James d. Gwartney
ELEMENT 1.9 Faqat ish o'rinlari emas, balki odamlar qadrlaydigan tovar va xizmatlarni yaratish yuqori
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Video: Oltin dalalar: Evropada qishloq xojaligi uchun ajratiladigan subsidiyalarga bir nazar
ELEMENT 1.9
Faqat ish o'rinlari emas, balki odamlar qadrlaydigan tovar va xizmatlarni yaratish yuqori hayot standartlarining manbai hisoblanadi. 49 «Qishloq xo'jaligini tartibga solish» to'g'risidagi (Agricultural Adjustment Act — AAA) qonunni qabul qildi. Shu «Yangi kelishuv» doirasida paxta, makkajo'xori, bug'doy va boshqa ekinlarning bir qismini yerga ko'mib tashlash uchun federal hukumat dehqonlarga kompensatsiya to'lovlari to'lagan. Kartoshka yetishtiruvchi dehqonlarga kartoshkani bo'yoq sepish orqali iste'molga yaroqsiz holatga keltirish uchun haq to'langan. Sog'lom chorva mollari, qo'y va cho'chqalar bozorga keltirilishining oldini olish uchun ular so'yilib, ommaviy ko'mib yuborilgan. 1933-yilning o'zida AAA qonuni doirasida olti million cho'chqa bolalari o'ldirilgan. 1936-yilda Oliy Sud bu qonunni konstitutsiyaga zid deb topdi, lekin bungacha qonun Amerika iste'molchilarini millionlab qimmatli qishloq xo'jaligi mahsulotlaridan mahrum qilishga ulgurdi. Undan tashqari, qonunning o'zgartirilgan shakllari doirasida Qo'shma Shtatlari hukumati hozirgi davrda ham turli dehqonlarga ishlab chiqarishni cheklash uchun kompensatsiya to'lab kelmoqda. Garchi ushbu dasturlardan manfaatdorlarning siyosiy talablari tushunarli bo'lsada, bunday dasturlar qimmatli resurslarni yo'q qilib, mamlakatni kambag'allashtiradi. Qo'shma Shtatlari siyosiy bosim ostida soliq to'lovchilar va iste'molchilar hisobiga dehqonlarni «qo'llab-quvvatlovchi» yagona mamlakat emas. Evropa Ittifoqining (YI) «Yagona qishloq xo'jalik siyosati» YI buydjetining eng katta va eng munozarali qismlaridan biridir. Video: Oltin dalalar: Evropada qishloq xo'jaligi uchun ajratiladigan subsidiyalarga bir nazar Qishloq xo'jaligi bunga misol boladigan yagona sanoat emas. Qo'shma Shtatlarining 2009-yildagi «Xarob avtomobillar uchun naqd pul» dasturi siyosatchilarning ishlab chiqarish aktivlarini (usbu misolda, eski avtomobillarni) vayron qilish evaziga farovonlik darajasini oshirishga urinishlariga yana bir misol bo'ladi. «Xarob avtomobillar uchun naqd pul» dasturi doirasida avtodilerlarga yangi avtomobil hisobiga almashtirilgan eski avtomobillarni yo'q qilishlari uchun 3500 dan 4500 dollargacha miqdorda mablag' to'langan. Avtomobil qismlaridan kelajakda qayta foydalanilishga yo'l qo'ymaslik uchun avtodilerlardan avtomobil 50 motorini natriy silikat eritmasi bilan barbod qilish, keyin pachaqlash, undan keyin tashlandiq buyumlar poligoniga jo'natish talab qilingan. Dastur tarafdorlari bu odamlarni yangi avtomobillar sotib olishga undash orqali iqtisodiy tiklanishga ko'maklashadi degan fikrni bildirishdi. Yangi avtomobillar eskilariga nisbatan qimmatroq turadi. Biroq, eski avtomobillarning taklifi kamaygani sababli ularning ham narxi ko'tarildi. Natijada, iste'molchilarning (eski yoki yangi) avtomobil olish uchun xarajatlari oshib, boshqa mahsulotlar olish uchun mavjud mablag'lari miqdori kamaydi. Shunday qilib, jami talab miqdorini oshirishga qaratilgan «Xarob avtomobillar uchun naqd pul» dasturi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Amalda, soliq to'lovchilar hisobidan yangi avtomobil xaridini ko'paytirish uchun 3 milliard dollar subsidiya ajratilgan. Ayni damda, jami qiymati 2 milliard dollarga yaqin 700 ming eski avtomobillar yo'q qilingan. Yangi mashina sotib olish imkoniyatiga ega bo'lgan shaxslar xarid uchun subsidiya oldilar, faqat eski mashina sotib olishga qurbi yetadigan kambag'alroq aholi esa zarar ko'rdi. Dasturning amal qilish muddati tugashi bilan yangi mashinalar savdosi keskin kamaydi. Germaniya eski avtomobillarni yo'q qilish bo'yicha o'z dasturini ishlab chiqdi va u soliq to'lovchilarga kamida 7 milliard dollarga tushgan. Bu miqdor Qo'shma Shtatlari dasturiga nisbatan kamida ikki barovarga ko'pdir. Ko'pgina Sharqiy Evropa mamlakatlarida ham, jumladan Rossiya va Slovakiyada, shunga o'xshash dasturlar amal qilgan. Ruminiyada «Rabla» (talofot ko'rgan mashina) dasturi doirasida kamida sakkiz yil avval chiqarilgan 525 mingdan ortiq avtomobillar 1500 yevrogacha miqdordagi vaucherlarga almashtirilib, foydalanishdan olingan. Dastur 2005– 2015-yillarda amal qilgan bo'lib, bunda har bir kishi yangi avtomobil vaucheri uchun uchtagacha eski avtomobil topshirishi mumkin edi. Agar eski avtomobillarni vayron qilish yaxshi fikr bo'lsa, balki avtomobil egalaridan o'z avtomobillarini har yili vayron qilishni talab qilish kerakdir. Bu yangi avtomobillar savdosini qanchaga oshirishini bir o'ylab ko'ring. Bularning barchasi iqtisodiy jihatdan nooqilona dasturlardir. Ehtimol, ayrim ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari taqchilligini oshirish orqali ularga yordam berish mumkindir, lekin iste'mol qiymatiga ega bozori chaqqon tovarlarni yo'q qilish orqali aholi farovonligini oshirib bo'lmaydi. Turli tovarlarning muqobil qiymatini oshirishga qaratilgan davlat tadbirlari mahsulotlarni vayron qilishning takomillashgan shaklidir. Jahon bo'lylab mamlakatlar 51 baliqchilik sohasiga yiliga 30 milliard dollar subsidiya ajratadilar. Ushbu subsidiyalarning 60 foizi barqaror bo'lmagan, zararli yoki noqonuniy faoliyatga bevosita ko'maklashadi. Buning oqibatida bozor muvozanatining buzilishi dunyo baliqchiligi sohasida xo'jasizlik surunkali tus olishiga asosiy sabab bo'ldi. Natijada, Jahon bankining hisobi bo'yicha 2012-yilda dunyo iqtisodiyoti 83 milliard dollar zarar ko'rdi. Undan tashqari, dunyo bo'yicha baliqchilik uchun ajratiladigan subsidiyalarning 70 foizi rivojlangan mamlakatlar (xususan, Yaponiya, Qo'shma Shtatlari, Frantsiya va Ispaniya) hamda Xitoy va Janubiy Koreya hissasiga to'g'ri keladi. Bunday transfert to'lovlari baliqchilikka qaram minglab aholi jamoalarini subsidiya berilgan raqobatchilar bilan raqobat qilishlarini qiyinlashtiradi. Boshqa chekka mamlakatlardan kelgan sanoat kemalari ularning okean zaxiralarini kamaytirishi natijasida millionlab odamlarning oziq-ovqat havfsizligi tahdid ostida qoladi. Bu, ayniqsa, baliqchilik hayotiy muhim hisoblangan G'arbiy Afrikadagi mahalliy aholiga katta salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. 1990- yillardan boshlab, asosan YI va Xitoyga tegishli chet el kemalari Afrika qirg'oqlarida sanoat miqyosida baliq ovlashi natijasida mahalliy baliqchilarning tirikchilik qilishi yoki oilalarini boqishi uchun imkoniyat qolmadi. Siyosatchilar va davlat xarajatlarini oshirish tarafdorlari davlat dasturlari yangi ish o'rinlari yaratganligi bilan maqtanadilar va bunday dasturlarning manfaatlarini bo'rttirib ko'rsatadilar. Shu sababli iqtisodiy savodxonlikni oshirish o'ta muhimdir. Garchi bandlikdan tez-tez boylik yaratish vositasi sifatida foydalanilsada, iqtisodiy farovonlikni shunchaki ish o'rinlari emas, balki odamlar uchun qimmatli tovar va xizmatlarni yaratuvchi ish o'rinlari oshirishini yodda tutishimiz lozim. Agar shu oddiy haqiqat unutilsa, odamlar boylikni yaratuvchi emas, balki uni kamaytiruvchi loyihalarni qo'llab-quvvatlashga tez-tez chalg'itilishlari mumkin. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling