115
oshsa), Frantsiyada 45 foizga (152 260 yevrodan yuqori daromad qismiga) teng.
Marjinal soliq stavkasi oshishi bilan odamlarda ular ixtiyorida qoladigan qo'shimcha
daromad ulushi kamayadi. Masalan, marjinal soliq stavkasi 25 foiz bo'lganda,
odamlar
qo'shimcha 100 yevro daromaddan 75 yevrosini o'zlarida qoldirishlari mumkin. Biroq,
marjinal soliq stavkasi 40 foizga ko'tarilsa, soliq to'lovchi 100 yevro qo'shimcha daromaddan
bor-yo'g'i 60 yevrosini o'zida qoldiradi.
Yuqori marjinal soliq stavkasi mahsulot ishlab chiqarish hajmini va daromadni
kamaytirishiga uch sabab mavjud.
Birinchidan, yuqori marjinal soliq stavkasi ishlashga
rag'batni kamaytirib, mehnat unumdorligini pasaytiradi. Agar marjinal soliq stavkasi 55 yoki
60 foizgacha ko'tarilib ketsa, aholida qo'shimcha daromadning yarmidan kami qo'ladi. Agar
aholi ishlab topgan daromadlarining ko'proq qismi ular ixtiyorida qolmasa, ular ko'p daromad
topishga harakat qilmaydi. Ba'zilar, masalan, turmush o'rtog'i
ishlaydigan shaxslar, ishchi
kuchi safidan chiqib ketadi. Boshqalar esa shunchaki ish soatini kamaytiradi, pensiyaga tezroq
chiqadi, ta'tili uzunroq yoki qulayroq manzilda joylashgan ishda ishlaydilar.
Undan tashqari,
ishsiz odamlar ish tanlashda talabchanroq bo'ladi, odamlar ishga joylashish yoki kattaroq ish
haqi uchun boshqa joyga ko'chishni
rad etadi yoki istiqbolli, lekin riskli biznes faoliyatini
boshlashni unutadi. Yuqori soliq stavkalari hatto mamlakatning
eng unumdor fuqarolarini
soliqlar pastroq bo'lgan mamlakatlarga ko'chishiga olib kelishi mumkin. Bunday migratsiya ish
kuchi hajmini va unumdorligini pasaytirib, ishlab chiqarishning kamayishiga sabab bo'ladi.
Video:
Portugaliya nol stavka soliq taklifi bilan pensionerlar uchun jannatmakon
Do'stlaringiz bilan baham: