James d. Gwartney
-chizma: Iqtisodiy erkinlik va BMTning xalqaro baxt indeksi
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18-chizma: Shaxsiy va iqtisodiy erkinlik ortasidagi ozaro bogliqlik, 2016-yil
17-chizma: Iqtisodiy erkinlik va BMTning xalqaro baxt indeksi
4.48 5.08 5.44 6.54 0 2 4 6 8 10 Eng kam erkin Uchinchi guruh Ikkinchi guruh Eng erkin Iqtisodiy erkinlik (kvartillar bo'yicha) BMTning xalqaro baxt indeksi Iqtisodiy erkinlik yuqori mamlakatlarda aholi odatda hayotlaridan mamnunroq. Izoh: «Reyting hayot tahlili bo'yicha asosiy savolga berilgan javoblarga asoslangan… Bu «Kantril zinapoyasi» deb ataladi: unga ko'ra, respondentlardan zinani tasavvur qilishi so'ralib, eng yaxshi hayot 10-pog'onaga, eng yomon hayot esa 0-pog'onaga to'g'ri keladi. Keyin ulardan hozirgi hayotlarini 0 dan 10 gacha bo'lgan ball bilan baholash so'raladi». Ma'lumotlar 2015-yil uchun. Manba: O'rtacha iqtisodiy erkinlik darajasi reytingi, 1995-2016-yillar; Birlashgan Millatlar Tashkiloti, 2016-yil, Xalqaro baxt indeksi, 2016-yil yangilangan hisoboti. Yaqinda Freyzer Instituti hamkorlari bilan birgalikda iqtisodiy erkinlik indeksiga «shaxsiy erkinlik» bo'yicha yangi ko'rsatkichni qo'shdi. Bu ko'rsatkich qonun ustuvorligini, xavfsizlikni, harakat erkinligini, diniy erkinlikni, yig'ilishlar erkinligini, so'z erkinligini va shaxsiy erkinlikni aks ettiradi. 18-chizmada ko'rsatilganidek, shaxsiy erkinlik va iqtisodiy erkinlik o'rtasida yaqin bog'liqlik mavjud. Erkin jamiyatlar nafaqat boyroq, ularda odatda inson huquqlari ko'proq hurmat qilinadi. 144 18-chizma: Shaxsiy va iqtisodiy erkinlik o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik, 2016-yil IQ T IS O D IY E R K IN L IK SHAXSIY ERKINLIK 10 10 8 8 6 6 4 4 2 2 Yaman Respublikasi Liviya Venesuela Markaziy Afrika Resp. Argentina Xorvatiya Suriya Sudan Rossiya Gonkong Yangi Zelandiya Bruney BAA Singapur Mavrikiy AQSH Manba: Ian Vasquez va Tanja Porcnik, The Human Freedom Index 2018: A Global Measurement of Personal, Civil, and Economic Freedom. Nashr etuvchilar: Kato Instituti, Frayzer Instituti va Freydrix Nauman Erkinlik fondi. Iqtisodiy nazariya va empirik dalillar ushbu bo'limda keltirilgan siyosatlarni qabul qilgan va amalga oshirgan mamlakatlar tezroq o'sishini, yuqoriroq daromad darajasiga erishishini va qashshoqlikni bartaraf etishda ko'proq muvaffaqiyatga erishishini ko'rsatadi. Iqtisodiy taraqqiyotning kaliti samarali institutlarni yaratishdan hamda iqtisodiy va shaxsiy erkinliklarga ko'maklashuvchi siyosatlarni yuritishdan iborat. Bu omillarning ahamiyatini butun dunyodagi fuqarolar va siyosiy rahbarlar qanchalik tez tushunib yetsa va mamlakatlarida 145 iqtisodiy erkinlikni kengaytirishga harakat qilsa, dunyo yanada farovonroq bo'ladi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling