James d. Gwartney


Video: Siyosiy yoki bozor tanlovi


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Siyosiy yoki bozor tanlovi
Davlat xodimlari foyda va xarajatlarni hisoblashga harakat qilishi mumkin, lekin
ularning hisoblari ko'pincha taxminlardan iborat, chunki ularda xaridorlar va sotuvchilarning
tanlovlari to'g'risida ishonchli ma'lumotlar bo'lmaydi. Bundan tashqari, amalda bunday foyda-
xarajatlar tahliliga ko'pincha ko'zlangan siyosiy maqsadlar ta'sir ko'rsatadi.
Ushbu 
elementning 
boshida 
keltirilgan 
Tomas 
Jeffersonning 
iqtibosida
ta'kidlanganidek, davlat odamlarni bir-biriga zarar yetkazishini oldini olishi nihoyatda
muhimdir (davlatning himoya funksiyasi). Iqtisodiyot shuni ham tan oladiki, bozorlar
yetkazishi qiyin bo'lgan tovarlarni davlat ta'minlashi kerak (davlatning ishlab chiqarish
funksiyasi). Biroq, agar davlat ushbu faoliyat chegarasidan chiqib ketsa, davlatning rolini
yanada oshirishga asos kamayadi. Davlatning iqtisodiy rolini batafsilroq tahlil qilish uchun
bozorlar bilan bog'liq kamchiliklarni chuqurroq o'rganish va amaldagi siyosiy jarayonlarga
iqtisodiy instrumentlarni tatbiq etish muhim ahamiyatga ega.


153
O'qish uchun:
Edvard Ellis. «Siznikimas xo'jayinlik qilishga»


154
Monopoliyalarni tartibga solish
Bir xil savdodagi tadbirkorlar hatto xursandchilik yoki o'yin-kulgu uchun ham
bir-birlari bilan kamdan kam uсhrashadilar, lekin shunday bo'lsa ham,
suhbatlari jamiyatga qarshi til birishtirish yoki narxlarni oshirish bo'yicha
qandaydir fitna bilan yakunlanadi.
— Adam Smit, «Millatlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish»
Jamiyat resurslaridan maksimal qiymat olishi uchun ulardan samarali foydalanishi kerak.
Raqobat bunday samarali faoliyatning asosini tashkil etadi. Avval muhokama qilinganidek,
raqobat muhitidagi korxonalar iste'molchilar ko'nglini topishdan hamda tovar va xizmatlarni
tejamkorlik bilan ishlab chiqarishdan manfaatdor. Agar korxonalar iste'molchilar to'lagan
bahosiga arziydigan qiymatni ta'minlamasa, iste'molchilar pullarini boshqa joyda sarflaydilar.
Monopoliya o'rinbosarlari yo'q tovar yoki xizmatni yagona korxona ishlab chiqarganda
mavjud bo'ladi. Ushbu holatda korxonada ishlab chiqarish hajmini cheklashga va narxni
oshirishga rag'bat paydo bo'ladi. Ishlab chiqarish hajmini qisqartirib narxni oshirganda korxona
resurslardan samarali foydalanganga nisbatan, ya'ni kattaroq hajmni pastroq narxda ishlab
chiqargan holatiga nisbatan, ko'proq foyda olishi mumkin. Bu unumsizlikka olib keladi, chunki
korxona iste'molchilar uchun qiymati tannarxiga nisbatan yuqori bo'lgan birliklarni ishlab
chiqarmaydi.
Monopoliyaning ikkita asosiy manbai mavjud: miqyos samarasi va imtiyozning
berilishi. Agar katta korxonalar mahsulot birliginining tannarhi kichik korxonalarnikidan
pastroq bo'lsa, miqyos samarasi vujudga keladi. Agar korxonaning bozordagi ulushi oshgan

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling