James d. Gwartney
-chizma: Iqtisodiy erkinlik, daromad va iqtisodiy o'sish
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2016-yilda reytingda eng past joylashgan 10 mamlakat
- Video: Iqtisodiy erkinlik tasirlari
12-chizma: Iqtisodiy erkinlik, daromad va iqtisodiy o'sish
Iqtisodiy erkinlik Mamlakat 2017-yil uchun jon boshiga YIM 2013-2017-yillarda yillik o'sish sur'atlari 2016-yilda darajasi eng yuqori bo'lgan 10 mamlakat 1 Gonkong $61,540 2.8% 2 Singapur $93,905 3.5% 3 Yangi Zelandiya $40,917 3.3% 4 Shveytsariya $65,006 1.8% 5 Irlandiya $76,305 9.4% 6 Qo'shma Shtatlari $59,532 2.2% 7 Gruziya $10,689 3.7% 8 Mavrikiy $22,279 3.7% 9 Buyuk Britaniya $43,887 2.2% 10 Avstraliya $47,047 2.4% 10 Kanada $46,378 2.2% O'RTACHA $56,749 3.7% 2016-yilda reytingda eng past joylashgan 10 mamlakat 153 Sudan $4,904 2.8% 154 Gvineya-Bisau $1,700 4.5% 155 Angola $6,389 1.1% 156 Markaziy Afrika Respublikasi $726 -4.4% 157 Suriya $2,900 mavjud emas 157 Kongo Respublikasi $887 6.1% 159 Jazoir $15,275 3% 160 Argentina $20,787 0.7% 161 Liviya $19,631 -9.2% 162 Venesuela mavjud emas -7.8% O'RTACHA $8,133 -0.4% Maba: Jahon banki ma'lumotlari. Izoh: Jon boshiga YIM (sotib olish qobiliyati pariteti bo'yicha doimiy AQSH dollarida). 137 Video: Iqtisodiy erkinlik ta'sirlari Agar kam daromadli mamlakatlar samarali institutlarni joriy qilsa va to'g'ri iqtisodiy siyosat yuritsa, ular ancha yuqori o'sish darajasiga erishib, yuqori daromadli sanoatlashgan mamlakatlarga qaraganda daromadlar o'rtasidagi farqni kamaytirishlari mumkin. 1980-yilda dunyoda aholi soni eng ko'p bo'lgan Xitoy va Hindiston, dunyoda erkinlik darajasi eng past bo'lgan mamlakatlar qatorida bo'lgan. 1980 va 1990-yillarda ular iqtisodiy erkinlikka ko'maklashuvchi siyosatlarni yuritishni boshlagan va hozirda ulardagi iqtisodiy o'sish darajasi yiliga kamida 6 foizga teng. Garchi yuqoridagi misollardan erkinroq mamlakatlar katta iqtisodiy muvaffaqiyatlarga erishishini xulosa qilish mumkin bo'lsa-da, har doim ham ushbu andazaga to'g'ri kelmaydigan mamlakatlar uchrab turadi. Agar biz mamlakatlarni guruhlarga ajratsak, bog'liqlik yanada aniqroq ko'rinadi. 13-chizmada mamlakatlar 4 guruhga (kvartillarga) bo'lingan. Unda har bir guruhga EFW reytingida pastdan yuqoriga qarab joylashtirilgan mamlakatlarning 25 foizi kiritilib, har bir guruh bo'yicha o'rtacha daromad darajasi keltirilgan. Joriy daromad darajasi o'n yil va undan ortiq muddat davomidagi iqtisodiy o'sishning ta'sirini aks ettirganligi tufayli, farqlar yaxshi ko'zga tashlanadi. Agar hozirgi erkin mamlakatlar so'nggi yillarda ham erkin bo'lgan deb taxmin qilsak (chuqurroq tahlillar buni tasdiqlaydi), erkinroq mamlakatlar (1995- 2016-yillar uchun o'rtacha ko'rsatkichni hisoblash asosida) ancha yuqori daromad darajasiga erishgani ravshan bo'ladi. Eng erkin mamlakatlarda 2016-yilda jon boshiga o'rtacha daromad 40 376 AQSH dollarini tashkil etgan bo'lib, bu erkinlik darajasi eng past bo'lgan mamlakatlarga qaraganda yetti barobardan ko'proqdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling