James d. Gwartney
Bozor muvaffaqiyatsizliklarini
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamoat mollari
- ELEMENT 3.3 Jamoat mollari va tashqi tasirlar shaxslarni oz manfaatlari yolida ideal iqtisodiy
Bozor muvaffaqiyatsizliklarini
yumshatish Ta'kidlab o'tganimizdek, bozorlar resurslarni samarali taqsimlashi uchun mulk huquqi aniq belgilangan bo'lishi va ishlab chiqaruvchilar o'z faoliyati foydasiga egalik qilishi kerak. Ammo ba'zi tovarlarning xususiyati buni mushkullashtiradi. Ushbu elementda bozorlar orqali resurslarni samarali taqsimlashda jiddiy qiyinchiliklar tug'diradigan ikki xil iqtisodiy faoliyat turi kurib chiqiladi. Bular jamoat mollari va tashqi ta'sirlardir. Jamoat mollari Ba'zi tovarlarning xususiyatlari ishlab chiqaruvchilarga ularni ishlab chiqarishdan foyda olishni mushkullashtiradi. Iqtisodchilar jamoat mollari deb nomlagan tovarlar toifasi mavjud bo'lganda shunday holat vugudga keladi. Jamoat mollari (?) quyidagi ikki xususiyatga ega: (1) umumiy iste'mol — bir guruhni tovar bilan ta'minlash bir vaqtning o'zida boshqa guruhlarni ham u bilan ta'minlaydi; va (2) istisnosizlik — tovar uchun to'lay olmaydigan iste'molchilarni inkor etish murakkab yoki iloji yo'q bo'ladi. Masalan, suv toshqinini oldini olish birinchi mezonga mos keladi, chunki bu faoliyatdan butun mintaqa aholisi manfaatdor bo'ladi. Shuningdek, bu faoliyat ikkinchi mezonga ham mos keladi, chunki aholidan ushbu xizmat uchun to'lov undirish oson emas. Demak, potensial ishlab chiqaruvchilar tovarning iste'moli va to'lovi o'rtasida birma-bir bog'liqlikni o'rnata olmaganliklari sababli, jamoat mollarini bozor tizimi orqali yetkazish qiyin bo'ladi. Iste'molchilarda tekinxo'rlik, ya'ni tovar to'loviga o'z hissalarini qo'shmaganiga qaramasdan, uni iste'mol qilishga rag'bat paydo bo'ladi. Agar tekinxo'rlar soni ko'paysa, tovar iste'molidan bo'lgan foyda uning tannarxidan katta bo'lishiga qaramasdan, tovar umuman ELEMENT 3.3 Jamoat mollari va tashqi ta'sirlar shaxslarni o'z manfaatlari yo'lida ideal iqtisodiy samaradorlikka zid faoliyat turlari bilan shug'ullanishga undashi mumkin. 158 ishlab chiqarilmasligi (yoki juda oz miqdorda ishlab chiqarilishi) mumkin. Bunday holatlarda, odatda bozorlar jamoat mollarini iqtisodiy samaradorlik miqdorida ishlab chiqara olmaydi. Suv toshqinini nazorat qilishdan tashqari, milliy mudofaa, shahar politsiyasi va chivinga qarshi kurash jamoat mollariga misol bo'ladi. Bunday tovar va xizmatlarni bozor orqali ta'minlash qiyinligi sababli, bular odatda davlat tomonidan ta'minlanadi. Tovarning jamoat mollari toifasiga kirish yoki kirmasligi uning qaysi iqtisodiy sohada ishlab chiqarilganligiga emas, balki tovarning xususiyatiga bog'liq ekanligini qayd etish lozim. Ko'pchilik agar tovar davlat tomonidan ta'minlansa, unda ushbu tovar jamoat moli deb o'ylaydi. Bu xato tushunchadir. Davlat domonidan ta'minlangan tovarlarning ko'pi jamoat mollari xususiyatlarga ega emasligi aniq. Tibbiy xizmat, ta'lim, pochta tarqatish, chiqindi yig'ish hamda elektr energiyasi ta'minoti kabilar xayolga keladi. Bu tovar va xizmatlar odatda davlat tomonidan yetkazib berilsa ham, to'lamaydigan mijozlarni osongina taqiqlash mumkin hamda boshqalarni istisno qilgan holda mahsulotni alohida bir guruhga ta'minlash ham mumkin. Hatto park ham jamoat moli emas, chunki to'lamaydigan mijozlarni istasa istisno qilish mumkin – masalan, Parij Disneyi. Shunday qilib, usbu tovar va xizmatlar davlat tomonidan ta'minlansa ham, ular jamoat mollari emas. Haqiqiy jamoat mollari juda kam uchraydi. Ko'p hollarda, tovar yoki xizmat to'lovi bilan uning iste'moli o'rtasidagi bog'liqlikni o'rnatish qiyin emas. Agar muzqaymoq, avtomobil, televizor, smartfon, kiyim va minglab boshqa buyumlar uchun to'lashdan bosh tortsangiz, ishlab chiqaruvchilar sizni ular bilan ta'minlamaydi, boshqalar sotib olgan narsalardan esa tekinga foydalanishning iloji bo'lmaydi. Xususiy tovar va xizmatlarga kelganda, iste'molchilar ularning davlat tomonidan ta'minlanishidan manfaatdor bo'lishi amri mahol. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling