James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

ELEMENT 1.10
Savdo, investitsiya, samaradorlik va sog'lom iqtisodiy institutlar iqtisodiy taraqqiyotning
asosiy omillaridir.


55
investitsiyalar bir-biriga bog'liq. Ishchilar zamonaviy asbob-uskunalar yordamida ko'proq
ishlab chiqara oladilar. Daraxt kesuvchi oddiy arradan ko'ra motorli arra bilan ko'poq daraxt
kesib tayyorlaydi. Shu kabi, transport ishchisi eshak-aravadan ko'ra yuk mashinada ko'proq
yuk tashiydi.
Ikkinchidan, texnologiyani takomillashtirish (yangi buyumlar va kam chiqimli ishlab
chiqarish usullarini kashf etishga aql-idrokni ishlatish) iqtisodiy taraqqiyotni rag'batlantiradi.
1750-yildan so'ng bug' dvigateli, undan so'ng ichki yonish dvigateli, elektr energiyasi va
yadroviy energiya asosiy energiya manbai bo'lgan inson va hayvon kuchi o'rnini bosdi.
Avtomobillar, avtobuslar, poezdlar va samolyotlar asosiy transport vositasi sifatida ot-arava (va
piyoda yurish) o'rnini bosdi. Texnologik taraqqiyot hayot tarzimizni o'zgartirishda davom
etyapti. Shaxsiy kompyuterlar, mikroto'lqinli pechlar, uyali telefonlar, davomli televizion
dasturlar, yurak operatsiyalari, tos suyagini almashtirish operatsiyalari, avtomobil
konditsionerlari, hattoki garaj eshigini ochgichlarning ta'siri to'g'risida bir o'ylab ko'ring.
Oxirgi ellik yil ichida ushbu mahsulotlarning yaratilishi va hayotga tatbiq etilishi bizning
ishlash, o'ynash va ko'ngil ochish tarzimizni keskin o'zgartirib yubordi. Ular farovonligimizni
oshirdi.
Uchinchidan, iqtisodiy tashkil etishning yahshilanishi o'sishni rag'batlantirishi mumkin.
Iqtisodiy tashkil etish deganda biz inson faoliyatini tashkil etish yo'llarini va ularni
boshqaradigan qoidalarni nazarda tutamiz. Ko'pincha bu omillar e'tibordan chetda qoladi.
Kishi savdo bilan shug'ullanishi yoki korxona ochishi qanchalik oson? Mamlakat huquqiy
tizimi aholining savdo, investitsiya va iqtisodiy hamkorlik darajasini belgilashda muhim rol
o'ynaydi. Fuqarolar va ularning mulklarini himoya qilishga, shartnomalar ijrosi xolisligini
ta'minlashga va munozaralarni hal qilishga qaratilgan huquqiy tizim iqtisodiy taraqqiyotning
muhim qismidir. Uning yo'qligi investitsiya yetishmovchiligiga, savdoning bo'g'ilishiga va
innovatsion g'oyalarning yaratilishida qiyinchiliklarga olib keladi. Ushbu kitobning ikkinchi
qismida huquqiy tizimning ahamiyati va iqtisodiyotni tartibga solishning boshqa elementlari
batafsil ko'rib chiqiladi.


56

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling