James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

ketidan quvish
(?)
deb ataladi va u odatda davlat boshqaruvi natijasida vujudga keladi.
Video:
Ezgu niyatlarning xavfi
Uchinchidan, narx nazoratini o'rnatish savdoni ham bo'g'adi. Davlat gohida narxlarni
bozor darajasidagidan yuqori qilib o'rnatadi. Misol uchun, ba'zi davlatlar turli qishloq xo'jaligi
mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari uchun o'rnatilgan minimum narxda haq
to'lashni talab qiladi. Xaridorlar o'rnatilgan yuqoriroq narxda aksinchasiga nisbatan kamroq
miqdor sotib oladilar. Ba'zi davlatalar narxlarni bozor darajasidan past qilib o'rnatishlari ham
mumkin. Bunga ijara to'lovi nazorati va elektr energiyasi tariflari misol bo'ladi. Ishlab
chiqarish va sotish hajmi nuqtai nazaridan narxlarni nazorat qilish narxlarning ko'tarilishiga
yoki pasayishiga olib kelishining farqi yo'q. Har ikkala holatda ham savdo hajmi, ishlab
chiqarish va ayirboshlashdan manfaat kamayadi.
Ehtimol, eng kam ish haqi
(?)
darajasi dunyoda eng keng tarqalgan narx nazorati turi
hisoblanadi. Eng kam ish haqi narxning quyi darajasini
(?)
belgilaydi va ba'zi ishchilarning
(va ishlarning) soatlik ish haqini bozor darajasidan yuqoriroqqa ko'taradi. Hozirda bu Shimoliy
Makedoniyada va ko'plab boshqa Yevropa mamlakatlarida qizg'in mavzu hisoblanadi. Yevropa
Ittifoqiga a'zo mamlakatlarida 2017-yilda yillik o'rtacha eng kam ish haqi (narxlar darajasidagi
tafovutlarni hisobga olganda) Latviyadagi 7 900 dollardan to Niderlandiyadagi 22 600


91
dollargacha bo'lgan.
Iqtisodiyotning asosiy postulati eng kam ish haqining oshishi past malakali ishchilar
bandligini kamayishiga olib kelishini izohlaydi. Bandlikning kamayish darajasi ba'zi
munozaralardan xolis bo'lmasada, empirik dalillarga asosan, eng kam ish haqining har 10
foizlik oshishi bandlik darajasini 1-2 foizga kamaytiradi. Ish haqining oshish darajasi bandlik
darajasining kamayishidan ancha kattaligi sababli, eng kam ish haqining oshishi past malakali
ishchilarning jami daromadlarini deyarli har doim oshiradi. Eng kam ish haqini oshirish
tarafdorlari jami daromadlarning bandlikning nisbatan kichik qisqarishlari hisobiga oshishini
arzigulik ish deb ishonadilar.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling