James d. Gwartney


Video: Xususiy mulk huquqi iqtisodiyoti


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Xususiy mulk huquqi iqtisodiyoti
Quyidagi misollarni ko'rib chiqaylik. Quriyotgan daraxtning egasida uni qo'shnining
uyiga yiqilmasidan oldin kesib tashlashga rag'bat bor. Agar itlari boshqalarni tishlash ehtimoli
bo'lsa, bu egalarni itlarini arqon yoki tumshuqbog'da tutishga rag'batlantiradi. Mashina egasi
uni boshqarish huquqiga ega, lekin agar mashinaning tormozi ishlamay qolib boshqa birovning
mulkiga zarar yetkazsa, u bu uchun javobgarlikka tortiladi. Xuddi shu kabi, kimyo
kompaniyasi mahsulotlarini o'zi nazorat qiladi va aynan shu sababli kimyoviy moddalardan
noto'g'ri foydalanganda qonuniy javobgar bo'ladi.
To'rtinchidan, xususiy mulkchilik resurslarni kelajak avlod uchun saqlab qolishga
hamda oqilona rivojlanishga rag'batlantiradi. Resurslardan foydalanish daromad keltirishi
mumkin va bu bugungi iste'molchilarning resursdan ishlab chiqarishda foydalanishga bo'lgan
istagini aks ettiradi. Biroq, mulkchilik huquqi sababli kelajakdagi iste'molchilar ham o'z


77
ovozlariga ega. Daraxt xo'jaligi yoki kichik o'rmonzor kabi resurs egasi oldida daraxtlarini
hozir yohud keyinroq kesish muammosi ko'ndalang turadi. Kelajakda yog'och-taxta
materiallarining qiymati oshadimi? Boshqacha qilib aytganda, daraxtlarning yetilgandagi
o'rtacha bahosi bugungi kesilgan daraxtlarning o'rtacha bahosidan kattaroq bo'ladimi? Undan
tashqari, ushbu qiymat bilan bugun kesilgan daraxt bahosi o'rtasidagi farq daraxtlarni asrash va
himoya qilish bilan bog'liq bo'lgan kelajak xarajatlardan kattaroq bo'ladimi? Shunday holda,
mulk egasida resursni tejash, ya'ni joriy foydalanishni cheklab, resursning qiymati yuqori
bo'lganda uni ta'minlash istagi mavjud bo'ladi.
Agar iste'mol qilinadigan resursning kelajakdagi qiymati bugungi qiymatidan oshsa,
xususiy mulkdorlar uni saqlab qo'yishdan manfaatdor bo'ladilar. Mazkur mulkdor foyda ko'rish
vaqti kelganda mulk egasi bo'lmasa ham bu amal qiladi. Faraz qiling, 65 yoshli o'rmonchi
fermer odatda ellik yilda hosilga kiradigan duglas archa daraxt ko'chatini ekdi. Keksa
o'rmonchi fermerda daraxtni kelajakda foydalanishga saqlab qolish istagi bormi? Xususiy
mulkchilik huquqi sharoitida javob «ha» ekanligi ravshan. Agar daraxtlarning o'sishi
kelajakdagi daromadni muqobil investitsiyadan keladigan daromaddan kam bo'lmagan
miqdorda ko'paytirsa, fermer daraxtlarni kelajak uchun saqlab qolishidan foyda ko'radi.
Xususiy mulkchilik sharoitida daraxtlarning o'sishi va kutilgan hosil kuni yaqinlashishi bilan
fermer yerining bozor bahosi ham oshadi. Daraxtlarni asl kesish vaqti fermerning o'limidan
ancha keyinga to'g'ri kelsada, mulk egasi daraxtlarni (yoki daraxtlari bilan birga yerni) ularning
oshayotgan qiymatini hisobga olib istagan paytida sotishi mumkin.
Asrlar davomida pessimist odamlar bizda yaqinda daraxtlar, o'ta muhim minerallar yoki
turli energiya manbalari tugab qoladi deb bong o'rib keladilar. Xususiy mulkchilikning rolini
anglab yetmaganliklari sababli, ular takror va takror nohaq bo'lib chiqdi. Ushbu «qiyomat
kuni» bashoratlarini sinchikilab o'rganish ibratlidir. XVI asr Angliyasida o'tin sifatida keng
ishlatilgan yog'och tez orada tugab qoladi degan qo'rquv paydo bo'lgan edi. Yog'och
narxlarning oshishi o'rmonlarni himoya qilishga rag'batlantirdi va ko'mirni ishlab chiqarish va
undan yaxshiroq foydalanishga yo'naltirilgan investitsiyalarga turtki bo'ldi. Yog'och inqirozi
tezda bartaraf bo'ldi.
Ma'lum bir resurs xususiy mulkchilik ostida bo'lmasa ham, xususiy mulk bo'lgan
boshqa resurslar bozori muammolarni odatda yechishi mumkin. XIX asrning o'rtalarida


78
Qo'shma Shtatlarida sun'iy yoritishda keng qo'llanilgan kit yog'i tugab qoladi degan vahimali
bashoratlar paydo bo'lgan edi. Kitlarning egasi yo'qligi sababli, ular ochiq dengizda ayovsiz ov
qilinar edi. Agar kit ovchisi imkoniyat bo'lganda kitni ovlay olmasa, yaqin kelajakda boshqa
birov uni ov qilishi mumkin edi. Kit yog'i narxi oshsa ham kitlarni kelajak uchun saqlab
qolishga rag'bat yoq edi, chunki xususiy mulkchilik huquqi mavjud bo'lmagan. Kitlar soni
kamayishiga qaramasdan kit ovini hech kim cheklamadi.
Biroq, kit yog'i narxining ko'tarilishi muqobil energiya manbalarini qidirib yaratishga
kuchli turtki bo'ldi. Agar tadbirkorlar arzonroq yangi energiya manbasini yaratsa, ular juda
katta daromad topishi mumkin edi. Vaqt o'tishi bilan bu neftning foyda keltiruvchi
manbalarining kashf qilinishiga, arzonroq kerosinni ishlab chiqarishga va natijada kit yog'i
narxining tushishiga, kit ovining kamayishiga hamda shu bilan kit yog'i inqirozining tugashiga
olib keldi.
Keyinchalik esa, odamlar neftdan foydalanishga o'tishi bilan ushbu resurs ham tugaydi
degan bashoratlar yuzaga keldi. 1914-yilda Kon sanoati byurosi AQSHning jami neft zahirasi
6 milliard barreldan kam deb hisobot bergan. Bu esa Qo'shma Shtatlari neft mahsulotlarining
hozirgi kundagi 40 oylik ishlab chiqariladigan miqdoriga teng. 1926-yilda Federal neft
resurslarini saqlash bo'yicha boshqarma AQSH neft zahiralari yana yetti yilga yetadi deb
hisoblab chiqqan edi. Keyinchalik, ya'ni 1970-yillarda nufuzli Rim klubi homiyligi ostida
o'tkazilgan tadqiqot ham dunyo uchun o'xshash taxminlarni ilgari surdi.
Xususiy mulkchilikdan kelib chiqadigan rag'batlarni tahlil qilganda, resurslar kamayib
ketishi bilan bog'liq shunday «qiyomat kuni» bashoratlarining amalga oshmaganlik sababini
tushunish oson. Agar xususiy mulkchilik ostida bo'lgan resursning tanqisligi oshsa, uning narxi
ko'tariladi. Narxning oshishi iste'molchilar, ishlab chiqaruvchilar, novatorlar va injenerlarni (1)
resursdan bevosita foydalanishni kamaytirishga (masalan, xona bo'sh bo'lganda chiroqlarni
o'chirish yoki xonani issiqroq qilgandan ko'ra sviter kiyish hamda iste'molchi va ishlab
chiqaruvchilar uchun avtomashina ba jihozlarni ta'mirlash); (2) o'rinbosarlarni
(?)
 tirishqoqlik
bilan qidirishga (masalan, iste'molchilarga avtomashinalar o'rnida avtobuslar yoki neft o'rnida
shamol, gidro yoki atom quvvati); (3) resurs topish va uning kattaroq qismini qayta tiklashning
yangi uslublarini yaratishga (masalan, gorizontal qazish yoki parchalash) rag'batlantiradi.
Hozirgi vaqtda ushbu harakatlar «qiyomat kuni»ni yana kelajakka surdi va xususiy mulkchilik


79
ostidagi resurslar uchun bu harakatlar yana davom etishiga hech shubha yo'q. Ushbu farqni
yanada ravshan ko'rish uchun sigir va Amerika buyvoli o'rtasidagi farqni ko'rib chiqing. Hech
qaysi ikki hayvon kattaligi va go'shtining bahosi bo'yicha bir-biriga bunchalik yaqin emas,
lekin umumiy mulk bo'lgan buyvol deyarli yo'q bo'lib ketguncha ov qilingan bo'lsa, xususiy
mulk bo'lmish sigirlar bo'yicha taqchillik
(?)
 mavjud deb hech kim ayta olmaydi
(22)
.
Xususiy mulkchilk huquqini himoyalashga va shartnomalar ijrosining xolisligini
ta'minlashga yo'naltirilgan huquq tizimi iqtisodiy o'sishning kuchlari hisoblangan savdo
manfaatlari, kapital shakllannishi
(?)
hamda resurslar yaratilishi uchun zamin yaratadi.
Aksincha, sust mulkchilik huquqi, kelishuvlar ijrosini ta'minlashda ishonchsizlik,
qonunchilikda favoritizm
(?)
kabi illatlar ham investitsiyaga, ham resurslardan unumli
foydalanishga putur yetkazadi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling