James d. Gwartney


Sug'urta (?) (uning ahamiyati keyinroq ko'rib chiqiladi) ham «suiste'molga» rag'bat yaratadi. Bu axloqiy xavf


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Sug'urta
(?)
(uning ahamiyati keyinroq ko'rib chiqiladi) ham «suiste'molga» rag'bat
yaratadi. Bu axloqiy xavf
(?)
deb atalib, unda aktivdan qanday foydalanish bo'yicha qaror qabul
qilayotgan shaxs har qanday salbiy oqibat xarajatini boshqalar to'lashini yaxshi tushunadi.
Su'gurta kompaniyasi o'g'irlangan mashinani boshqasi bilan almashtirib berishini bilgan
haydovchilar mashinani qayerda qoldirganiga e'tibor bermasliklari yoki qulflashni unutishlari
mumkin. Tibbiy sug'urtasi bo'lmagan chang'ichilarning eng xatarli qiyalarda uchish ehtimoli
kamroq.
Ikkinchidan, xususiy mulkchilik odamlarni o'z mulklarini boshqalar qadrlaydigan
faoliyatlarda foydalanishni va rivojlantirishni rag'batlantiradi. Agar ular mulklaridan
boshqalarga hush bo'lgan usulda foydalansalar yoki rivojlantirsalar, mulkning bozor narxi
oshadi. Va aksincha, boshqalar, ayniqsa mijozlar va bo'lajak xaridorlar hush ko'rmagan
o'zgartirishlar mulkning qiymatini pasaytiradi.
Xususiy mulkchilik shaxsiy o'sishga ham ta'sir ko'rsatadi. Agar odamlar mehnatlari
mevasini o'zlari ko'rsa, unda ularda qobiliyatlarini mukammalshtirish, ko'proq mehnat qilish va
samarali bo'lish uchun rag'bat juda katta bo'ladi. Bunday faoliyat ularning daromadlarini
ko'paytiradi. Nega universitet talabalari soatlab dars qilishga va oliy ta'lim bilan bog'liq
xarajatlarni to'lashga tayyor? Buning javobi mehnatga bo'lgan xususiy mulkchilikdadir. Ularda


75
mehnatga nisbatan xususiy mulk huquqi mavjudligi sababli agar boshqalar yuqori baholagan
bilimni olsa va qobiliyatlarini rivojlantirsa, ularning kelajakdagi daromadlari yuqoriroq bo'ladi.
Shu tarzda, xususiy mulkchilik yer, bino va boshqa jismoniy aktivlar egalarini mulkdan
boshqalarga manfaat keltiradigan usulda foydalanish, himoya qilish va rivojlantirishni
rag'batlantiradi. Shuningdek, bularga amal qilmagan mulk egalari aktivlari qiymatining
pasayishiga olib keluvchi xarajatlarga duch keladilar. Ko'p kvartirali uy-joy kompleksi egasini
faraz qiling. U shaxsan mashinalar uchun to'xtash joyi, qulay kir yuvish xonalari, yaxshi sport
zali, yoki kompleks hududida ko'rkam maysazor va suzish uchun basseyn kabilarni
ta'minlashga e'tibor bermaydi. Agar iste'molchilar uchun ushbu ob'ektlar juda qadrli bo'lsa
(ularni ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatan), kvartiralarning egasida ularni ta'minlash
rag'bati kuchli bo'ladi. Nega? Iste'molchilar qulayliklari ko'p kvartiralar uchun kattaroq ijara
haqi to'lashga rozi bo'ladilar. Demak, ushbu qulayliklarni ta'minlay olgan kvartira egalari o'z
mijozlari farovonligini yaxshilab, sof daromadlarini (shuningdek, ko'p kvartiralar
kompleksining bozor bahosini) ham oshiradilar. Aksincha, agar kvartiralar egasi mijozlar
istagan qulayliklar o'rniga faqat o'zlari hush ko'rgan qulayliklarni ta'minlasalar, unda ularning
daromadlari va kapitalining (kvartiralarining) qiymati kamayadi.
Qiziqarlisi shundaki, xususiy mulkchilik sotsialistik mamlakatlarda ham unumdorlikka
ta'sir qiladi. Sobiq Sovet Ittifoqidagi qishloq xo'jaligi bunga yaqqol misol bo'ladi. Kommunist
rejimi ostida oilalar yarim gektardan kam bo'lgan kichik tomorqalarida yetishtirilgan
mahsulotlarni iste'mol qilishlari yoki sotishlari mumkin edi. Ushbu shaxsiy tomorqalar jami
qishloq xo'jaligi yerlarning atigi 2 foizini tashkil qilgan edi. Qolgan 98 foizi esa yer va
mahsulotlari davlatniki hisoblangan yirik kolxoz xo'jaliklaridan iborat edi. Sovet matbuoti
xabar berganidek, Sovet Ittifoqidagi qishloq xo'jalik mahsulotlari jami qiymatining to'rtdan bir
qismi o'sha mayda xususiy yer uchastkalarida yetishtirilgan. Bu esa shaxsiy tomorqalarning bir
gektariga to'g'ri keladigan hosildorligi davlat kolxozlariga nisbatan deyarli 16 baravar ko'p
bo'lganligini ko'rsatadi.
Davlat mulkchiligidan xususiy mulkchilik tomon qo'yilgan kichik qadam ham hayratda
qoldiradigan natijalarga olib kelishi mumkin. 1978-yilda Xitoy kommunist hukumati
fermerlarga kollektiv xo'jaliklarida yetishtirilgan guruchning davlat don rejasidan ortiqcha
bajarilgan qismiga to'liq egalik qilish siyosatini amalda joriy qildi. Natijada unumdorlik
(?)


76
keskin oshdi, chunki endi fermerlarda samarali ishlab chiqarishga rag'bat bor edi. Kvotadan
ortiqcha mahsulotning jamisini fermerlar ixtiyorida qoldirishga ruxsat berildi. Bu haqda
gapning ovoza bo'lishi va «xususiylashtirish»ga qarshi rasmiy siyosatning davlat e'tiboridan
chetda qolishi natijasida ushbu amaliyot olovdek tez tarqalib, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini
ishlab chiqarish jadal o'sdi va fermerlarda iqtisodiyotning boshqa sohalariga o'tishlariga
imkoni paydo bo'ldi
(21)
.
Uchinchidan, xususiy mulkchilik mulkdorlarning o'z mulklaridan foydalanish
jarayonida boshqalarga yetkazilgan zararga qonuniy javobgar qiladi. Sudlar mulkchilikdan
kelib chiqadigan vakolatlarni tan oladi va ularning rioya qilinishini ta'minlaydi, shuningdek,
ushbu vakolatlar bilan bog'liq mas'uliyatni ham ta'minlaydi. Xususiy mulkchilik nazoratni
mas'uliyat bilan bog'laydi. Mulk egalari nazoratni amalga oshira olishi sababli ularga
mas'uliyat yuklatilgan. O'z navbatida, ushbu javobgarlik mulkdorlarga o'z mulkidan mas'uliyat
bilan foydalanish va boshqalarga zarar yetish ehtimolini kamaytirish uchun harakat qilishga
kuchli rag'bat yaratadi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling