James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Video: Pulning juda kopligi
islohotlarining
(?) tulri yo'llarini tanlashlariga to'g'ri keldi. Ba'zi mamlakatlar izchil islohotlarni tez boshlagan bo'lsa (masalan, Estoniya), boshqalarida rahbariyatning aksariyatini sobiq kommunistlar tashkil etgan (O'zbekiston). Shuning uchun mamlakatlardagi islohotlar turli tezlik va usullarda amalga oshirilib, islohotlar samaradorligi ham turlicha bo'lgan. Shunga qaramasdan, bu mamlakatlarning barchasida iqtisodiy faoliyat sub'ektlari barqaror siyosatga tayanishlari va shu siyosatlar asosida kelajakdagi rejalarini tuzishlari mumkin edi. Aksincha, islohot o'tkazish yoki uni kechiktirish o'trasigadi qayta almashuvchanlikka duch kelib, noizchil va o'zgaruvchan siyosat olib borilgan mamlakatlarda (masalan, Bolgariya va Ukrainada) saylovlar oldidan yangi hukumatni kim shakllantirishi bo'yicha noaniqlik darajasi oshar edi. Siyosiy biznes tsikli teskari tomonga o'zgarib, saylovlardan oldin iqtisodiy o'sishning sekinlashuvi kuzatilgan, chunki siyosat noaniqligi investitsiya hajmini kamaytirgan (36) . Video: Pulning juda ko'pligi 1990-yillarda kommunizmdan voz kechgan mamlakatlardagi iqtisodiy muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizliklarga qisman noto'g'ri monetar siyosati sababchi bo'lgan. Bu mamlakatlarning barchasida ishlab chiqarish keskin kamayib, ular bozor iqtisodiyotiga o'tishda 111 qiyinchiliklarga duch keldilar. 1990 va 1994-yillar orasida Ukrainada YIM hajmi 48 foizdan ko'proqqa qisqardi (37) . Bunga javoban, Ukraina hukumati katta miqdorda rubl kreditlarini muomalaga chiqarish orqali sanoat va qishloq xo'jaligi uchun subsidiyalarni moliyalashtirdi. Katta byudjet defitsiti (?) monetizatsiya qilindi, ya'ni Ukraina Milliy banki (UMB) davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun osonlikcha pul bosib chiqardi. 1992-yilning fevral va mart oylarida monetar bazasi oyiga 50 foizga oshib bordi. 1992-yilda giperinflyatsiya darajasi 2730 foizga, 1993-yilda esa 10 155 foizga yetgan. Sobiq Sovet Ittifoqi parchalanishidan keyin shakllangan o'n to'rt mamlakatdan o'ntasida hamda Polsha, Yugoslaviya va Bolgariyada giperinflyatsiya (haddan ortiq pul taklifi siyosati sababli) kuzatilgan. YTTBga ko'ra, inflyatsiya darajasi faqat urushni boshdan kechirayotgan Armanistonda Ukrainadan ko'ra yuqoriroq edi (38) . Parlamentga bo'ysunuvchi UMB o'z xatosini anglab, kredit berishni to'xtatdi. 1994- yilning iyul oyiga kelib, oylik inflyatsiya darajasi 2,1 foizgacha pasaydi. Parlamentga UBMning qarori xush kelmadi va 1994-yilning avgustida UBM yana katta miqdorda kreditlar ajratishga majbur bo'ldi (ya'ni, ekspansion monetar siyosatini amalga oshirdi). Natijada, 1994- yilning oktabrida ushbu kreditlar inflyatsiyani 23 foizgacha oshirdi. Sovet iqtisodiyoti parchalanishidan keyin vujudga kelgan resessiyani o'sha davrda o'tkazilgan monetar siyosat yanada chuqurlashtirdi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling