James d. Gwartney
Video: Davlat qarzi and byudjet defitsiti
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20-chizma: Gretsiya umumiy davlat byudjeti defitsiti yoki profitsitining YIMdagi ulushi, 1995-2017-yillar
Video:
Davlat qarzi and byudjet defitsiti Xarajatlarni soliqlar orqali emas, balki qarz orqali moliyalashtirishning siyosiy tomondan ma'qulligi ajablanarli holat emas. Bu iqtisodchilar kaltabinlik samarasi (?) deb ataydigan tushunchani aks ettiradi: saylangan siyosiy vakillarda keyingi davrga qoldirisa bo'ladigan va aniqlash qiyin bo'lgan xarajatlar hisobiga ko'zga tashlanadigan va tez natija beradigan loyihalarni ma'qul ko'rishga moyillik bor. Qonun chiqaruvchilar qayta saylanishi uchun byudjet mablag'larini o'z saylov uchastkalari aholisiga va maxsus manfaatdor guruhlarga foydasi tegadigan dasturlarga sarflashni ma'qul ko'radi. Ular soliq joriy etishni xush ko'rmaydi, chunki soliq saylovchilarga sezilarli yuk bo'ladi. Qarz amaldagi soliqning muqobil variantidir; u davlatning ko'zga tashlanadigan xarajatlarini kelajakka suradi. Byudjet defitsiti va qarz olish siyosatchilarga soliqlarni oshirmasdan saylovchilarni manfaatlar bilan darhol ta'minlashga imkon yaratadi. Demak, defitsitlar byudjetni balanslashtirish majburiyati bilan cheklanmagan demokratik siyosatning tabiiy natijasidir. 178 20-chizma: Gretsiya umumiy davlat byudjeti defitsiti yoki profitsitining YIMdagi ulushi, 1995-2017-yillar Defitsit 2 0 -2 -4 -6 % -8 -10 -12 -14 -16 1 9 9 5 1 9 9 6 1 9 9 7 1 9 9 8 1 9 9 9 2 0 0 0 2 0 0 1 2 0 0 2 2 0 0 3 2 0 0 4 2 0 0 5 2 0 0 6 2 0 0 7 2 0 0 8 2 0 0 9 2 0 1 0 2 0 11 2 0 1 2 2 0 1 3 2 0 1 4 2 0 1 5 2 0 1 6 2 0 1 7 Profitsit Cheklovlardan mustasno siyosiy jarayon yaxshi uyushgan alohida manfaatdor guruhlarning foydasiga ishlaydi va siyosatchilarni ko'pchilikning hisobidan bir necha saralanganlarning manfaati uchun xarajatlarni oshirishga undaydi. Masalan, qonun chiqaruvchi organ a'zolari o'z saylovchilariga manfaat keltiradigan xarajatlar uchun qattiq kurash olib borishdan manfaatdor. Aksincha, ikkita sababga ko'ra, qonun chiqaruvchida xarajatlar ustidan «qorovullik» qilish uchun rag'bat yo'q. Birinchidan, bunday qorovullik boshqa hamkasblarning g'azabini keltiradi, chunki xarajatlarni cheklash ularning o'z saylov tumanlari uchun alohida dasturlarni moliyalashtirishni qiyinlashtiradi. O'z navbatida, ular javoban «qorovul»ning tumani uchun xarajatlar dasturini qo'llab-quvvatlashni to'xtatishlari mumkin. Ikkinchisi va eng muhimi shuki, qorovulning xarajatlar va defitsit hajmini qisqartirishdan keladigan manfaati (masalan, soliqlarni kamaytirishdan) boshqa tumanlardagi saylovchilarga ham teng taqsimlanadi. Shunday qilib, garchi qorovul muvaffaqiyatga erishsa ham, buning foydasi uning tumanidagi saylovchilarga qisman tegadi, xolos. 179 Ehtimol, quyidagi misol barcha mamlakatlardagi parlamentlar uchun davlat xarajatlari va byudjet defitsitini nazorat ostiga olish mushkulligi sababini tushunishga yordam beradi. Ukraina Oliy radasi (Ukraina parlamenti) 450 ta deputatlardan iborat. Bu 450 ta shaxs kechki ovqat uchun ovqatlanishga chiqadi, deb faraz qilaylik. Har biri ovqatdan so'ng jami xarajatning 1/450 qismini to'lash kerakligini oldindan biladi. Hech kim kamroq ovqat buyurtma berishga zarurat sezmaydi, chunki uning o'zini tiyishi jami xarajatga uncha ta'sir qilmaydi. Shunday ekan, nima uchun zakuskasiga krevetka, asosiy ovqatga qovurilgan qo'sht va qisqichbaqa, desertga esa pishloqli tortdan katta bo'lagiga buyurtma bermaslik kerak? Axir, qo'shimcha xarajat har bir shaxsning jami to'lov miqdoridagi ulushini bor-yo'gi ozgina miqdorga oshiradi xolos. Misol uchun, agar kechki ovqat ishtirokchilaridan birining qimmat buyurtmasi jami to'lovni 45 yevroga ko'paytirsa, uning ulushi atigi 10 sentga oshadi (45 yevroning 1/450 qismi). Qanday ajoyib! Albatta, u ham boshqa 449 ta ovqatga tashrif buyurganlarning qimmat buyurtmalari uchun qo'shimcha to'lashi kerak. Uning buyurtmasidan qat'i nazar, u shunday to'laydi. Natijada hamma qimmat ovqatga buyurtma beradi va xarajatiga arzimaydigan qo'shimcha ovqatlar uchun oshiqcha to'laydi (62) . Bu yerda tasvirlangan rag'batlantirish tuzilmasi nima sababdan siyosatchilar uchun defitsit orqali moliyalashtirish bu darajada qo'layligini izohlaydi. 2008-2015-yillardagi yetti yillik davrda YIga a'zo mamlakatlardagi byudjet defitsitlari YI qarz hajmining YIMga nisbatan ulushini 30 foizdan oshib ketishiga olib keldi. Bundan tashqari, katta yoshli fuqarolar uchun mo'ljallangan ijtimoiy himoya dasturlari bo'yicha to'lovlar uni moliyalashtirish uchun olinadigan ish haqi solig'i tushumlaridan ancha kattadir. Bu yetarli mablag'lar bilan ta'minlanmagan majburiyatlar qarzning yana bir boshqacha shakli hisoblanadi. Barcha YIga a'zo mamlakatlarda 2016-yilda ijtimoiy himoya xarajatlari umumiy davlat xarajatlarining eng katta qismini tashkil etgan (eng yuqori ko'rsatkich Finlandiyada – YIMga nisbatan 25,6 foiz) (63) . Mehnatga layoqatli aholi ulushining kamayishi va nafaqa oluvchilar sonining oshishi bilan (64) , ijtimoiy himoya xarajatlari ularni moliyalashtirish uchun kerakli daromadlar miqdoridan oshib ketadi, bu esa federal hukumatning qarz majburiyatlarini yanada murakkablashtiradi. Agar YIga a'zo mamalakatlar davlat moliyasini nazorat ostiga olmasa, bu qanday oqibatlarga olib keladi? Davlat qarzining iqtisodiyot hajmiga nisbatan muntazam oshib borishi 180 kredit bozorlariga ta'sir ko'rsatadi. YIMga nisbatan qarzi katta bo'lgan mamlakatda davlatga qarz berish xatarli. Buning natijasida qarzga botgan davlat yuqori foiz stavkalari to'lashiga to'g'ri keladi. Foiz xarajatlarining oshishi, o'z navbatida, davlat o'z byudjet parametrlari doirasida faoliyat yuritishini va soliq stavkalarini oqilona darajada saqlab turishini yanada chigallashtiradi. Agar YIMga nisbatan qarz o'sishni davom etsa, investorlar davlat g'aznasi chiqargan obligatsiyalarni sotib olishga ikkilanadilar. Oxir-oqibatda moliyaviy inqiroz sodir bo'ladi yoki to'g'ridan-to'g'ri davlat defoltga uchraydi yoki qarzni pul chiqarish va inflyatsiya orqali moliyalashtirishga olib keladi. Har ikkala holat ham iqtisodiyotga halokatli ta'sir ko'rsatadi. Bu holat davlat moliyasini nazorat ostiga olmagan Gretsiya kabi boshqa mamlakatlarda kuzatilgan. Hech qaysi mamlakat iqtisodiy qonunlarning ta'siridan himoya qilinmagan. Barcha davlatlar yillar oldin o'z xarajatlari va qarz miqdorlarini nazorat ostiga olishi nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Siyosatchilar soliq tushumlaridan katta bo'lgan xarajatlarga yo'l qo'yishini siyosiy me'yorlarga o'zgartirishlar kiritib cheklab qo'yilmasa, bu maqsadga erishish ehtimoldan yiroq. Buni bir necha yo'l bilan amaga oshirish mumkin. Konstitutsiyaga hukumatdan, xuddi Gruziya hukumatidan talab qilinganidek, byudjetni balanslashtirishni talab etuvchi o'zgartirish kiritish mumkin. Yoki joriy yil xarajatlarini o'tgan yil daromadlari miqdoridan oshmasligi bilan cheklab qo'yish mumkin. Taklif etilgan konstitutsion o'zgartirishlar qonun chiqaruvchilar uchun soliqlarni oshirmasdan yoki davlat xizmatlari uchun to'lovlar joriy qilmasdan xarajatlarni oshirishini murakkablashtiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling