James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- — Tom Betell, iqtisodchi-jurnalist ELEMENT 2.1 Huquq tizimi iqtisodiy taraqqiyotning poydevori bolib, u xususiy mulkni himoya qiladi va
- Video: Eusebioning orzu qilgan mulk huquqlari
Huquq tizimi
Xususiy mulk tizimi moddiy boyliklar dunyosida odamlarni o'z faoliyatlari uchun javobgar qiladi. Shu sababli ushbu tizim odamlarning o'z faoliyatlari oqibatlariga javobgar bo'lishini ta'minlaydi. Mulk to'siqlar bilan himoyalanadi, biroq u o'z hatti-harakatlarimizning oqibatlarini aks ettirish uchun bizni oynalar bilan ham qurshab oladi (20) . — Tom Betell, iqtisodchi-jurnalist ELEMENT 2.1 Huquq tizimi iqtisodiy taraqqiyotning poydevori bo'lib, u xususiy mulkni himoya qiladi va shartnomalarning xolis ijrosini ta'minlaydi. 72 Huquq tizimi xususiy mulkni himoya qilish va shartnomalarning ijrosini ta'minlash uchun poydevor yaratadi. 1-bob 4-elementda ko'rib chiqqanimizdek, savdo tovarni uni ko'proq qadrlagan odamlar tomon yo'naltiradi va ixtisoslashish hamda keng-ko'lamli ishlab chiqarish usullari natijasida mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyatini yaratadi. Savdo bilan bog'liq noaniqliklarni kamaytirish uchun huquq tizimi bitim va shartnomalarning xolis ijrosini ta'minlashi shart. Bu ayirboshlash hajmini hamda savdo manfaatlarini oshiradi va shu orqali iqtisodiy taraqqiyotga ko'maklashadi. Savdo manfaatlarini qo'lga kiritish uchun aniq va majburiy xususiy mulk huquqlari juda muhimdir. Mulk bu keng tushuncha bo'lib, u ish kuchi mehnati hamda binolar va yer kabi jismoniy aktivlarga egalik qilishni o'z ichiga oladi. Xususiy mulkka egalik qilish uch qismdan iborat: (1) eksklyuziv foydalanish huquqi; (2) mulk egasi ruxsatisiz mulkdan foydalanish yoki uni suiste'mol qilishga urinmoqchi bo'lgan mulk tajovuzkorlariga qarshi huquqiy himoya; (3) boshqalarga o'tkazish (sotish yoki hadya qilish) huquqi. Video: Eusebioning orzu qilgan mulk huquqlari Xususiy mulk egalari o'z mulklaridan qanday foydalanishni o'zlari hal qiladilar, lekin ular ham o'z faoliyatlariga mas'uldirlar. Agar odamlar o'z mol-mulkidan foydalanganda boshqalarning xususiy mulk huquqiga tajovuz qilsa yoki uni buzsa, ularga nisbatan ham o'z shaxsiy mulklarini himoya qiluvchi ayni huquq normalari amal qiladi. Masalan, xususiy mulk huquqi (?) avtomobilingizning oldi oynasini bolg'am bilan sindirishimni taqiqlaydi, chunki bunda men sizning mashinangizga bo'lgan mulk huquqingizni buzgan bo'lardim. Avtomobilingizga bo'lgan mulk huquqingiz ruxsatingizsiz undan men va boshqalar foydalanishini (yoki foydalanishni suiste'mol qilishini) taqiqlaydi. Xuddi shu tarzda bolg'acham va boshqa narsalarga bo'lgan mulk huquqim siz va boshqalarning ulardan mening ruxsatimzsiz foydalanishini taqiqlaydi. Xususiy mulkning muhim xususiyati undan kelib chiqadigan rag'batlardir. Aniq va amaliy kuchga ega xususiy mulk huquqi hamroh bo'lgan rag'batlarning iqtisodiy o'sish va 73 taraqqiyotni ko'maklashishiga to'rtta asosiy sabab bor. Birinchidan, xususiy mulk odamlarga o'zlari egalik qilgan narsalarni saqlash va himoya qilishga kuchli rag'bat yaratadi. Agar xususiy mulk egalari o'z mulklarini asramasalar, yoki ulardan nomutanosib foydalanishga yoki ularga zarar yetishiga yo'l qo'ysalar, unda ular mulklarining qiymati kamayishi kabi oqibatlarga o'zlari mas'uldirlar. Masalan, agar shaxsiy avtomobilga egalik qilsangiz, uning moyini almashtirishga, mashinani muntazam ravishda texnik ko'rikdan o'tkazib turishga va uning salonini yaxshi saqlashga sizda kuchli rag'bat bo'ladi. Nega shunday? Agar bularga amal qilmasangiz, mashinaning siz va bo'lajak mijozlar uchun qiymati tushib ketadi. Agar mashina yaxshi holatda saqlansa, uning siz va sizdan sotib olmoqchi bo'lgan boshqalar uchun qiymati yuqori bo'ladi. Bozor narxi mulk egasining g'amxo'rlik darajasini aks ettiradi. Mulkni yaxshi asrash taqdirlanadi, yomon asrash esa mulkning qiymati pasayishi orqali jazolanadi. Aksincha, agar mulk boshqalarga tegishli (masalan, davlat yoki bir guruh odamlarning umumiy mulki - sotsialistik davlatlarda bu «halq mulki» deb nomlangan) bo'lsa, har bir foydalanuvchining mulkni asrashga bo'lgan rag'bati susayadi. Misol uchun, agar uy-joy davlat tasarrufida bo'lsa, hech qaysi shaxsiy mulk egasi yoki kichik guruhdan iborat mulk egalarida mulkni saqlash uchun moliyaviy rag'bat mavjud emas, chunki mulkning qiymati pasayishi bilan bog'liq xarajatlar ularning zimmasiga tushmaydi yoki mulkni obodonlashtirishdan ularga naf tegmaydi. Shu sababli xususiy mulk tasarrufidagi uy-joylarga nisbatan davlatga tegishli uy- joylar tez-tez puturdan ketadi va qoniqarsiz holda saqlanadi. Bu bozorlari narx signallarini beruvchi kapitalistik mamlakatlarga va bunday signallar mavjud bo'lmagan sotsialistik mamlakatlarga ham birdek tegishli. Hatto boshqa xususiy mulk bozorlari ishlab turgan holda ham, mulklarni asrab-saqlash va ta'mirlash bo'yicha e'tiborning sustligi davlat tasarrufidagi mulklarga bo'lgan rag'batning zaifligini aks etadi. Ushbu muammo sovet dagridagi mashur maqolda ifoda etilgan: «Hamma egalik qilgan narsaning egasi yo'q». Muammolar xususiy mulk egaligi yo'qligidan emas, balki mulkdan foydalanuvchilarning manfaatlari bilan mulkni suiste'mol qilish xarajatlari zimmasiga tushadigan guruh yoki shaxs manfaati o'rtasidagi ziddiyatlaridan kelib chiqadi. Mulkdan foydalanuvchi aslida uning egasi bo'lmagan ijara bozorida ham shunga o'xshash muammolar sodir bo'ladi. Shu sababli ijara shartnomalarida mulkdan foydalanish bo'yicha ijozat berilgan 74 va cheklangan shartlari ko'pincha batafsil ko'rsatiladi. O'tish davridan oldin Sharqiy Evropada buzuq liftlar, kuygan lampalar va iflos zinapoyalar ortida hashamatli kvartiralarning joylashgani odatiy holat bo'lgan, chunki odamlar e'tiborini ommaviy emas, balki xususiy joylarga qaratgan. Otish davrining boshlarida uylarga egalik huquqini berish katta muammoga aylandi. Kvartiralar xususiy mulkka aylanishi kerakligi ayon edi, ammo kimning mulkiga? Yaqinda qurilgan kvartiralar uchun buning yechimi oson edi - istiqomat qiluvchilarga berish (yoki sotish) kerak. Biroq kommunistlar davlat tepasiga kelganida egalaridan tortib olingan eski binolarni nima qilish kerak? Egalik huquqini kvartirada istiqomat qiluvchilargami yoki mulki «o'g'irlangan» odamlarga berish kerakmi? Chexlarning bunga yechimi quyidagicha edi: mulk sobiq egalariga qaytariladi, lekin istiqomat qiluvchilar belgilangan ijara to'lovlari orqali joyida qolaveradilar. Bunday yechim muammolarga olib keldi, chunki egalar mulkini ta'mirlab turish uchun undan yetarlicha daromad olmas edilar va uylarini bozor narxida sota olmasliklaridan norozi edilar. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling