James d. Gwartney
-chizma: Substandart ipoteka kreditining jami ipoteka
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alt-A kreditlar
6-chizma: Substandart ipoteka kreditining jami ipoteka
kreditlaridagi ulushi (1994–2007) 40 35 30 25 20 15 10 5 0 13.2 9.2 25 32.2 33.6 18.1 4.5 Yil 1994 2000 2002 2004 2005 2006 2007 Y il davomida berilgan jami ipoteka kreditlaridagi ulushi (foizda) Manba: 1994–2000-yillar bo'yicha ma'lumotlar «Edward M. Gramlich, Financial Services Roundtable Annual Housing Policy Meeting, Chicago, Illinois, May 21, 2004» dan olindi. 2002–2007-yillar bo'yicha ma'lumot «Joint Center for Housing Studies of Harvard University, The State of the Nations Housing 2008», dan olindi, https://www.jchs.harvard.edu/research-areas/reports/state-nations-housing-2008 . Alt-A kreditlar (?) deb nomlanuvchi to'liq rasmiylashtirilmagan va ma'lumotlari to'liq tasdiqlanmagan kreditlar substandart kreditlar kategoriyasiga qo'shilgan. Tadqiqotlarga ko'ra, Alt-A kreditlarning aksariyati substandart qarz oluvchilarga berilgan. Biroq, sun'iy yaratilgan uy-joy qurilishining keskin o'sishi barqaror emas edi. 2004- 2005-yillarda ipoteka kreditlarining deyarli yarmi substandart kreditlardan (jumladan, to'liq rasmiylashtirilmagan kreditlardan) yoki uy-joy mulki garovi evaziga berilgan kreditlardan tashkil topgan. Narxlar barqarorlashib va undan son'g 2006-yilning ikkinchi yarmidan boshlab pasayishi bilan kartalar uyi qulab ketdi. Mulkni musodara qilish va ipoteka krediti bo'yicha muddati o'tgan qarzlar darajasi (?) darhol o'sishni boshladi. Bularning barchasi 2007-yil 103 dekabrda boshlangan iqtisodiy resessiyadan (?) ancha oldin boshlandi. Albatta, uy-joy sanoatining qulashi axir iqtisodiyotning boshqa sohalariga ham tarqaldi va muammoli ipoteka kreditlari AQSH va boshqa mamlakatlarning bank va moliya institutlarida katta moliyaviy muammolarga sabab bo'ldi. 2008-yilning yoziga kelib Fannie Mae va Freddie Mac bankrotga uchradi. Ularning faoliyati davlat boshqaruviga o'tkazildi va deyarli 400 milliard dollarlik ishonchsiz qarzlar Amerikalik soliq to'lovchi zimmasiga yuklandi. Keyingi elementda tushuntirib berilganidek, Federal rezerv sistemasining foiz stavkalari bo'yicha siyosati ham 2008-2009-yildagi Buyuk iqtisodiy resessiyaga o'z hissasini qo'shdi. Biroq, bir narsa ayon: kreditlarni siyosiy maqsadlarda ko'ra taqsimlash va u bilan birga qarz berish standartlarini susaytirish natijasida katta miqdordagi moliyaviy kapital maqsadga muvofiq bo'lmagan loyihalarga yo'naltirildi. Ko'p xaridorlar qurbi yetmagan uylarni sotib olishga rag'batlantirildi, bu esa uy-joylar qurilishining keskin o'sishiga va keyinroq uning barbod bo'lishiga hamda iqtisodiy resessiyaning yuzaga kelishiga katta hissa qo'shdi. Xususiyatlari boshqacha bo'lsada, AQSH noto'g'ri davlat siyosati tufayli 2010-yildan oldingi yillarda uy-joy bozorida inqiroz kelib chiqqan yagona davlat emas. 2007 va 2010-yillar oralig'ida Irlandiyada uy-joylarning o'rtacha narxi qariyb 35 foizga, Dublinda esa ikki baravar yoki undan ko'proq pasaydi. «Irlandiya uy-joy pufagi» yorilganidan keyin tashqi ekspertlar, jumladan Kanada va Finlandiya Moliya vazirliklarining yetakchi mutaxassislari o'tkazgan taqdqiqotlarga ko'ra, bozorning qizib ketishiga Yevropa Markaziy Banki (YMB) o'rnatgan foiz stavkalarining juda pastligi, mulk solig'i tushumining kutilganidan ko'proq tushishi tufayli davlat xarajatlarining o'ta ko'payishi va, ayniqsa, huddi Qo'shma Shtatlaridagi kabi uy narxining 100 foiz ipoteka krediti bilan ta'minlash orqali uy-joy mulkdorlari sonini ko'paytirishni rag'batlantirishga qaratilgan davlat siyosati sabab bo'lgan. Bunda korruptsiyaning ham roli bo'lgan (33) . Aynan shu vaqt oralig'ida Ispaniyaning shunga o'xshash qoidalari xuddi shunday natijaga olib keldi. Agar davlat aralashuvi kuchaysa, investitsiyani taqsimlashda favoritizm, manfaatlar to'qnashuvi, nomunosib moliyaviy munosabatlar va korruptsiyaning turli shakllari kuzatiladi. Agar shunga o'xshash faoliyatlar boshqa mamlakatlarda sodir bo'lsa, buni ko'pincha klanli Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling