James d. Gwartney


Video: Iqtisodiy erkinlik indeksi


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Iqtisodiy erkinlik indeksi
Institutlar va siyosatlarning ahamiyati


134
Iqtisodiy institutlar va iqtisodiy siyosat qanchalik ahamiyatli? Bu savolga javob berish
uchun biz turli mamlakatlarning iqtisodiy institutlari va siyosatlarini solishtirish yo'lini
topishimiz lozim. 1980-yillarning o'rtalaridan boshlab, Kanadaning Vankuver shahridagi
Freyzer Instituti bir necha hamkorlar bilan birgalikda «Dunyo iqtisodiy erkinligi» (EFW
indeksi) deb nomlanuvchi mamlakatlararo iqtisodiy erkinlik indeksini e'lon qilib keladi.
Endilikda institutlarning jahon tarmog'i tomonidan nashr etiladigan ushbu indeks
mamlakatdagi iqtisodiy institutlar va siyosatning iqtisodiy erkinlik bilan muvofiqlik darajasini
o'lchaydi. U davlat organlari ko'lamini, huquq tizimi va mulk huquqini, pul barqarorligini,
savdo erkinligini va normativ-huquqiy muhitni hisobga oladi. Indeks 42 ta alohida qismlardan
iborat bo'lib, u taxminan 160 mamlakat uchun reytingni taqdim etadi. Reyting ba'zi
mamlakatlar bo'yicha 1980-yilgacha mavjud, qolgan mamlakatlar esa reytingga ma'lumotlar
mavjudligiga qarab qo'shib boriladi.
Ko'p jihatdan EFW indeksi ushbu kitobning oldingi bo'limlarida keltirilgan
elementlarni aks ettiradi. Yuqori EFW reytingiga erishish ichun mamlakatda xususiy mulk
mustahkam himoya ostida bo'lishi, shartnomalarning xolis ijrosi va barqaror monetar muhit
ta'minlanishi zarur. Shuningdek, u soliqlarni past darajada ushlab turishi, ichki va tashqi
savdoga cheklovlar joriy qilishdan saqlanishi, tovar va resurslarni taqsimlashda davlat
xarajatlari va normativ-huquqiy tartiblarga emas, balki asosan bozorlarga tayanishi lozim.
Agar bu institutsional va siyosiy omillar iqtisodiy ko'rsatkichlarga haqiqatan ham ta'sir
ko'rsatsa, unda EWF reytingi doimo yuqori bo'lgan mamlakatlardagi iqtisodiy holat hamisha
reytingi past bolgan mamlakatlardagiga qaraganda ancha yaxshi bo'lishi kerak.
12-chizmada 2016-yilda EFW reytingi eng yuqori va eng past bo'lgan 10 mamlakatda
2017-yil uchun jon boshiga daromad va uning so'nggi yillardagi o'sish sur'atlari bo'yicha
ma'lumotlar keltirilgan. Yaqinda iqtisodiy islohotlarning ta'siri aniq sezila boshlagan Gruziya
va Mavrikiydan tashqari, reytingning eng yuqorisida joylashgan mamlakatlar ro'yxati
ajablanarli emas. Reytingning eng quyisida Venesuela joylashgan. Bir vaqtlar Janubiy
Amerikadagi eng farovon bo'lgan mamlakat, Chaves/Maduro hokimiyati ostida
kommunistik/sotsialistik iqtisodiy rejalashtirishning halokatli oqibatlariga yaqqol misolga
aylandi. Iqtisodiy erkinlk eng yuqori mamlakatlarda 2017-yilda jon boshiga o'rtacha daromad
56 740 AQSH dollarini tashkil qilib, bu iqtisodiy erkinlik eng past bo'lgan mamlakatlardagi


135
o'rtacha ko'rsatkichdan qariyb yetti barobarga ko'p demakdir.
12-chizmada ko'rinib turganidek, iqtisodiy erkin mamlakatlarda izchil ijobiy o'sish
darajasi kuzatilmoqda. Iqtisodiy erkinlik darajasi eng past bo'lgan mamlakatlar turlicha o'sish
darajasini namoyish etadilar. Ba'zilari barqarorlik davrida sekin o'sish darajasidan boshlab tez
o'ssa, noto'g'ri siyosat yuritgan boshqa mamlakatlarda vaqt o'tishi bilan hattoki iqtisodiy
qisqarish kuzatiladi. O'rtacha yillik o'sish darajasi reytingda eng yuqori joylashgan guruh
uchun 3,7 foizni tashkil qilgan bo'lsa, reytingda eng pastda joylashgan guruh uchun -0,4 foizni
tashkil etadi.


136

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling