James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-chizma: Jon boshiga YIM (1990-yil AQSH dollarida)
O'qish uchun:
Yalpi ichki mahsulot - U nima va u qanday o'lchanadi? Keling, e'tiborni endi 1820-yildan keyingi voqealarga qarataylik. Oxirgi ikki yuz yil davomida iqtisod gurkirab, juda tez o'sdi. 2003-yilga kelib jahon jon boshi daromadi 1820- yildagi miqdordan o'n baravar oshib, 6 516 dollaga yetdi. G'arb davlatlarida esa jon boshiga daromad 2003-yilda 23 710 dollarga yetib, 1820-yildagi miqdorning deyarli yigirma baravarini tashkil qiladi. Shunday qilib, asrlar davomida daromadlar yashash uchun zarur bo'lgan minimal miqdoriga teng yoki yaqin miqdorda saqlanib turgan, lekin oxirgi ikki yuz yil ichida aholi jon boshi real daromadi jadal o'sdi. 69 5-chizma: Jon boshiga YIM (1990-yil AQSH dollarida) $25,000 $15,000 $10,000 $5,000 $0 $20,000 1000 1100 1200 1300 1400 1500 1600 1700 1800 1900 2003 Yil G'arbiy mamlakatlarda jon boshiga YIM Jahonda jon boshiga YIM 1820: $667 1820: $1,202 2003: $6,516 2003: $23,710 Manba: Angus Maddison, Contours of the World Economy, 1–2030 AD: Essays in Macro-Economic History (Oxford: Oxford University Press, 2007). Umr davomiyligi ham shunga o'xshah tarzda o'zgargan. 1000 va 1820-yillar oralig'ida dunyodagi umr davomiyligi 24 yildan 26 yilgacha o'sgan bo'lsa, 1900-yilda u 31 yilga yetdi va 2003-yilga kelib esa u 64 yilgacha keskin ko'tarildi. G'arb mamlakatlarida 1000 va 1820-yillar oralig'ida umr davomiyligi 24 yildan 36 yilgacha o'sgan bo'lsa, 2003-yilga kelib bu ko'rsatkich 76 yilni tashkil qildi. 70 Tarixdan ma'lumki, iqtisodiy o'sish o'z-o'zidan amalga oshmaydi. Nima uchun ba'zi mamlakatlar rivojlanib yuqori daromadlar darajasiga ega bo'lib, boshqalari esa turg'un qoladi? Qanday institutlar va siyosatlar iqtisodiy o'sishni va yuqori turmush standartlarini rag'batlantiradi? Ushbu bo'lim shu kabi muhim savollarni tahlil qiladi (18) . Muhokamaga o'tishdan oldin, YIMni o'lchashda, ayniqsa post-kommunistik mamlakatlarga nisbatan qo'llaganda, quyidagilarni yodda tutish lozim. YIM «ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning yakuniy qiymati» degan oddiy izohining tagida murakkab masalalar mavjud. Erkin bozorda savdo qilinadigan buyumning qiymatini aniqlash oson. Ammo narx nazorati ostida bo'lgan buyumnikichi? U odamlar aslida to'lagan narxlarda baholanishi kerakmi yoki ular erkin bozor sharoitlarida to'lashi mumkin bo'lgan narxlardami? Navbatda turgan vaqtning qiymati hisobga olinishi kerakmi? Sotilmaydigan mahsulotchi? Agar askarlar xizmatga chaqirilsa, ularning mehnati qanday baholanishi keark? Davlat statistika organlari norasmiy (xufyona yoki qora) bozorda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini qanchalik aniq hisoblay oladilar? Agar men uyda pitstsa pishirsam, pishloqning qiymati inobatga olinadi, ammo mening oshxonada sarflagan vaqtim hisobdan chetga qoladi. Biroq, agar men pitstsani restorandan sotib olsam, ish kuchi qiymati YIMga qo'shib hisoblanadi. Agar meni oshpazdek mohir deb tasavvur qilsak, ikkala pitstsa ham aynan bir xil. YIMni hisoblashdagi qiyinchiliklar va shunga bog'liq narx o'zgarishlari kommunizm inqirozidan keyingi yillarni tushunishda muammo tug'diradi. Rasmiy hisobotlarga ko'ra, mahsulot hajmi keskin kamaygan, ammo bu fuqarolarning haqiqiy tajribasiga mos kelmaydi (19) . |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling