James d. Gwartney
Video: Slovakiyadagi iqtisodiy erkinlik
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Video:
Slovakiyadagi iqtisodiy erkinlik 146 Davlatning roli to'g'risida iqtisodiy fikrlashning o'nta asosiy elementlari TALABLAR, STANDARTLAR, NORMALAR, TARTIB-QOIDALAR, SHAFFOFLIK, QONUN Elementlar: 1. Davlat shaxslar huquqlarini himoya qilish va bozor ta'minlashi murakkab bo'lgan ba'zi tovar va xizmatlarni yetkazib berish orqali iqtisodiy taraqqiyotni rag'batlantiradi. 3-BOB 147 2. Agar monopoliya va bozorga chiqishga katta to'siqlar mavjud bo'lsa, bozorlar ideal samaradorlikka erishmaydi. 3. Jamoat mollari va tashqi ta'sirlar shaxslarni o'z manfaatlari yo'lida ideal iqtisodiy samaradorlikka zid faoliyat turlari bilan shug'ullanishga undashi mumkin. 4. Siyosiy saylov orqali taqsimlash bozor taqsimotidan tubdan farq qiladi. 5. Agar konstitutsion yoki boshqa qat'iy me'yorlar bilan cheklanmasa, maxsus manfaatdor guruhlar demokratik siyosiy jarayondan soliq to'lovchilar va iste'molchilar hisobiga o'z maqsadlari yo'lida foydalanadilar. 6. Agar qonun chiqaruvchilarni konstitutsion yoki boshqa qat'iy qoidalar bilan cheklamasa, ular byudjet defitsitiga yo'l qo'yadilar va haddan tashqari ko'p sarflaydilar. 7. Agar davlat ayrimlarga boshqalar manfaatiga zid imtiyozlar bersa, bu samarasizlikka hamda davlat mulozimlari va korxonalar o'rtasida betayin, nomunosib munosabatlarning rivojlanishiga olib keladi. 8. Transfert oluvchilarning sof foydasi ajratilgan transfert miqdoridan kam, ko'pincha esa ancha kam bo'ladi. 9. Iqtisodiyotni markazdan rejalashtirish juda murakkab bo'lib, bu yo'ldagi harakatlar samarasizlik va urug'-aymoqchilikka olib keladi. 10. Davlat boshqaruvidagi raqobat bozordagi raqobat kabi muhim. Kirish Iqtisodchilar iqtisodiy faoliyatni baholashda iqtisodiy samaradorlik standartidan foydalanadilar. Resurslardan samarali foydalanilganda, faqatgina foydasi xarajatidan katta bo'lgan faoliyat turlari amalga oshiriladi. Xarajatlari foydasidan katta bo'lgan hech bir faoliyat amalga oshirilmaydi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy samaradorlik (?) mavjud resurslardan maksimal foyda olishni anglatadi. Iqtisodiyot darsliklarida odatda bozorlar ayrim faoliyat turlari bo'yicha ideal samaradorlikka erishmasligining sabablari va ushbu vaziyatni to'g'irlash uchun davlat qanday choralar ko'rishi mumkinligi tushuntiriladi. Biz shu principga amal qilamiz - ideal siyosiy faoliyat salohiyatini ko'rib chiqamiz, lekin siyosiy jarayonlarni iqtisodiy instrumentlardan ham foydalanib tahlil qilamiz. 148 Hozirgi kunda Qo'shma Shtatlari va bir qator boshqa mamlakatlarda davlat xarajatlari milliy daromadning kamida 40 foizini tashkil etadi. Uning hajmi va miqyosini hisobga olsak, siyosiy taqsimlash jarayonini tushunish juda muhim. Oxirgi yarim asr ichida bu mavzu iqtisodiyotning ajralmas qismiga aylandi. Bu mavzuni o'rganuvchi sohani iqtisodchilar Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling