 2
yevrodan sof
foyda keltirib, ammo qolgan ikki saylovchining har biriga 5 yevrodan sof chiqim yuklaydigan
loyihani ma'qullaydi. Jamini olganda, loyihaning tannarxi 10 yevroga teng, sof foydasi esa 6
Do'stlaringiz bilan baham: