James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish Video: 200 mamlakat, 200 yil
O'qish uchun:
Frederik Bastia. «Yaqqol va yashirin natijalar» 66 Iqtisodiy taraqqiyotning yetti asosiy manbalari Elementlar: 1. Huquq tizimi: huquq tizimi iqtisodiy taraqqiyotning poydevori bo'lib, u xususiy mulkni himoya qiladi va shartnomalarning xolis ijrosini ta'minlaydi. 2. Raqobatdosh bozorlar: Raqobat resurslardan oqilona foydalanishni va foydali yangiliklar kiritishni rag'batlantiradi. 3. Oqilona va cheklangan davlat boshqaruvi: ayirboshlashni qisqartirishga va raqobatni cheklashga yo'naltirilgan tartibga soluvchi siyosatlar iqtisodiy taraqqiyotga to'sqinlik qiladi. 4. Samarali kapital bozorlari: o'z salohiyatiga erishish uchun davlat kapitalni farovonlikni oshiruvchi loyihalarga yo'naltiruvchi mexanizmga ega bo'lishi lozim. 5. Monetar barqarorlik: Barqaror monetar siyosati inflyatsiyani nazorat qilish, 2-BOB 67 investitsiyani samarali taqsimlash va iqtisodiy barqarorlikka erishish uchun juda muhim. 6. Oqilona fiskal siyosat: daromadning kattaroq qismi o'zlarida qolsa, odamlar ko'proq ishlab chiqaradi. Davlat xarajatlari va defitsitlari (fiskal siyosat) nazorati iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot uchun juda muhimdir. 7. Erkin savdo: boshqa davlatlar bilan bo'ladigan erkin savdo aholi daromadlarini oshiradi. Kirish Video: 200 mamlakat, 200 yil (15) Iqtisodiyot bo'yicha 1995-yil Nobel mukofoti laureati Robert Lukas: «Iqtisodiy o'sish to'g'risida o'ylashni boshlashingiz zahoti, boshqa narsalar to'g'risida o'ylash mushkul bo'ladi», – deb ta'kidlagan edi (16) . Nima uchun Lukas va boshqa ko'plab iqtisodchilar iqtisodiy o'sishga bunchalik katta urg'u berishadi? Real daromadning o'shishi uchun real mahsulot ishlab chiqarish hajmining o'sishi zarur. O'sishsiz yuqori daromad darajasi va yashash standartlariga erishib bo'lmaydi. Oxirgi ikki yuz yil davomida iqtisodiy o'sish, ayniqsa g'arb mamlakatlarida, turmush standartlarini ko'tardi hamda umr davomiyligi va turmush sifatini yaxshiladi. Biroq bu davr istisno davrdir. Inson tarixining asosiy qismi davomida iqtisodiy o'sish nihoyatda kam ko'zatilgan. 1800-yilgacha dunyo aholisning asosiy qismi yetarli oziq-ovqat va boshpana uchun haftasiga ellik, oltmish yoki yetmish soatlab qattiq ishlagan. Bu yashash uchun muntazam kurash edi va ko'p odamlar mag'lub bo'lgan. 1800-yilda turmush standartlari undan ming yil, hatto ikki ming yil avvalgi, ya'ni qadimgi Rim davridagi turmush standartlaridan uncha katta farq qilmagan. Insoniyatning qayg'uli iqtisodiy tarixi qariyb ikki yuz yillar avval o'zgara boshladi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti iqtisodchisi marhum Angus Meddison daromadlar 68 va aholi umr davomiyligining tarixiy ma'lumotlari bo'yicha yetakchi mutaxassis deb keng tan olingan. 5-chizmada uning oxirgi ming yil davomida jon boshiga yillik daromadlar miqdori bo'yicha taxminlari ko'rsatilgan. Dunyo aholisi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YIM) (?) miqdori 1820-yilda 1990-yil narxlarida 667 dollarni tashkil qilgan bo'lsa, 1000-yilda 450 dollarni tashkil qilgan (17) . Demak, 800 yil davomida aholi jon boshiga daromad darajasi atigi 50 foizga ko'paygan. G'arbiy Yevropa va odatda G'arb davlatlari deb ataladigan uning nihollari — Qo'shma Shtatlari, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya — yaxshiroq natijalarga erishgan. 1000-yildan 1820-yilgacha bu mamlakatlardagi o'rtacha daromad deyarli uch baravar, yani 426 dollardan 1 202 dollargacha oshdi. Hatto G'arb mamlakatlarida ham daromadlar ikki baravar oshishi uchun deyarli 500 yil kerak bo'ldi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling