James d. Gwartney
Video: «Robokop» filmida iqtisodiy tushunchalar
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Video:
«Robokop» filmida iqtisodiy tushunchalar Tashqi ta'sirlar Gohida biror shaxs yoki guruhning faoliyati «tarqaladi» va boshqalarning ijozatisiz 159 ularning hayotiga ta'sir ko'rsatadi. Bunday tarqalish effekti tashqi ta'sirlar (?) deb ataladi. Masalan, agar kvartirangiz yoki yotoqxonangizdagi biror bir shaxs baland musiqa qo'yib dars qilishingizga xalaqit bersa, unda ular sizga tashqi ta'sir ko'rsatyapti. Siz bu yerda bilvosita ishtirokchisiz, ya'ni siz tranzaksiya, faoliyat yoki ayirboshlashga bevosita ishtirok etmaysiz, lekin u sizga ta'sir, ushbu misolda - salbiy, etadi. Tarqalish effekti tashqi ishtirokchilarga yoki foyda olib kelishi, yoki zarar yetkazishi mumkin. Agar tarqalish effekti salbiy ta'sir ko'rsatsa, unda bu tashqi xarajat deb ataladi. Bu xarajatlar bilvosita ishtirokchilarga ularning roziligisiz yuklanganligi tufayli resurslar qiymati tannarxidan kichik bo'lgan tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan bo'lishi mumkin. Bu iqtisodiy samarasizlikka olib keladi. Qog'oz ishlab chiqarishni kurib chiqaylik. Korxonalar bozordan daraxt, ish kuchi va boshqa resurslarni sotib olib, avval tsellyuloza, keyin qog'oz ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarish jarayonida chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar fabrika atrofidagi aholiga zarar keltiradi: oltingugurt hidi tarqalishi, organik birikmalar sababli smog paydo bo'lishi, hatto ifloslantiruvchi moddalar binolarning bo'yog'iga zarar yetkazishi mumkin. Bunday ifloslantiruvchi moddalar ayrim odamlarning nafas olishini qiyinlashtirishi va boshqa sog'liq muammolariga olib kelishi mumkin. Agar tsellyuloza-qog'oz fabrikasi yaqinida yashovchi aholi zarar ko'rganliginini isbotlab bera olsa, ular fabrikani sudga berishlari va qog'oz ishlab chiqaruvchini yetkazilgan zarar xarajatlarini qoplashga majburlashlari mumkin. Biroq, yetkazilgan zararni va bunga aynan tsellyuloza-qog'oz fabrikasi aybdorligini isbotlash odatda qiyin. Ushbu hollarda bozor tizimi aholiga yetkazilgan zarar xarajatlarni aks ettirmaydi va shuning uchun qog'oz ishlab chiqarishning tannarxi kichraytirib ko'rsatilgan bo'ladi. Bu esa samarasizlikka olib keladi, chunki ishlab chiqarilgan qog'oz birligining qiymati uning tashqi xarajatlarini hisobga olgandagi tannarxidan pastroq bo'ladi. Tashqi xarajatlarning yuzaga kelishi asosan xususiy mulk huquqining aniq belgilanmaganligi va unga amal qilinmaganligi bilan bog'liq. Xususiy mulk huquqini resursga, misol uchun toza havoga, joriy etish oson bo'lmaganligi uchun, korxona ushbu resursdan foydalanish bilan bog'liq xarajatni to'liq qoplamaydi. Shuning uchun ham shu kabi resurslardan foydalanib tovar va xizmatlar ishlab chiqarishning tannarxi kichraytirib ko'rsatilgan bo'ladi. 160 Gohida tarqalish effekti boshqalarga manfaat keltirishi mumkin. Tarqalish effekti boshqalarga manfaat keltirsa, ular tashqi manfaatlar deb ataladi. Biroq, tashqi manfaatlar bozorlar uchun muammolar ham keltirishi mumkin. Agar tashqi manfaatlar keltirib chiqaruvchi shaxslar kompensatsiya olmasa, ular qiymati tannarxidan yuqori bo'lgan mahsulot birliklarini ishlab chiqarmasliklari mumkin. Misol uchun, farmatsevtika kompaniyasi xavfli virusga qarshi vaksina ishlab chiqdi, deb faraz qilaylik. Vaksinani foydasi tegadigan iste'molchilarga osonlik bilan sotish mumkin. Ammo viruslar jamoa orasida osonlik bilan tarqalishi sababli, ko'proq aholi vaksina bilan emlansa, aholining vaksinani sotib olmagan qismining virus yuqtirish ehtimoli ham kamayadi. Shunga qaramay, vaksinadan foydalanmaganlar topgan manfaatlarini farmatsevtika korxonalariga o'tkazib berish juda murakkab masala. Natijada, ular juda kam vaksina ishlab chiqarishlari mumkin. Demak, tashqi manfaatlar mavjud hollarda, bozor kuchlari iqtisodiy samaradorlikka mos miqdordan kamroq miqdorda ishlab chiqarishi mumkin. Ushbu hollarda davlat aralashuvi oqilona bo'lishi mumkin. Tashqi xarajatlar mavjud holatlarda ularni vujudga keltiradigan faoliyatga soliq solish shaxs yoki korxonaning ushbu faoliyatni qisqartirishiga va ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlikka olib kelishi mumkin. Xuddi shunday, tashqi manfaatlar mavjud holda davlat subsidiyasi ishlab chiqarishni rag'batlantirib, samarali ishlab chiqarish darajasiga olib kelishi mumkin. Biroq, tashqi ta'sirlarning potensial salbiy oqibatlarini gohida davlat aralashuvisiz ham nazorat qilish mumkin. Tashqi manfaatlarga kelganda, tadbirkorlar o'z faoliyatlarining boshqalarga yetkazadigan foydasiga to'laroq egalik qilish yo'llarini izlab topishdan manfaatdor. Golf maydonini barpo etish ushbu g'oyani tasvirlaydi. Golf maydonining chiroyliligi va ochiqligi sababli juda ko'p odamlar unga yaqinroq joyda yashashni ma'qul ko'radi. Shuning uchun ham golf maydonini barpo etish odatda tashqi manfaatlarga, ya'ni atrofdagi ko'chmas mulk bahosining ko'tarilishiga olib keladi. Oxirgi yillarda golf maydonini barpo etish bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar ushbu manfaatga egalik qilish yo'llarini izlab topishgan. Endi ular odatda rejalashtirilgan golf maydoning qurilishidan oldin uning atrofidagi yerlarning katta qismini sotib oladilar. Golf maydonini qurilishi nihoyasiga yetganda va uning atrofidagi yerlarning bahosi ko'tarilganidan keyin ular yer uchastkalarini yuqoriroq narxlarda sotishlari mumkin bo'ladi. O'z faoliyatlari doirasini ko'chmas mulk va golf maydonini qurish bilan 161 kengaytirish orqali ular aks holda tashqi manfaatlar bo'lgan manbadan daromad olishlari mumkin. Tashqi xarajatlarga kelsak, oddiy qoidalar orqali ularni ham nazorat qilish mumkin bo'ladi. Qo'shnilardan keladigan shovqinni misol tariqasida kurib chiqsak, kvartira egalari ko'pincha kechqi payt musiqani baland qilib qo'yishga qarshi tartib joriy qiladilar va unga amal qilishini ta'minlash uchun tartibni buzganlarni kvartiradan chiqarib yuboradilar. Shuningdek, odob va odatlar hamda ijtimoiy tartib qoidalari ham rol o'ynashi mumkin. Agar xonadoshlaringiz televizor ovozi dars qilishingizga halaqit berishini bilsa, ular odob yuzasidan uni o'chirishlari mumkin. Umumiy qilib aytganda, vaqt o'tishi bilan aholi va atrof-muhitga zarar etkazadigan ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish kompaniyalar uchun «noma'qul ijtimoiy xulq-atvorga» aylandi. Korxonalar jamiyatning foydali a'zolari bo'lish bosimlari kuchaymoqda, ular mas'uliyatsiz bo'lganda, ekologik guruhlar kabi xususiy nazorat tashkilotlari ularning faoliyatilarini fosh qiladilar. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling