James d. Gwartney


iqtisodiy taraqqiyotga to'sqinlik qiladi


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

iqtisodiy taraqqiyotga to'sqinlik qiladi.


89
ta'kidlaydi. (U o'zining avvalroq yo'zilgan «Boshqa yo'l» kitobida ushbu jarayon davomida
jami o'n marta pora so'ralganini va undan ikkitasini qonuniy faoliyat yuritish uchun berishga
to'g'ri kelganligini oshkor qilgan.) Ehtimol, professor de Sotoning faoliyatiga bo'lgan katta
e'tibor ushbu sustkashliklarga ham diqqatni jalb qildi va bu oxirgi yillarda biznesni ochish
bilan bog'liq byurokratiyani ancha yengillashtirilishiga sabab bo'ldi. Bu iqtisodiy sog'lom
fikrlashni tushunish katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Jahon Banki
ma'lumotlariga qaraganda, bisnes ochishga ketadigan dunyo bo'yicha o'rtacha ko'rsatkich
2005-yilda 51 kundan 2018-yilda 20 kunga tushdi. Atigi 3.5 kunni tashkil qilgan Shimoliy
Amerikadan tashqari, talab etilgan vaqt har bir daromad darajasidagi barcha mamalakatlarda
va mintaqalarda keskin kamaydi. Qonuniy buznes ochishga 230 kun talab etilgan Venesuela
reytingning oxirida joylashganligi ajablanarli hol emas. Reytingning boshida joylashgan Yangi
Zelandiya va Gruziyada bu jarayon yarim kunni talab qiladi
(25)
. Post-kommunist mamlakatlari
orasida Bosniya va Gersegovinada biznes ochish uchun eng uzoq vaqt, ya'ni 80 kun talab
qilingan. Post-kommunist mamlakatlari biznes ochish masalasida aslida katta yutuqlarga
erishdi: agar bu Sharqiy Osiyoda 23 kunni va Lotin Amerikada 28 kunni tashkil etsa,
mintaqada bu o'rtacha 14 kunni tashkil etadi.
Ikkinchidan, qonun ustuvorligi va shartnomalar erkinligi o'rniga siyosiy vakolatlarni
ustun qo'yuvchi qoidalar odatda savdo-sotiq manfaatlariga putur yetkazishga moyil bo'ladi. Bir
necha mamlakatlarda davlat mulozimlari ixtiyoriga havola ish tutishiga keng vakolatlatlar
beruvchi qonunlarni qabul qilish odat tusiga kirgan. Masalan, 1980-yillarning o'rtalarida
Gvatemala bojxona xodimlariga tarif to'lovlaridan «davlat manfaatlari» yo'lida ozod qilish
vakolati berilgan edi. Bunday qonunchilik davlat mulozimlari tomonidan pora talab qilishga
yo'l ochadi. U o'rnatilgan qoidalarga aniqsizlik kiritib, tadbirkorlik faoliyatini chiqimliroq
qiladi va unga ishtiyoqni, ayniqsa vijdonli odamlar uchun, kamaytiradi. Davlat qoidalarini
qo'llab-quvvatlash odatda toza atrof-muhitga bo'lgan istaklardan yoki iste'molchilarni noinsof
tadbirkorlardan himoya qilishga bo'lgan talablardan kelib chiqadi. Qoida va tartiblar bu
sohalarda ijobiy rol o'ynashi mumkin. Ammo bu yerda ham qonun aniq-ravshan va xolis
bo'lishi zarur. Aks holda, u savdo mafaatlariga to'siq bo'ladi.
Qoida va tartiblar raqobatni cheklash orqali ba'zi korxonalarga tez-tez yordam berib
turadi. Bunday davlat boshqaruvi ayrim manfaatdorlar uchun manfaatli bo'lganligi sababli, u


90
qo'shimcha chiqimlarga olib keladi: korxonalar, mehnat tashkilotlari va boshqa manfaatdor
guruhlar o'z mijozlariga imtiyozlar berish uchun siyosiy jarayonga ta'sir ko'rsatishga harakat
qilishadi. Ba'zilar siyosatchilar va davlat bosqaruvi tahkilotlarini to'siqlar o'rnatish yoki ularni
kuchaytirish uchun lobbi qilsalar, boshqalar (undan katta talofot ko'rganlar) esa to'siqlarning
ta'sirini kamaytirishga lobbi qiladilar. Har qanday masalani lobbi qilish yuqori malakali
shaxslarning vaqt va g'ayratini talab qiladi. Boshqalarning unumdorligini kamaytiradigan
siyosiy imtiyozlar olishga harakat qilishdan ko'ra, ular boylik yaratish bilan mashg'ul
bo'lishlari mumkin edi. Qadrli resurslarni umumjamiyat uchun samara keltirmaydigan, lekin
alohida shaxs yoki korxona uchun foyda keltiradigan yo'llar orqali isrof qilish harakatlari renta

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling