James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

kapitalizm
(?)
 deb atashadi. Tarixdan ma'lumki, investitsiyani taqsimlashda AQSHga nisbatan
boshqa mamlakatlarda davlatning roli kattaroq bo'lgan, lekin uy-joy uchun investitsiya


104
mablag'larini davlat tomonidan taqsimlash bo'yicha Amerika tajribasi klanli kapitalizm
Qo'shma Shtatlarida ham uchrashini ko'rsatadi. Qanday nomlanishidan qat'i nazar, kapitalni
siyosiy maqsadlarga ko'ra taqsimlash fuqarolar zimmasiga katta xarajat yuklaydi.


105
Monetar barqarorlik
Iqtisodiyot faoliyati uchun pulning ahamiyati juda katta. Eng muhimi, pul ayirboshlash
vositasidir. U barcha tovar va xizmatlar qiymatini aks etuvchi umumiy maxraj bo'lib, pul
tranzaksion xarajatlarni pasaytiradi. Pulning ushbu xususiyatini iqtisodchilar «ayirboshlash
vositasi» deb ataydilar. Biz mehnat taqsimotining
(?)
afzalliklarini boshqa qismlarda ko'rib
chiqdik. Odamlar ishlab chiqargan mahsulotlarini barter tizimi
(?)
 orqali boshqa mahsulotlarga
bevosita ayirboshlaydigan dunyoni bir faraz qilib ko'ring. Bitta sigirga nechta olma to'g'ri
keladi? Agar bir odamda sigirning atigi uchdan bir qilsmiga yarasha olmalar bo'lsa, qaytimni
qanday qaytarish mumkin?
Pul odamlarga vaqt o'tishi bilan sodir bo'ladigan murakkab ayirboshlashlarni amalga
oshirishlariga imkoniyat yaratadi. Masalan, uy yoki mashina oldi-sotdisi daromad olishdan to
xarid narxini to'laguncha uzoq muddatni o'z ichiga oladi. Pul kelajakda foydalanish uchun
xarid qobiliyatni saqlash vositasi sifatida ham xizmat qiladi. Bu iqtisodiy o'sishga va
unumdorlikning oshishiga ko'maklashuvchi investitsiyalar uchun mablag'larni jamg'arish
imkoniyatini yaratadi. Iqtisodchilar pulning ushbu funksiyasini «qiymatni jamg'arish vositasi»
deb ataydilar Bundan tashqari, pul «o'lchov birligi» bo'lib, u odamlarning davrlar oralig'ida
amalga oshirgan foyda va xarajatlarini nazorat qilishga yordam beradi. Pulsiz davrlar oralig'ida
sodir bo'ladigan foyda va xarajatlarni taqqoslashning iloji deyarli mavjud emas. Aynan ana shu
taqqoslash xususiyati odamlarga qachon pulni sarflash va tejash, nima xarid qilish va qilmaslik
to'g'risida to'g'ri qarorlar qabul qilishlariga imkoniyat yaratadi.
Biroq, pulning eng muhim hissasi uning qadrining barqarorligiga bevosita bog'liq. Shu
jihatdan pulning iqtisodiyot uchun mohiyati tilning muloqot uchun mohiyatiga o'xshash. Ham
so'zlovchi, ham tinglovchi uchun aniq ma'noni anglatadigan so'z'larsiz muloqot qilish juda
qiyin bo'lar edi. Pul bilan ham vaziyat shunday. Agar pulning barqaror va bashorat qilsa

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling