James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Sertifikatlash
(?)
 litsenziyalashning ma'qul muqobilidir. Sertifikatlash orqali davlat hech
kimni tanlagan sohasida ishlashini taqiqlamasdan, xizmat ko'rsatuvchilardan ularning
ma'lumoti, maxsus ta'limi va boshqa malakasi to'g'risida ma'lumotlarni talab qilishi mumkin.
Umuman olib qaraganda, sertifikatlash iste'molchilarning tanlovlarini cheklamagan holda
xizmat ko'rsatuvchilarning malakasi to'g'risidagi ma'lumotni oshkor qiladi. Undan tashqari,
sertifikatlash amaliyotchilarga qobiliyat darajalarini rivojlantirish va namoyish qilishga
imkoniyat yaratadi va, ayni damda, iste'molchilarni tanlovlar qilishga ma'lumotlar bilan
ta'minlaydi.
Davlat boshqaruvi ko'pincha muammolarni hal qilishning oson yo'li deb qaraladi.
Yuqori ish haqi xohlaysizmi? Unda eng kam ishi haqi darajasini oshiring. Ishsizlik darajasini
pasaytirishni istaysizmi? Unda ishchilarni ishdan bo'shatishni qiyinlashtiruvchi qonun qabul
qiling. Qaysidir sohada ish haqi darajasi oshirilishini istaysizmi? Unda narxlarni pasaytiruvchi
raqobatchilarni cheklang. Biroq bu yerda bitta muammo mavjud: ushbu oddiy tuyulgan
uslublar samaradorlikni oshirmaydi va ikkilamchi ta'sirlarni hisobga olmaydi. Bizning turmush
darajamiz odamlar qadrlagan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish bilan bevosita bog'liq.
O'zaro manfaatli savdo va raqobatdosh bozorlar resurslardan oqilona foydalanishga va ishlab
chiqarishning ilg'or metodlarini topishga rag'batlantiradi. Ular resurslardan unumliroq
foydalanishimizga yordam beradi. Demak, savdo va bozorga chiqishni to'suvchi qoidalar
deyarli har doim teskari natijalarga olib keladi. Agar mamlakat iqtisodiy o'sishni va ravnaq
topishni istasa, u savdo va bozor raqobatdoshligini cheklovchi qoidalarni qisqartirishi lozim.
O'qish uchun:
Duayt Li. «Yordamga iltijolarni tsenzura qilish»


96

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling