James d. Gwartney


Samarali kapital bozorlari


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Samarali kapital bozorlari
Barcha ishlab chiqarishning asosiy maqsadi iste'moldan iborat bo'lsada, odatda resurslardan
avvalo dastgohlar, og'ir uskunalar va binolar qurish uchun foydalanish zarur. Bular esa, o'z
navbatida, kerakli iste'mol tovarlarini ishlab chiqarishda ishlatilishi mumkin. Boshqacha
aytganda, investitsiya kelajakdagi iste'mol hajmini oshiradi, lekin u bugungi iste'molning bir
qismidan voz kechishni talab qiladi. Kapital investitsiyalar
(?)
kelajakda ko'proq iste'mol
tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga mo'ljallangan uzoq muddatli resurslarni qurish va
yaratishdan iborat bo'lib, ular iqtisodiy o'sishning muhim potentsial manbasidir. Masalan,
mahalliy pizza do'koni tandir kabi investitsiya tovarini sotib olishi unga kelajakda ishlab
chiqarish hajmini oshirishiga yordam beradi.
Ushbu investitsiya tovarlarini
(?)
ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan resurslar
(ish kuchi, yer va tadbirkorlik kabi) iste'mol tovarlarini ishlab chiqarishda qatnashmaydi. Agar
ishlab chiqarganimizning barchasini iste'mol qilsak, investitsiya uchun resurs qolmaydi.
Shuning uchun investitsiya jamg'arishni
(?)
, ya'ni joriy iste'mol hajmini qisqartirish orqali
boshqa maqsadlar uchun mablag'ni tejashni talab qiladi. Investitsiyani moliyalashtirish uchun
ELEMENT 2.4
O'z salohiyatiga erishish uchun davlat kapitalni farovonlikni oshiruvchi loyihalarga
yo'naltiruvchi mexanizmga ega bo'lishi kerak.


97
yoki investor, yoki unga mablag' ajratishga tayyor shaxs jamg'arishi kerak bo'ladi. Jamg'arma
investitsiya jarayonining ajralmas qismidir.
Lekin hamma investitsiya loyihalari har doim samarali bo'lavermaydi. Investitsiya
natijasida qo'shimcha ishlab chiqarilgan mahsulotning qiymati uning tannarxidan yuqori
bo'lsagina investitsiya loyihasi mamlakat farovonligini oshiradi. Aks holda, loyiha samarasiz
hisoblanib, farovonlik darajasini kamaytiradi. Investitsiyalarning muvaffaqiyatini oldindan
aniq aytish qiyin, shuning uchun gohida eng istiqbolli investitsiya loyihalari ham farovonlik
darajasini oshirishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin. Iqtisodiy taraqqiyotning
istiqbolliligini ta'minlash uchun mamlakat jamg'arma mablag'larini jalb qilish va ularni
farovonlikni oshirish ehtimoli yuqori bo'lgan investitsiyalarga yo'naltirish mexanizmiga ega
bo'lishi kerak.
Bozor iqtisodiyotida ushbu vazifani kapital bozori
(?)
bajaradi. Keng ma'noda u
aksiyalar, obligatsiyalar va ko'chmas mulk bozorlarini o'z ichiga oladi. Fond birjasi
(?)
,
banklar, sug'urta kompaniyalari, pay fondlari va investitsiya kompaniyalari kabi moliyaviy

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling