James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
O'qish uchun:
Duayt Li. «Bozorlar va erkinlik» Ko'pchilik odamlar yuqori daromadli mamlakatlardagi ishchilar kuniga atigi 2 yoki 3 dollar daromad topadigan xorijliklar bilan raqobatlasha olmaydi, deb o'ylaydilar. Bu qarash noto'g'ri bo'lib, u yuqori ish haqi manbaini va qiyosiy ustunlik qonunini tushunmaslikdan kelib chiqadi. Yuqori daromadli mamlakatlarda ishchilar yaxshi ma'lumotli va yuqori malakali bo'lib, ular ish faoliyatida ko'p kapital asbob-uskunalaridan foydalanadilar. Bu omillar ular uchun yuqori ish haqi manbai, yuqori unumdorlikni ta'minlaydi. Burundi va Efiopiya kabi ish haqi past mamlakatlarda aynan unumdorlik darajasi pastligi bois ish haqi ham pastdir. Ukrainada o'rtacha daromad darajasi Burundinikidan 25 barobar kattaroq ekanligi Ukrainlar bir chashka Burundi kofesidan rohatlanishiga xalaqit bermasligi kerak. Har qaysi mamlakat doimo ba'zi narsalarni boshqalarga nisbatan yaxshiroq bajaradi. Ish haqi ham yuqori, ham past bo'lgan mamlakatlar, agar resurslarini nisbatan yaxshi bajara oladigan unumli faoliyatlarga yo'naltirsa, ular foyda oladi. Agar ish haqi yuqori mamlakat mahsulotni mamlakat ichkarisida ishlab chiqarish tannarxidan arzonroq narxda xorijiy korxonalardan import qila olsa, unda import qilish mantiqqa to'g'ri keladi. Ichki bozorda ishlab chiqarish qimmat mahsulotlarni ishlab chiqarishga kamroq resurslar yo'naltiriladi, va ko'proq resurslar ichki bozorda ishlab chiqarish arzonroq tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga yo'naltiriladi (44) . Savdo ish haqi ham yuqori, ham past bo'lgan mamlakatlardagi ishchilarga ishlab chiqarish hajmini oshirishlariga yordam beradi. O'z navbatida, unumdorlikning oshishi ikkala mamlakatda ham ish haqi oshishiga olib keladi. Agar xorijiy ishlab chiqaruvchilar iste'molchilarni juda arzon (45) mahsulot bilan ta'minlay olsa-yu, mahalliy ishlab chiqaruvchilar ular bilan raqobat qila olmasachi? Ushbu holatda, arzon mahsulotni chetdan olib kelib, ichki resurslarni boshqa narsalarni ishlab chiqarishga yo'naltirish maqsadga muvofiq bo'lgan bo'lar edi. Shuni yodda tuting, yashash darajamizni ish o'rinlari emas, balki tovar va xizmatlarning mavjudligi belgilaydi. Ushbu nuqtai nazarni frantsuz iqtisodchisi Frederik Bastia o'zining 1845-yildagi «Sham ishlab chiqaruvchilar nomidan arznoma» satirik asarida yaqqol tasvirlagan edi. Arznoma qo'yo 126 Frantsiya deputatlari Palatasiga Frantsiyalik sham, chiroq va boshqa ichki yoritish vositalarini ishlab chiqaruvchilar nomidan yozilgan. Arznomaga ko'ra, mahalliy yoritish vositalari ishlab chiqaruvchilar «xorijiy ishlab chiqaruvchining kuchli raqobatidan aziyat chekmoqda, xorijlik bizga nisbatan a'lo darajada tashkil etilgan sharoitlarda mehnat qilishi tufayli, u mahalliy bozorni arzon mahsulotlar bilan to'ldiryapti; u paydo bo'lishi bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning savdosi to'xtab, hamma mijozlar unga murojaat qiladi. Son-sanoqsiz ishlab chiqaruvchilardan iborat Frantsiya sanoat tarmoqlaridan biri birdaniga turg'unlikka tushdi». Albatta, bu raqib quyosh bo'lib, arizachilar Frantsiya deputatlar Palatasidan binolarga quyosh nuri kirmasligini ta'minlash uchun derazalarni, pardalarni va boshqa tuynuklarni yopishni talab qiluvchi qonunni qabul qilishni so'ragan edi. Arizada agar ichki yoritishda quyosh nuridan foydalanish taqiqlansa, bandlik darajasi sezilarli darajada oshishi mumkin bo'lgan yoritish vositalari ishlab chiqarish sanoatidagi kasblar ro'yxati keltirilgan. Bastianing ushbu satiradagi nuqtai nazari bizga ravshan: Arznomada taklif qilingan qonun qanchalik ahmoqona bo'lmasin, u mahalliy ishlab chiqaruvchilarni «saqlab qolish» va bandlikni ko'paytirish maqsadida tannarxi arzon tovar va xizmatlarning mavjudligini cheklashga qaratilgan qonunlardan ko'ra ahmoqona emas. Oxirgi bir necha o'n yilliklarda transport xarajatlari kamaydi va savdo cheklovlari qisqardi. Savdo cheklovlari, ayniqsa, kam daromadli mamlakatlarda sezilarli darajada qisqardi. 1980-yilda kambag'al va kam rivojlangan mamlakatlarda (?) 20 foiz yoki undan balandroq tariflarni joriy qilish odatiy hol bo'lgan. Ularning ko'pchiligida valyuta kursi ustidan nazorat o'rnatilib, bu fuqarolar uchun import mahsulotlarini xarid qilishga zarur xorijiy valuyta olishni qiyinlashtirdi. Bugungi kunda vaziyat keskin o'zgargan. 1980-yillardan boshlab bir qator kam rivojlangan mamlakatlar, xususan, Xitoy va Hindiston tariflarni pasaytirdi, valyuta kursi ustidan nazoratni bo'shashtirdi va boshqa savdo cheklovlarini olib tashladi. Natijada, xalqaro savdo jadal sur'atlarda o'sishni boshladi. Xalqaro savdoning o'sishi jahonda ishlab chiqarish hajmining oshishiga va iste'molning yuqoriroq darajaga erishishiga imkoniyat yaratdi. Kam rivojlangan mamlakatlarning ko'pida, ayniqsa, aholisi katta bo'lgan Osiyo mamlakatlarida jon boshiga to'g'ri keladigan daromad keskin ko'tarildi. Erkinroq savdo, ayniqsa, kambag'al aholiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. 1980 va 2015-yillar oralig'ida dunyodagi o'ta qashshoq aholi soni 1,1milliarddan ko'proqqa, y'ani dunyo 127 aholisining 40 foizidan 10 foizigacha qisqardi. Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlardan boshqa jahon mamlakatlariga eksport qilinayotgan mahsulotlarning uchdan ikki qismiga hech qanday tarif olinmaydi. Bundan tashqari, xalqaro savdoning o'sishi boy va kambag'al mamlakatlar o'rtasida daromadlar darajasidagi farqni qisqartirdi. Oxirgi o'n yilliklarda kam rivojlangan mamlakatlar yuqori daromadli rivojlangan mamlakatlarga nisbatan tezroq o'sdi. Shuningdek, daromadlar darajasi dunyo aholisining uchdan bir qismi joylashgan Xitoy va Hindistonda jadal o'sdi. Natijada, daromadlarning jahondagi taqsimoti, ayniqsa, 2000-yildan keyin tenglashib bormoqda (46) . Biroq, savdoning o'sishi Qo'shma Shtatlari, Kanada, Yaponiya va G'arbiy Evropa mamlakatlari kabi yuqori daromadli mamlakatlarda daromadlar taqsimotiga ko'pincha o'zgacha ta'sir ko'rsatadi. Shunisi ravshanki, yuqori daromadli mamlakatlar odatda yuqori malaka va ta'lim darajasini talab qiliuvchi tovarlarni eksport qilib, ko'p malaka talab qilmaydigan tovarlarni import qiladi. Shu sababli savdo malakasi pastroq ish kuchiga qaraganda yuqori malakali ish kuchiga talabni oshirishi mumkin. Shunday ekan, yuqori malakali ishchilarning daromadlari past malakali ishchilarning daromadlariga nisbatan ko'proq oshishi natijasida mamlakat ichkarisida daromadlar darajasidagi tengsizlik oshadi. Oxirgi o'n yilliklarda deyarli barcha yuqori daromadli mamlakatlarda daromadlar tengsizligi oshdi va bunga xalqaro savdoning o'sishi hissa qo'shgan omillardan bo'lishi mumkin. Xozirgi kunda bir qator yuqori daromadli mamlakatlarda xalqaro savdoga nisbatan qarshilik o'sib boryapti. Yetakchi siyosiy arboblar turli savdo cheklovlarini, xususan, kambag'al mamlakatlardan importni cheklashga qaratilgan choralarni qo'llab-quvvatlab chiqyapti. Daromadlar tengsizligining oshishi va past malakali, kam ma'lumotli ishchilar daromadlarining sekin o'sishi ushbu qarama-qarshilikka o'z hissasini qo'shmoqda. Ammo bu yerda boshqa juda muhim omil ham bor, u ham bo'lsa yaxshi uyushgan guruhlarning siyosiy hukmronligidir. Savdo cheklovlari alohida ishlab chiqaruvchilar va ularning resurs ta'minotchilari, jumladan, ba'zi ishchilar uchun manfaatli, lekin bundan iste'molchilar va boshqa sanoatdagi ishlab chiqaruvchilar zarar ko'radilar. Hukumatni xorijiy raqobatchilarga qarshi himoya qilishga chaqiruvchi sanoatlar odatda yaxshi uyushgan bo'lib, ularning oladigan manfaatlari yaqqol va bir yerda jamlangan bo'ladi, lekin iste'molchilar, ishchilar va boshqa resurs ta'minotchilari 128 odatda yaxshi uyushmagan bo'lib, ularga xalqaro savdodan keladigan manfaatlar ancha tarqoq bo'ladi. Kutilganidek, uyushgan manfaatdor guruhlar katta siyosiy ta'sirga ega bo'lib (in'omlar shaklida va siyosiy ko'rinishdagi boshqa yordamlar), bu siyosatchilar ularning manfaatlarini hisobga olishini ta'minlaydi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling