James d. Gwartney


Video: Eng kam ish haqi halokati


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Eng kam ish haqi halokati
Eng kam ish haqini oshirishning ko'plab tarafdorlari bu qashshoqlik
(?)
 darajasini ham
pasaytiradi deb ishonadilar. Bir qarashda bu haqiqatdek ko'rinadi, lekin ma'lumotlarning tahlili
buning shubhali ekanligidan dalolat beradi. Buning bir necha muhim sabablari mavjud.
Ma'lumotlarni Qo'shma Shtatlari misolida ko'rib chiqaylik. Eng kam ish haqi oluvchi
ishchilarning asosiy qismi, ya'ni 80 foizi daromadi qashshoqlik darajasidan yuqori bo'lgan uy
xo'jaligi
(?)
a'zolaridir; uchdan bir qismi esa o'rtacha daromadli oilalarda yashaydilar. Eng kam
ish haqi oluvchilarning yarmi 16 yoshdan 24 yoshgacha bo'lgan ishchilardan iborat va ularning
asosiy qismi to'liqsiz ish kuni rejasida ishlaydi. Eng kam ish haqi oluvchilarning faqat har
yettitasidan biri (deyarli 15%) bir va undan ko'p bolali oilalarning asosiy boquvchisi
hisoblanadi. Demak, eng kam ish haqi oluvchi o'rtacha ishchi daromadi qashshoqlik
darajasidan yuqori bo'lgan oilada yashovchi bo'ydoq, yosh, to'liqsiz ish kuni rejasidagi past
malakali ishchidir. Ikkinchidan, eng kam ish haqini oshirish kutilmagan oqibatlarga olib keladi.
Ish beruvchilar ish haqini oshirish bilan bog'liq xarajatlarni nazorat qilish (yoki zararni
qoplash) bo'yicha choralar ko'radilar. Bular ish soatlarini qisqartirish, malaka oshirish
imkoniyatlarini cheklash, noqulay ish jadvali va qo'shimcha imtiyozlarni kamaytirish kabilarni
o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, eng kam ish haqi oluvchi ishchilarning ko'pchiligi eng kam


92
ish haqi oshirilishi ta'sir qilgan mahsulotlarning iste'molchilari hamdir. Bu ishchilar va
pensionerlar kabi boshqa kam daromadli iste'molchilar tez tayyorlanadigan ovqatlardek
tovarlarni qimmatroq narxlarda sotib olishlariga to'g'ri keladi. Demak, eng kam ish haqi
oluvchi ishchilarning haqiqiy ish haqi eng kam ish haqi oshish sur'atidan kamroq miqdorga
oshadi
(26)
. Nihoyat, Qo'shma Shtatlarida qashshoq oilalarning yarmidan ko'prog'ida hech kim
ishlamaydi, shuning uchun eng kam ish haqi miqdorini oshirish ularga yordam bermaydi.
Kam rivojlangan mamlakatlarda eng kam ish haqiga tegishli dalillar noaniq, lekin ular
agar eng kam ish haqi yetarlicha baland bo'lsa, u katta miqdordagi ishchilarni daromadlar
darajasi pastroq va juda o'zgaruvchan bo'lgan noqonuniy sektorga yo'naltirish evaziga qonuniy
bozordagi ish haqini oshirishi mumkinligini namoyish etadi.
Eng kam ish haqini oshirishning yosh past malakali ishchilarga ta'sirini qarab
chiqqanda, uning qisqa va uzoq muddatli ta'sirlarini inobatga olish muhimdir. Ish tajribasi
ishchilarda bo'lajak ish beruvchilar qadrlaydigan xususiyatlarni, jumladan o'ziga ishonch,
kerakli ish odatlari, mahorat va yaxshi xulqni rivojlantirishga imkoniyat yaratadi. Bu
imkoniyat, ayniqsa, o'rta maktabni tugatmagan va zaif bilim darajasiga ega shaxslar uchun juda
muhim. Bu yoshlar ish beruvchilarga o'z qiymatlarini isbotlab, ish malakalarini
oshirmaguncha, ularning ish pog'onasidan ko'tarilishi va kelajakdagi daromadlarini oshirishishi
amri mahol.
Ish tajribasi va malaka oshirish yuqori ma'lumotli shaxslar uchun muhimligi keng tan
olingan. Misol uchun, universitet talabalari bo'lajak daromad topish imkoniyatlarini yaxshilash
maqsadida tajriba orttirish uchun ko'pincha davlat muassasalarida va notijorat tashkilotlarida
to'lovsiz, ya'ni nolga teng ish haqi uchun amaliyot mashg'ulotlarini o'tadilar. Haqiqatan ham,
Qo'shma Shtatlari Kongressi a'zolari universitet talabalariga to'lovsiz amaliyot o'tishni e'lon
qilganlarida, ishning quyi bosqichlarida ish tajribasining afzalliklarini ta'kidlab o'tadilar.
Shunga qaramay, ushbu siyosatchilarning ko'pi kam ta'minlangan yoshlarning ish topish
istiqbollarini kengaytiradigan ish tajribasi va malaka oshirish imkoniyatlarini cheklovchi eng
kam ish haqi darajasini qo'llab-quvvatlaydilar. Past malakali yoshlarga bo'lgan bu salbiy ta'sir
iqtisodchilardan boshqa deyarli barchaning e'tiboridan chetda qolmoqda. Shunday bo'lsada, bu
eng kam ish haqining muhim salbiy ikkilamchi ta'siri bo'lib, u, ayniqsa, kam ma'lumotli
yoshlarning uzoq muddatli bandlik darajasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.


93

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling