James d. Gwartney
ELEMENT 3.4 Siyosiy saylov orqali taqsimlash bozor taqsimotidan tubdan farq qiladi
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
ELEMENT 3.4
Siyosiy saylov orqali taqsimlash bozor taqsimotidan tubdan farq qiladi. 163 yevroga teng. Bu loyiha samarasiz va u besh kishilik jamiyat farovonligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shunga qaramasdan, agar ko'pchilik ovoziga asosan qaror qabul qilinsa, uch ovoz qarshi bo'lgan ikki ovozni yutadi. Saylovchilar sonini 5 tadan 5 millionga yoki 200 millionga oshishi umumiy natijani o'zgartirmaydi. Ushbu misolda yaqqol ko'rinib turibdiki, ko'pchilik ovoziga asoslangan saylov tizimi samarasiz loyihalarning qabul qilinishiga olib kelishi mumkin. Bozor taqsimotini iqtisodiy tizimning muhim muqobil shakli bo'lgan demokratik siyosiy taqsimot bilan solishtirish tavsiya etiladi. Quyidagi to'rtta holatni yodda tutish ayniqsa muhimdir. Birinchidan, demokratik tizimda davlat faoliyati ko'pchilik ovozi bilan yuritiladi. Bozor faoliyati esa, aksincha, o'zaro kelishuv va ixtiyoriy ayirboshlashga asoslangan. Demokratik jamiyatda biror bir siyosat ko'pchilik ovozi bilan bevosita yoki saylangan vakil orqali amalga kiritilganda, kamchilik juda qarshi bo'lgan taqdirda ham, shu loyihani moliyalashtirishga yordam berishga majbur. Masalan, agar ko'pchilik yangi futbol stadioni, uy-joy subsidiyasi (?) dasturi yoki inqiroz yoqasidagi avtomobil kompaniyasiga moliyaviy yordam ajratish uchun ovoz bersa, ozchilik taslim bo'lib, ushbu loyihalar uchun soliq to'lashga majbur bo'ladi. Ularga foydasi tegishi yoki tegmasligidan qat'i nazar, ular kattaroq soliq to'lashlariga, daromadlarining kamayishiga yoki boshqa salbiy oqibatlarni boshdan kechirishlariga to'g'ri keladi. Soliq solish va tartibga solish huquqi ko'pchilik ozchilikni o'z shartlariga majburlashiga imkoniyat yaratadi. Agar resurslar raqobatdosh bozorlar orqali taqsimlansa, bunday majburlash huquqi mavjud bo'lmaydi. Bozorda ayirboshlash har ikkala tomon o'zaro kelishuvga kelsagina amalga oshadi. Xususiy korxonalar narxlarini ko'tarishlari mumkin, lekin ular hech kimni ularning mahsulotini sotib olishga majburlay olmaydi. Haqiqatan ham, mijozlarni jalb qilish uchun xususiy korxonalar mahsulotning manfaati o'rnatilgan narxdan yuqoriligini ta'minlashlari lozim bo'ladi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling