James d. Gwartney


Video: Davlat mulkini qayta hisoblash


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Davlat mulkini qayta hisoblash
Davlatning ikkinchi asosiy vazifasi – ishlab chiqarish funksiyasi
(?)
– bozorlar orqali
ta'minlash qiyin bo'lgan faoliyatni amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu ishlab chiqarish
funksiyasi ham bilvosita, ham bevosita tarkibiy qismlardan iborat. Bilvosita tarkibiy qismi
bozorlar samarali faoliyati uchun muhit yaratishni o'z ichiga oladi. Ta'kidlab o'tilganidek,
mulkchilik huquqini himoya qiliuvchi va shartnomalar ijrosini ta'minlovchi huquq tizimi savdo
manfaatlarini hamda bozor samaradorligini oshiradi. Shu tarzda, aholining yildan-yilga
barqaror xarid qilish qobiliyatiga ega pulni ta'minlaydigan monetar tizim ishonchsizlikni
kamaytiradi va ayirboshlashdan foyda olishni yengillashtiradi. Barqaror monetar va narx
muhitini ta'minlash davlatning eng muhim ishlab chiqarish funksiyalaridan biridir. 2-bob, 5-
elementda muhokama qilinganidek, bu vazifani davlat to'g'ri bajarganda, odamlar ko'proq
investitsiya qiladilar, savdo orqali to'laqonli hamkorlik qiladilar va yuqori daromad darajasiga
erishadilar.
Gohida davlatning ishlab chiqarish funksiyasi bevosita ham bo'lishi mumkin. Ba'zi
tovarlar uchun to'langan narx va yetkazib berilgan miqdor o'rtasida birga-bir munosabat
o'rnatish qiyin. Masalan, milliy mudofaa barcha fuqarolar uchun bir xil miqdorda ta'minlanadi.
Xorijiy tajovuzdan hammani bir vaqtning o'zida himoya qilmasdan, faqatgina ayrim
fuqarolarni himoya qilishning ilojisi deyarli yo'q. Bozorlar shunday xususiyatlarga ega
tovarlarni odatda juda kam miqdorda ta'minlaydi. Shu sababli bularni davlat tomonidan
ta'minlash iqtisodiy holatni yaxshilashi mumkin. Bu masala quyida 3-elementda batafsil ko'rib
chiqilgan.
Boshqa holatlarda, foydalanishni nazorat qilish va iste'molchilardan to'lovni bevosita
o'ndirish juda qimmatga tushishi mumkin. Ushbu holatlarda bu tovarlarni bozor orqali
ta'minlash samarasiz bo'lishi mumkin. Yo'llar, ayniqsa shahar yo'llari, bunga misol bo'ladi.
Yo'ldan foydalanish uchun bevosita to'lovni joriy etish va uni yig'ib olish juda qimmat bo'lar
edi. Shu sababli, odatda, yo'llardan foydalanishni hammaga ruxsat berib, yo'l qurilishini
soliqlar orqali moliyalashtirish samaraliroq hisoblanadi.


152
Har safar ta'kidlaganimizdek, resurslarimizdan maksimal qiymat olish uchun
faoliyatning foydasi u bilan bog'liq xarajatlardan katta bo'lishini talab qiladi. Bu printsip ham
davlatga, ham bozor faoliyatiga taaluqlidir. Afsuski, soliqlar yoki qarz hisobiga
moliyalishtiriladigan loyiha bilan bog'liq davlat faoliyatiga kelganda, foyda va xarajatlarning
ikkalasini ham hisoblash qiyin kechadi. Bozor sharoitida xaridorlar va sotuvchilarning
tanlovlari foyda va xarajatlar to'g'risidagi ma'lumotni oshkor qiladi. Agar iste'molchi tovarni
uni narxidan yuqoriroq qadrlamasa, unda uni sotib olmaydi. Shuningdek, agar ishlab
chiqaruvchi tovarning tannarhini qoplay olmasa, unda u tovarni ishlab chiqarmaydi. Biroq,
agar davlat faoliyatni soliq tushumlari hisobidan moliyalashtirsa, xaridorlar va ishlab
chiqaruvchilarning tanlovida oshkor bo'ladigan ma'lumot yo'qoladi. O'z mablag'ini
sarflaydigan xaridor mavjud bo'lmaganligi u oladigan manfaat to'g'risidagi ma'lumotni oshkor
qilmaydi. Bundan tashqari, yetkazib beruvchilarning daromadlari majburiy soliq tushumlaridan
tashkil topganligi sababli, loyihaning qiymati uning xarajatidan kattaligiga kafolat bermaydi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling