James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- — Genri Jorj, XIX asrning siyosiy iqtisodchisi Xalqaro savdo
- Video: Erkin savdo kambagallarni ekspluatatsiya qiladimi
- ELEMENT 2.7 Boshqa davlatlar bilan erkin savdo aholi daromadlarini oshiradi.
- Import () tufayli boshqa mamlakatlar aholisining import qiluvchi mamlakat eksportini
Erkin savdo
Erkin savdo (?) odamlarga o'zlari istagancha oldi-sotdi qilishlariga imkoniyat berishdan iborat. Proteksionistik tariflar (?) harbiy blokada kabi kuch ishlatishga o'xshash bo'lib, ularning maqsadi bitta — savdoni chekalsh. Ular o'rtasidagi farq quyidagicha: agar harbiy blokada dushman mamlakat savdo qilishiga to'sqinlik qilish bo'lsa, proteksionistik tariflar orqali davlat o'z aholisi savdo qilishiga to'sqinlik qilishga harakat qiladi (41) . — Genri Jorj, XIX asrning siyosiy iqtisodchisi Xalqaro savdo (?) printsiplari ixtiyoriy ayirboshlash asosida yotuvchi printsiplarga o'xshash. Ichki savdo kabi, xalqaro savdo ham savdo ishtirokchilariga ko'proq ishlab chiqarishga va iste'mol qilishga imkoniyat yaratadi. Buning sabablari uchta. Video: Erkin savdo kambag'allarni ekspluatatsiya qiladimi? Birinchidan, agar har bir mamlakat aholisi ichki bozorda ishlab chiqarishdan ko'ra, xalqaro savdo orqali mahsulot va xizmatlarni arzonroqga ola olsa, ular bundan yutadi. Mamlakatlarning resurslar zahirasi bir-biridan juda farq qiladi. Bir mamalakatda ishlab chiqarish qimmat bo'lgan tovarlarni boshqasida arzonroq ishlab chiqarish mumkin. Masalan, Braziliya va Kolumbiya kabi iliq va nam iqlimga ega mamlakatlarda kofe ishlab chiqarishga ixtisoslashish afzalroqdir. Moldova va Gruziya kabi mo''tadil kontinental iqlimlar vino ishlab ELEMENT 2.7 Boshqa davlatlar bilan erkin savdo aholi daromadlarini oshiradi. 122 chiqarishni va mevazorlarga ixtisoslashishini, Sibir esa botqoqlikda o'sadigan klyukvalarni export qilishini ko'rishimiz mumkin. Yeri katta va aholisi siyrak bo'lgan Kanada va Avstraliya aholisi bug'doy, ozuqa ekinlari va mol go'shti kabi katta yer hududlarini talab qiluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishga harakat qiladi. Yer tanqis va yuqori malakali ishchi kuchiga ega Yaponiyada fuqarolar fotoapparatlar, avtomashinalar va elektron mahsulotlar kabilarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadilar. Savdo hamkorlarning har biriga katta tannarxli mahsulotlar ishlab chiqarishdan ko'ra, ular eng samarali ishlab chiqarishi mumkin bo'lgan mahsulotlarni ko'proq o'z resurslaridan foydalanib ishlab chiqarishlariga imkoniyat beradi. Bunday ixtisoslashuv va savdo natijasida jami ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi oshib, har bir mamlakat aholisi yuqoriroq turmush darajasiga erishishi mumkin bo'ladi. Ikkinchidan, xalqaro savdo mahalliy ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilarga ko'plab yirik ishlab chiqarish jarayonlariga xos miqyos samarasidan foydalanish imkonini beradi. Bu, ayniqsa, kichik mamlakatlar uchun o'ta muhim. Xalqaro savdo orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilar kattaroq miqyosda ishlab chiqara oladilar va shu sababli faqat ichki bozorga qaram bo'lgan holatga nisbatan mahsulot birligi tannarxini pasaytirishga erishadilar. Masalan, savdo tufayli Kosta-Rika, Gvatemala, Tayland va Vetnam kabi mamlakatlardagi tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar katta miqyosli ishlab chiqarishning afzalliklaridan foydalana oladilar. Agar ular mahsulotlarini xorijga sota olmaganda edi, ularning mahsulot birligi tannarxi ancha katta bo'lar edi, chunki mahalliy tekstil mahsulotlari bozori yirik, lekin tannarxi past sanoat korxonalarini qo'llab-quvvatlash uchun kichiklik qiladi. Xalqaro savdo orqali esa, ushbu mamlakatlardagi tekstil korxonalari katta hajmda ishlab chiqarishi va sotishi hamda jahon bozorida samarali raqobat qilishi mumkin. Xalqaro savdo mahalliy iste'molchilarga ham katta miqyosda ishlab chiqaruvchi xorijiy korxonalardan xarid qilish orqali manfaat ko'rishga imkon beradi. Masalan, bugungi samolyotlarning dizayn va muhandislik xarajatlari juda kattaligini hisobga olsak, hech qaysi mamlakatning ichki bozori hatto yagona samolyot ishlab chiqaruvchisi uchun miqyos samarasidan to'la foydalanishga yetarlicha katta emas. Biroq, xalqaro savdo tufayli «Boeing» va «Airbus» ko'proq va arzonroq samolyotlar sotishi mumkin. Natijada, dunyo mamlakatlari iste'molchilari katta miqyosda ishlab chiqarilgan va arzonroq narxlarda sotib olingan samolyotlarda uchishlari mumkin. 123 Uchinchidan, xalqaro savdo mahalliy bozorlarda raqobatni kuchaytiradi va iste'molchilarga ko'proq turdagi mahsulotlarni arzonroq narxlarda sotib olishlariga imkon beradi. Chet el raqobati mahalliy ishlab chiqaruvchilarni hushyor turishga chaqiradi. Ularni sifatni yaxshilashga va tannarxni pasaytirishga majbur qiladi. Shu bilan birga, turli chet el mahsulotlarining mahalliy bozorda mavjudligi iste'molchilar uchun xalqaro savdo bo'lmagan vaziyatga nisbatan tanlovlar xilma-xilligini ko'paytiradi. Davlatlar ko'pincha xalqaro savdoni cheklovchi tartiblarni joriy etadilar. Bularga tariflar (import tovarlari uchun soliqlar), kvotalar (import hajmini cheklash), valyuta kursi (?) ustidan nazorat o'rnatish (import hajmini kamaytirish va eksportni oshirish maqsadida mahalliy valyuta kursini sun'iy ravishda past darajada ushlab turish) va importchi yoki eksportchilar uchun joriy qilingan byurokratik qarorlar kiradi. Bu kabi savdo cheklovlari tranzaksion xarajatlarni oshirib, ayirboshlash manfaatlarini kamaytiradi. Ushbu elementning boshida keltirilgan Genri Jorjning so'zlariga ko'ra, savdo cheklovlari xuddi davlat o'z fuqarolari uchun harbiy blokada joriy qilganga o'xshaydi. Dushman mamlakatning blokadasi mamlakatga zarar yetkazgani kabi, savdo cheklovlari ko'rinishida joriy qilingan blokada ham aholiga zarar yetkazadi. Barcha mamlakatlarni erkin savdo tarafdori deb hisoblash mumkinmi? Mahalliy savdo markazlari va supermarketlarda turli tuman mahsulotlar bo'lsa, mamlakat erkin savdoni qo'llab-quvvatlaydi degan xulosaga kelish mumkin, lekin bu butunlay to'g'ri emas. Masalan, Ukrainada barcha sanoat mahsulotlari uchun o'rtacha tarif 10 foizdan yuqori, qishloq xo'jaligi mahsulotlari uchun esa u 20 foizgacha yetadi. Boshqa mahsulotlar importi bundan ham ko'proq cheklangan, masalan, shakar uchun 50 foiz va kungaboqar yog'i uchun 30 foiz tarif joriy etilgan. Bolgariyada YIga a'zo bo'lmagan mamlakatlardan import uchun tariflar 5 foizdan 45 foizgachani tashkil qiladi. Qo'shma Shtatlari sut mahsulotlari, shakar, etil spirti, paxta, mol go'shti, tunets balig'idan konservalar va tamaki mahsulotlariga kvota o'rnatgan. Kvotadan oshgan import uchun nihoyatda yuqori tarif stavkalari belgilangan. Tarifdan tashqari, mamlakatlar kvota o'rnatishi (import hajmini cheklash), boshqa mamlakatlar mahsulotlarini yoki ayrim mamlakatlar mahsulotlarini butunlay taqiqlab qo'yishi ham mumkin. Tariflar, kvotalar va taqiqlar nafaqat savdo siyosati maqsadlarida qo'llaniladi. Masalan, Rossiya Ukraina bilan ziddiyatlar paydo bo'lgandan keyin siyosiy 124 kelishmovchiliklarga javoban Evropa Ittifoqi, Qo'shma Shtatlari, Kanada, Avstraliya va Norvegiyaning deyarli barcha qishloq xo'jaligi mahsulotlari importini taqiqlab qo'ydi. 2018 va 2019-yillarda Qo'shma Shtatlari prezidenti Tramp Xitoy bilan kelishmovchiliklarda tarif siyosatidan foydalandi. Iqtisodchi bo'lmagan odamlar import cheklovlari ish o'rinlarini yaratadi deb tez-tez da'vo qilib turadilar. Birinchi bobning 9-elementida muhokama qilganimizdek, ish o'rinlari emas, balki qiymat yaratish haqiqatan ahamiyatga ega. Agar ish o'rinlari yuqori daromad darajasini ta'minlaganda edi, biz ularni istaganimizcha ko'p yaratishimiz mumkin edi. Barchamiz bir kun chuqur qazib, keyingi kun chuqurni ko'mishimiz mumkin edi. Biz hammamiz ish bilan band bo'lar edik, lekin bunday ish o'rinlari odamlar qadrlaydigan tovar va xizmatlarni yaratmaganligi sababli biz nihoyatda qashshoq bo'lib qolaverar edik. Import cheklovlari avvaliga bandlik darajasini oshirgandek tuyulishi mumkin, chunki import cheklovlari orqali himoyalangan sanoatlar kengayishi yoki, hech bo'lmaganda, kichraymasligi mumkin. Biroq, bu cheklovlar jami bandlik darajasini oshiradi degani emas. Birinchi bobning 12-elementida muhokama qilgan ikkilamchi ta'sirlarni eslaylik. Agar biror mamlakat tariflar, kvotalar va boshqa cheklovlarni joriy etish orqali xorijliklarning u mamlakatda sotish qobiliyatini cheklasa, u shu bilan birga xorijliklarning o'zidan xarid qilish qobiliyatini ham kamaytiradi. Import (?) tufayli boshqa mamlakatlar aholisining import qiluvchi mamlakat eksportini (?) sotib olish yoki unda investitsiya qilish qobiliyatini oshiradi. Demak, import cheklovlari eksport hajmini bilvosita qisqartiradi. Eksport qiluvchi sanoatlarda ishlab chiqarish hajmi va bandlik darajasi pasayishi natijasida himoyalangan sanoatlarda «saqlab qolingan» ish o'rinlaridan keladigan manfaatlar yo'qqa chiqadi (42) . Savdo cheklovlari na ish o'rinlari yaratadi, na ularni vayron qiladi, balki ularning o'rinlarini almashtiradi (43) . Cheklovlar ishchi kuchi va boshqa resurslarni sun'iy ravishda mahsulotlarni boshqa mamlakatlarga nisbatan qimmatroq tannarxda ishlab chiqarishga yo'naltiradi. Mamlakatning resurslari samaraliroq qo'llaniladigan sohalarda, ya'ni import cheklovlarisiz korxonalar jahon bozorida raqobat qila oladigan sohalarda, ishlab chiqarish hajmi va bandlik darajasi pasayadi. Demak, ish kuchi va boshqa resurslar yuqori unumdorlikka ega sohalardan unumdorlik past sohalarga yo'naltiriladi. Bunday siyosatga amal qilgan mamlakatlarda ham ishlab chiqarish hajmi, ham daromad darajasi pasayadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling