James d. Gwartney


ELEMENT 3.1 Davlat shaxslar huquqlarini himoya qilish va bozorlar ta'minlashi murakkab bo'lgan ba'zi


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

ELEMENT 3.1
Davlat shaxslar huquqlarini himoya qilish va bozorlar ta'minlashi murakkab bo'lgan ba'zi
tovar va xizmatlarni yetkazib berish orqali iqtisodiy taraqqiyotni rag'batlantiradi.


150
firibgarlik va zo'ravonlikka qarshi qonunlarning ijrosini ta'minlashni o'z ichiga oladi.
Fuqarolarni bir-biridan va tashqi tahdidlardan himoya qilish uchun davlatga qonun doirasida
kuch ishlatishga monopoliya huquqi berilgan. Demak, «himoyalovchi davlat» odamlar bir-
birlariga zarar yetkazishini oldini olishga harakat qiladi va ularning hamkorlik va hamjihatlik
asosida o'zaro munosabatda bo'lishlariga qaratilgan qonunlar ijrosini ta'minlaydi. Shaxslar va
ular mulkini tajovuzkorlardan himoya qilishga, shartnomalarning xolis ijrosini kafolatlashga va
qonun oldida barchaning tengligini ta'minlashga qaratilgan huquq tizimi (2-bob, 1-elementga
qarang) davlat himoya funksiyasining yadrosini tashkil etadi.
Himoya funksiyasi bozorlarning muttasil faoliyatini ta'minlash uchun juda muhim
ahamiyatga ega. Davlat mulkchilik huquqini aniq belgilab, uning ijrosini ta'minlasa, bozor
narxlari resurslarning muqobil qiymatini aks ettiradi, ishlab chiqaruvchilar esa iste'molchilar
uchun tannarxiga nisbatan qiymati yuqori tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga o'tadilar.
Bundan tashqari, agar shartnomalar samarali va favoritizmsiz ijro etilsa, tranzaksion xarajatlar
miqdori kamayib, savdo hajmi ko'payadi. O'z navbatida, rag'batlantirish tuzilmasi
(?)
odamlarni resurslarni yaratishga, o'zaro manfaatli savdo qilishga va boylik yaratuvchi
loyihalarni amalga oshirishga rag'batlantiradi.
Davlatning himoya funksiyasining ahamiyatini mubolag'a qilish qiyin. Agar bu
funksiya qoniqarli ijro etilsa, fuqarolar firibgarlikdan himoya qilinganliklariga va ishlab topgan
boyliklarini boshqalar yoki davlat tortib olmasligiga amin bo'ladilar. Bunday himoya
fuqarolarga har kim ekkanini o'zi o'rishiga ishonch beradi. Shunda odamlar ko'proq ekib,
ko'proq hosil oladilar. Bu esa iqtisodiy taraqqiyotga olib keladi.
Aksincha, agar himoya funksiyasi qoniqarsiz bajarilsa, bu ko'plab muammolarni
keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarish va savdo orqali emas, balki aldamchilik, firibgarlik va
siyosiy favoritizm kabi illatlar orqali muvaffaqiyatga erishishga imkoniyat paydo bo'ladi.
Daromad va boylikning himoyasiga bo'lgan ishonch yo'qoladi, bozor narxlari esa tovar va
xizmatlarning haqiqiy tannarhini aks ettirmaydi. Resurslarni rivojlantirishga bo'lgan rag'bat
zaiflashib, iqtisodiy taraqqiyot turg'un turib qoladi. Afsuski, ayni shu holat ko'plab qashshoq va
kam rivojlangan mamlakatlarga xos.


151

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling