James d. Gwartney


Iqtisodiy mantiqqa to'g'ri kelmaydigan


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Iqtisodiy mantiqqa to'g'ri kelmaydigan
subsidiyalarni cheklash
Siyosatning vositasi (bu odatda uning maqsadiga aylanadi) minimal
huquqbuzarlik bilan oddiy soliq to'lovchidan mablag' yig'ish va tushumlarni
saylovda maksimal ko'makni ko'zlagan holda son-sanoqsiz da'vogarlar orasida
taqsimlashdan iborat. Siyosat, ayniqsa qo'llab-quvvatlashga erishish,
ataylabdan aldash san'atini yoki, aniqroq aytganda, qo'lga tushmasdan
aldashni anglatadi
(65)
.
— Jeyms R. Shlezinger, Qo'shma Shtatlarining sobiq mudofaa vaziri
Shaxslar uchun boylikka erishishning ikki xil yo'li mavjud: ishlab chiqarish va noqonuniy
o'zlashtirish
(?)
. Odamlar tovar va xizmatlarni ishlab chiqarib, ularni ayirboshlashdan foyda
olish orqali muvaffaqiyatga erishishlari mumkin. Ikki tomonlama foyda keltiruvchi bunday
uslub ikkala savdo hamkorga manfaat beradi va jamiyat farovonligini oshiradi. Biroq, gohida
odamlar boshqalarga tegishli narsalarni ularning ruxsatisiz o'zlashtirish, ya'ni o'g'rilik qilish
orqali muvaffaqiyat qozonishga harakat qilishi mumkin. Albatta, o'g'rilikdan jabrlanuvchining
yutqazgani o'g'rining olgan foydasiga teng. Biroq, agar o'g'rilik xavfi vujudga kelsa, potensial
jabrlanuvchilar o'zlarini himoya qilish uchun bor resurslardan foydalanadilar. Masalan, qulfni
buzib o'g'rilik qilish odat tusiga kirgan jamiyatda odamlar ko'proq qulf sotib oladilar, ko'proq
qo'riqlash xizmatidan foydalanadilar, politsiyachilar sonini oshirishni talab qiladilar, hattoki
ELEMENT 3.7
Agar davlat ayrimlarga boshqalar manfaatiga zid imtiyozlar bersa, bu samarasizlikka
hamda davlat amaldorlari va korxonalar o'rtasida nomunosib munosabatlarning
rivojlanishiga olib keladi.


182
uy-joylarini o'g'irlikdan himoya qilishni nazarda tutib loyihalashtiradilar. Fuqarolarga bular
bilan bog'liq yuklangan xarajatlar o'g'riliarning topgan foydasidan katta. Jamiyat uchun foydali
ayirboshlash bilan bog'liq faoliyatlardan farqli o'laroq, talon-tarojlik jamiyat uchun zarar
keltiruvchi faoliyatdir. U nafaqat qo'shimcha daromad olib kelmaydi, balki resurslarni sarflab,
jamiyat farovonlik darajasini pasaytiradi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling