James d. Gwartney


Video: Walmartning raqobat va xarajatlar nazorati


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Walmartning raqobat va xarajatlar nazorati
Raqobat korxonalar mahsulot sifatini yaxshilashi va mahsulot ishlab chiqarishning
arzon uslublarini topishi uchun kuchli rag'batlantiruvchi omildir. Texnologiya va narxlar tez-
tez o'zgarib turishi sababli iste'molchilar keyingi safar qaysi mahsulotlarni xohlashini yoki
qaysi ishlab chiqarish texnikasi xarajatlarni minimallashtirishini hech kim aniq bilmaydi.
Raqobat mana shularga javob topishga ko'maklashadi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali marketing
(?)
savdo markazidan keyingi chakana savdo bo'yicha eng zo'r g'oyami? Yohud bu bir kun


83
bug'lanib ketadigan yana bitta xayolmi? Bozordan-bozorga farq qiluvchi va vaqt o'tishi bilan
o'zgarib turadigan raqobat bunga javob beradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida tadbirkorlarda yangilik kiritishi uchun erkinlik mavjud.
Ular zarur moliyaviy mablag'larni ta'minlashga qodir investorlarning (ko'pincha, o'zlarining
ham) ko'magiga muhtoj, xolos. Markaziy rejalashtirish organlari, ko'pchilik ovozi yoki
raqobatchi tadbirkorlarning tasdig'i shart emas. Shunga qaramay, raqobat tadbirkorlarga va
ularni qo'llab-quvvatlovchi investorlaga javobgarlikni yuklaydi, chunki ularning g'oyalari
iste'molchilarning «real nazorat»idan o'tishi kerak. Agar iste'molchilar kiritilgan yangilikni
uning xarajatidan balandroq qardlasalar, yangi korxona foyda oladi va muvaffaqiyatga
erishadi. Biroq yangi mahsulotning iste'molchilar uchun bo'lgan qadri narxidan past bo'lsa,
korxona zarar ko'radi va muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Iste'molchilar korxona kiritgan
yangilikning va uning faoliyatining so'nggi hakamlaridir.
Yangi mahsulot ishlab chiqarilganda uning narx-sifat nisbati ma'lum bog'liqlikda
ko'zatiladi. Dastlab, yangi mahsulotlar odatda juda qimmat turadi va ular asosan yuqori
daromadli kam sonli iste'molchilar tomonidan sotib olinadi. Ushbu iste'molchilarga
birinchilardan bo'lganligi qimmatga tushadi, chunki odatda dastlabki bosqichdagi mahsulot
sifati keyingi, ya'ni ishlab chiqaruvchilar tajriba orttirgan boshqichiga nisbatan pastroq bo'lib,
lekin ishlab chiqarish hajmining kamligi tufayli narx baland bo'ladi. Bu dastlabki xaridorlar
juda muhim rol o'ynaydi: ulardan keladigan daromad mahsulotning dastlabki xarajatini
qoplaydi va tadbirkorlarning tajriba orttirishiga imkon yaratadi. Orttirilgan tajriba kelajakda
mahsulot sifatini oshirishga va mahsulot birligiga to'g'ri keladigan xarajatni kamaytirishga
yordam beradi. Bunning ustiga, bozor rag'batlari shunday harakatlarni ko'maklaydi. Vaqt
o'tishi bilan esa, tadbirkorlar mahsulotni arzonlashtirish va uni keng iste'molchilarga yetkazib
berish yo'llarini topadilar.
Uyali telefonlar narx-sifat o'rtasidagi nisbatni tasvirlab beradi. Uyali telefonlar 1980-
yillarning oxirlarida kirib kelganda ularning narxi deyarli 4 000 dollarni tashqil qilgan,
kattaligi g'ishtcha bo'lgan va telefon qo'ng'iroqlaridan boshqa funksiyasi bo'lmagan. Vaqt
o'tishi bilan, ularning hajmi kichraydi, ma'lumotlarga ishlov berish qobiliyati va funksiyalari
kengaydi hamda narxi pasaydi. Bugungi kunda ularning narxi dastlabki narxning bir qismiga
teng bo'lib, ular daromad qatlamlarining ko'plab iste'molchilari uchun zaruriyat hisoblanadi.


84

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling