James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Ko'rinmas qo'l


61
Kutilmagan oqibatlari muammolarni
keltirib chiqaradi
1946-yilda taniqli iqtisodchi jurnalist Genri Hezlitt «Bir darslik iqtisodiyot» deb nomlangan
kitob yozgan. Frederik Bastianing 1850-yildagi maqolasi (bu 1.9-elementda ta'riflangan)
asosida bitilgan ushbu iqtisodiyot darsligi iqtisodiyot sohasidagi eng ommabop risola bo'lsa
kerak.
Bastianing do'kon deraza oynasini koptok otib sindirgan yosh bola to'g'risidagi
hikoyasini eslaylik. Oqibatda do'kon egasi derazani ta'mirlash uchun oyna soluvchi ustani
yollaydi. Oyna soluvchi ustaning ish bilan ta'minlanganini ko'rib, ba'zi kuzatuvchilar oyna
singani bu yaxshi voqea, chunki u oyna soluvchi usta uchun ish yaratdi deb da'vo qiladilar.
Lekin, Hezlitt ta'kidlaganidek, bunday fikrlash noto'g'ri, chunki u ikkilamchi ta'sirlarni
inobatga olmaydi.
Agar do'kon egasi pulni deraza ta'mirlashga sarflamaganda edi, u pulni boshqa
maqsadlarga, masalan, bir juft poyabzalga, yangi kiyimga yoki shunga o'xshash narsalarga
sarflashi mumkin edi. Agar oyna sinmaganda edi, ushbu boshqa ishlab chiqarish sohalarida
bandlik darajasi yuqoriroq bo'lib, jamiyat ham butun oynaga, ham do'kon egasi sotib olgan
buyumlarga ega bo'lgan bo'lar edi. Ikkilamchi ta'sirlar inobatga olinsa, toshqinlar, bo'ronlar va
noto'g'ri davlat siyosati natijasidagi halokatlar jamiyatga zarar keltirishi va sof bandlik
darajasini oshirmasligi yaqqol ko'rinadi. Halokatlardan tiklanish ish o'rinlari yaratadi va bu
iqtisodiyot uchun foydali degan nuqtai nazar hozirda «singan deraza anglashilmovchiligi» deb
ataladi. Falokatlarni tuzatish uchun ishlatilgan resurslar jamiyatning boshqa qadrli tovar va
xizmatlar ishlab chiqarish qobiliyatini kamaytiradi. Ushbu yanglish tushunchaga oid bir necha
misollar uchun 1.9-elementga murojaat qiling.
Hezlittning yagona sabog'iga ko'ra, inson iqtisodiy rejani tahlil qilganda:

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling