James d. Gwartney


Ortiqcha xarajat va defitsitdan


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Ortiqcha xarajat va defitsitdan
cheklanish
Xarajatlarni qarz majburiyatlari orqali moliyalashtirishining saylangan
siyosatchilar 
uchun 
afzalligi 
shubhasiz. 
Qarz 
olish 
xarajatlarni
moliyalashtirishga imkon berib, u hech qanday bevosita siyosiy yo'qotishlarsiz
darhol siyosiy manfaatlar olib keladi
(60)
.
— Jeyms Byukenen [James Buchanan], 1986-yilgi Nobel mukofoti laureati
Davlat xarajatlarining uning daromadlaridan oshishi byudjet defitsitiga olib keladi. Davlatlar
odatda byudjet defitsitini qoplash uchun foizli obligatsiyalar chiqaradi. Bu obligatsiyalar
davlat qarzini
(?)
tashkil etadi. Yillik byudjet defitsiti davlat qarzi hajmini mazkur defitsit
miqdoriga oshiradi. Aksincha, agar davlat byudjeti daromadlari uning xarajatlaridan oshsa,
byudjet profitsiti
(?)
vujudga keladi. Bu davlatga obligatsiya egalariga bo'lgan qarzini
to'lashiga imkon beradi va shu orqali mavjud qarz miqdorini qisqartiradi. Umuman olganda,
davlat qarzi avvalgi jami byudjet defitsitlari va profitsitlarining yig'indisidan iborat.
Video:
Davlat xarajatlari ish o'rinlari yaratadimi?
1960-yildan oldin iqtisodchilar urush davrida qarzlar odatda oshsa ham, ushbu
ELEMENT 3.6
Agar qonun chiqaruvchilarni konstitutsiya yoki boshqa qat'iy qoidalar bilan cheklamasa,
ular byudjet defitsitiga va haddan tashqari katta xarajatlarga yo'l qo'yadilar.


176
qarzlarni iloji boricha tezroq to'lash uchun byudjet profitsitiga amal qilish davlatning
majburiyati deb hisoblaganlar. Napoleon urushlaridan keyingi asrda Buyuk Britaniya davlat
qarzlari ancha kamaygan, Frantsiyada Frantsuz-Prussiya urushidan keyin, Qo'shma Shtatlarida
esa Amerika fuqarolar urushidan keyin kamaygan.
Keyns inqilobi bu holatni o'zgartirib yubordi. Ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns
Buyuk depressiyaning davomiyligini va chuqurligini tushuntirish hamda kelajakda bunday
hodisalarni oldini olish bo'yicha nazariya ishlab chiqdi. 1940 va 1950-yillarda Keynscha
qarashlar iqtisodiyot sohasida keng tarqalib, tezda intellektual va siyosiy rahbarlarning
dunyoqarashini egallab oldi. Keynscha tahlilga asosan davlat xarajatlari va byudjet defitsitidan
iqtisodiyotning barqarorligini ta'minlashda foydalanish mumkin. Keynschilar resessiya davrida
davlat byudjetni balanslashtirish o'rniga byudjet defitsitini yurgizishi, inflyatsiya darajasi
oshganda esa byudjet profitsitiga o'tish kerakligini ta'kidladilar.
Garchi Keynscha fiskal siyosatning samaradorligi munozarali bo'lsada, uning ko'p
mamlakatlar byudjetiga ta'siri borligi aniq. Balanslashtirilgan byudjet
(?)
cheklovlaridan ozod
bo'lgan siyosatchilar soliq to'lovlariga nisbatan xarajatlarni muntazam ravishda oshirib keldilar.
1995-yildan boshlab 22 yil davomida Gretsiya davlati byudjetni 20 marta defitsit bilan va ikki
marta profitsit bilan yakunladi. 20-chizmada shu davr mobaynida Gretsiya davlat byudjeti
defitsitining YIMga bo'lgan ulushi ko'rsatilgan. Defitsit hajmi resessiya davrida, ayniqsa 2008-
2009-yillardagi moliyaviy inqiroz paytida ko'paygan. Moliyaviy inqirozdan oldin davlat
byudjeti defitsiti YIMga nisbatan o'rtacha 6,5 foizni tashkil etgan va defitsit hajmining nazorat
ostida bo'lish vaqti juda qisqa bo'lgan. Faqat 2016-2017-yillardagina Gretsiya byudjet
profitsitini ta'minlashga erishdi.
Defitsit davlat qarzining oshishiga olib keladi. Gretsiya umumiy davlat qarzining
YIMga nisbatan ulushi 1995-yilda 97 foizdan 2009-yilda 134 foizga, 2015-yilda esa 183
foizgacha ko'tarildi. Gretsiyaning YIMga nisbatan bo'lgan davlat qarzining ulushi YI
mamlakatlari orasida eng kattadir. Gretsiyadan tashqari yana boshqa to'rtta Yevropa
mamlakatlarining (Belgiya, Kipr, Portugaliya va Italiyada) davlat qarzi ularning iqtisodiy
ishlab chiqarish hajmidan 100% yuqori
(61)
.


177

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling