James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

— Adam Smit (1776)
Video:
Ko'rinmas qo'l va steyk
Shaxsiy manfaat kuchli motivatordir. Adam Smit uzoq o'tmishda aytib o'tganidek, agar o'z
manfaatini ko'zlovchi shaxslar ko'rinmas qo'l
(?)
tomonidan boshqarilsa, ularda jamiyat yoki
mamlakat umumiy farovonligiga ko'maklashuvchi faoliyatni tanlashlari uchun kuchli rag'bat
paydo bo'ladi. Adam Smit aytib o'tgan «ko'rinmas qo'l» narx tizimidan iboratdir. Inson «faqat
o'z foydasini ko'zlaydi», lekin bozor narxlarining ko'rinmas qo'li uni boshqalarning
maqsadlariga erishish tomon yo'naltirib, farovonlikning oshishiga olib keladi.
Ko'p odamlar uchun «ko'rinmas qo'l» printsipini tushunish qiyin. Tartibli natijalarga
faqat kimningdir nazorati ostida yoki markazlashgan hokimiyat ko'rsatmalari orqali erishish
ELEMENT 1.11
Bozor narxlarining «ko'rinmas qo'li» xaridorlar va sotuvchilarni umumiy farovonlikka
eltuvchi fayloiyatga yo'llaydi.


58
mumkin degan tushuncha keng tarqalgan. Biroq, shaxsiy manfaatni ko'zlash tartibli jamiyatga
olib kelib, unda talablar markazlashgan rejalashtirishsiz ham muntazam ravishda qoniqtirib
borilishini Adam Smit ta'kidlab o'tgan. Bunday tartibning yuzaga kelishisga sabab, xususiy
mulk va erkin ayirboshlash sharoitlarida bozor narxlari shaxsiy manfaatlarni ko'zlovchi inson
faoliyatini muvofiqlashtiradi. Ma'lum tovar yoki xizmatning joriy bozor narxlari xaridorlar va
sotuvchilarni o'z faoliyatlarini boshqalarning faoliyatlari va istaklari bilan muvofiqlashtirishlari
uchun eng kerakli joriy ma'lumotlar bilan ta'minlaydi. Bozor narxlari millionlab iste'molchilar,
ishlab chiqaruvchilar va resurs ta'minotchilarining tanlovlarini aks ettiradi. Ular
iste'molchilarning istaklari, mahsulot tannarxi hamda vaqt, manzil va boshqa vaziyatlar
bo'yicha ma'lumotlarni aks ettiradi. Har qanday katta bozordagi ma'lumotlar yagona shaxs yoki
markazlashgan rejalashtirish tashkiloti tushunishi mumkin bo'lgan doiradan tashqariga chiqadi.
Siz mahallangizdagi supermarketlarda sut, non, sabzavot va boshqa mahsulotlar aynan
kerakli miqdorda, ya'ni sotib olish uchun deyarli doimo yetarli darajada, lekin hech qachon
aynib qoladigan yoki isrof bo'ladigan miqdorda bo'lmasligi sabablari to'g'risida hech o'ylab
ko'rganmisiz? Qanday qilib dunyoning turli chekkalarida ishlab chiqarilgan xolodilniklar,
avtomobillar va sensorli ekranli planshetlar mahalliy do'koningizda iste'molchilar istagan
miqdorda mavjud? Bularni amalga oshirish uchun korxonalarda biror texnik qo'llanma bormi?
Albatta, bunday qo'llanmaning o'zi yo'q. Javob bozor narxlarining ko'rinmas qo'lida. U o'z
manfaatlari yo'lida harakat qiluvchi odamlarni boshqalar bilan hamkorlik qilishga chaqirib,
ularning harakatlarini narx signallari orqali bir-biri bilan muvofiqlashtiradi. Bu jarayon 1.6-
elementda batafsil tasvirlangan.
1974-yilning Nobel mukofoti sovrindori Fredrik Hayek bozor tizimini «mo'jiza» deb
ta'riflagan, chunki faqat yagona ko'rsatkich, mahsulotning bozor narxi o'zida shunchalik ko'p
ma'lumotlarni aks ettiradiki, u xaridor va sotuvchilarni o'z talablarini qondirishga
ko'maklashuvchi qarorlar qabul qilishga yo'naltiradi
(9)
. Mahsulotning bozor narxi dunyodagi
odamlarning, garchi ular bir-birlarining faoliyatidan bexabar bo'lsalarda, minglab, hattoki
millionlab qarorlarini aks ettiradi. Har bir mahsulot yoki xizmat uchun bozor xuddi ulkan
kompyuter tarmog'idek faoliyat ko'rsatib, u barcha ishtirokchilarni ham kerakli ma'lumotlar
bilan, ham shu asosda harakat qilish uchun rag'bat bilan ta'minlovchi ko'rsatkichni yaratadi.
Hech bir shaxs yoki markazlashgan rejalashtirish tashkiloti millionlab iste'molchilar


59
hamda minglab turli xil mahsulot va xizmatlar ishlab chiqaruvchilarning faoliyatlarini bozorlar
kabi muvofiqlashtirish uchun kerakli ma'lumotlarni ola olmaydi yoki uni tahlil qila olmaydi.
Undan tashqari, bozor narxlari bu ma'lumotlarni sof shaklda o'z ichiga oladi. Ular ishlab
chiqaruvchilar va resurs ta'minotchilarini iste'molchilar eng qadrlagan mahsulotlarni (mahsulot
tannarxiga nisbatan) ishlab chiqarishga yo'naltiradi. Hech kim dehqonni olma yetishtirishga
majburlashi yoki qurilish korxonasiga uy qurishni aytishi yoki mebel ishlab chiqaruvchini stul
yasashga ko'ndirishi shart bo'lmaydi. Agar mahsulotlarning narxlari iste'molchilar shu
mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlaridan balandroq baholashini aks ettirsa, unda foydani
ko'zlovchi ishlab chiqaruvchilar ularni ishlab chiqaradilar.
Shu bilan bir qatorda, hech kim ishlab chiqaruvchilarga ishlab chiqarish xarajatlarini
kamaytirish yo'llarini izlab topishni va undan foydalanishni eslatishi shart bo'lmaydi. Bozor
narxlarining ko'rinmas qo'li orqali boshqarilgan shaxsiy manfaatlar ishlab chiqaruvchilarni
resurslarning eng oqilona birikmasini va iqtisodiy samarali
(?)
ishlab chiqarish usullarini
topishga rag'batlantiradi. Ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi ko'proq daromad olinishini
ta'minlashi tufayli har bir ishlab chiqaruvchu xarajatlarni kamaytirishga va mahsulot sifatini
oshirishga harakat qiladi. Aslini olganda, raqobat ularni shunday yo'l tutishga majburlaydi.
Zamonaviy iqtisodiyotda bozor narxlarining ko'rinmas qo'li orqali shaxsiy
manfaatlarning boshqarilishi va undan kelib chiqadigan hamkorlik haqiqatan ham
hayratlanarlidir. Keyingi gal kechki ovqatga o'tirganingizda, uni yaratishda ishtirok etgan
barcha odamlar to'g'risida bir o'ylab ko'ring-a. Na dehqon, na yuk mashinasi haydovchisi, na
do'kon egasi siz mazali taomni eng arzon narxda olib, iste'mol qilishingiz to'g'risida g'amxo'rlik
qilgani amri mahol. Biroq, bozor narxlari ularning maqsadini sizniki bilan uyg'unlashtirdi. Eng
yaxshi mol yoki ko'rka go'shtini ishlab chiqargan fermerlar yuqoriroq daromad oladilar, yuk
mashinasi haydovchilari va do'kondorlar mahsulotlarni muddatidan o'tkazmasdan yaxshi
holatda iste'molchiga yetkazib berganlarida ko'proq daromad oladilar va hokazo. Bu jarayonda
ularning barchasi xarajatlarni kamaytirish usullaridan foydalanadilar. Mubolag'asiz, biz
ko'pchiligini hayotda uchratishimiz ehtimoli bo'lmagan o'n minglab odamlar o'zimiz mustaqil
ishlab chiqarishimiz mumkin bo'lgan miqdorga nisbatan ancha ko'p miqdorda mahsulot
iste'mol qilishimizga o'z hissalarini qo'shadilar. Bundan tashqari, ko'rinmas qo'l shunchalik
sezilarsiz va avtomatik ravishda ishlaydiki, biz tartib, hamkorlik hamda keng turdagi tovar va


60
xizmatlarning mavjudligini odatdagidek qabul qilamiz. Garchi yetarlicha e'tibor berilmasada,
shaxsiy manfaat va ko'rinmas qo'l birgalikda iqtisodiy taraqqiyotning qudratli kuchi
hisoblanadi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling