James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

O'qish uchun:
Frederik Bastia. «Quyosh bilan adolatsiz raqobat»
Xalqaro savdoning urushdan keyingi davrlardagi ta'sirini kuzatsak, G'arbiy Evropa
mamlakatlaridagi ochiqlik darajasi ikkala jahon urushlaridan keyingi tiklanish sur'atiga va
milliy iqtisodiyot hajmiga ta'sir ko'rsatganligi ravshan bo'ladi. G'arbiy Evropada Birinchi jahon
urushidan keyingi o'n yillikda kuzatilgan iqtisodiy turg'unlik va Ikkinchi jahon urushidan
keyingi o'n yillikda kuzatilgan iqtisodiy tiklanish o'rtasidagi tafovut hayratda qoladigan
darajada katta bo'lib, bu asosan savdo siyosatida olib borilgan turlicha yondoshuvlarga
bog'liq
(48)
. Birinchi jahon urushidan keyingi iqtisodiy tiklanishga urush davrida yuzaga kelgan
va urushdan keyin yanada mustahkamlashgan savdo cheklovlarini kamaytirish uchun
institutsional mexanizmlar yetishmagan. Germaniya 1945-yilda taslim bo'lganidan bor-yo'g'i
ikki yil o'tib, 23 ta mamlakat tariflarni kamaytirish bo'yicha majburiyatlarni nazarda tutuvchi
Tariflar va savdo bo'yicha umumiy kelishuvni (GATT) imzoladi. Urushdan keyin atigi besh yil
o'tib, Ga'rbiy Evropaning barcha yirik mamlakatlari uch marta alohida muzokaralar raundida
ishtirok etdilar va unda GATT a'zolari soni kengaytirilib, import tariflari yanada pasaytirildi.


130
1947-yil Jenevada o'tkazilgan GATT bo'yicha birinchi muzokaralar raundining asosiy
yutuqlaridan biri tariflarning keskin pasaytirilishidir. 9-chizmada tariflarning keskin pasayishi
ko'rsatilgan
(49)
.
9-chizma: Ba'zi mamlakatlarda o'rtacha tarif darajasi (%)
1913
1925
1927
1931
1952
Belgiya
9
7
11
17
t.e.
Frantsiya
14
9
23
38
19
Germaniya
12
15
24
40
16
Italiya
17
16
27
48
24
Niderlandiya
2
4
t.e.
t.e.
t.e.
Buyuk Britaniya
t.e.
4
t.e.
17
17
Qo'shma Shtatlari
32
26
t.e.
t.e.
16
t.e. - taalluqli emas.
Izoh: Hamma yillarni taqqoslab bo'lmaydi.
Manbalar: 1913 va 1925-yillar uchun hisob-kitoblar Tariflar va savdo bo'yicha umumiy kelishuvning (GATT, 1953) 62-
betida keltirilgan Millatlar Ligasidan hamda 1952-yilgi GATT hisob-kitoblari uchun manbalardan olingan. 1927 va
1931-yillar uchun tarif ma'lumotlari Liepmann (1938-yil, 415-bet), 1932-yil Buyuk Britaniya uchun ma'lumotlar Kitson
va Solomou (1990-yil, 65-66-betlar) manbalaridan olingan.
10- va 11-chizmalarda
(50)
ikkala urushdan keyingi davrda G'arbiy Evropaning beshta
yirik mamlakatlarida — Frantsiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya va Buyuk Britaniyada
eksport hajmi va real daromadlarning o'zgarishi ko'rsatilgan.


131

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling