James d. Gwartney


Video: Ish o'rinlari qanday yaratiladi?


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Ish o'rinlari qanday yaratiladi?
Ish o'rinlarini sun'iy ravishda yaratilishiga diqqatni jamlash juda noto'g'ri. Bu xatolikni
buyuk frantsuz iqtisodchisi Frederik Bastia o'zining «Ce qu'on voit et ce qu'on ne voit pas»


52
(«Nima ko'rinadi yoki ko'rinmaydi», 1850) maqolasida keltirilgan singan deraza masalida aniq
ko'rsatib bergan:
«Siz beparvo o'g'li deraza oynasini sindirib qo'yganda mehribon do'konchi
Jeyms Gudfellou g'azabga kelganini hech ko'rganmisiz? Agar bunga duch
kelgan bo'lsangiz, unda tomoshabinlarning har biri, ularning soni o'ttizta
bo'lgan taqdirda ham, xuddi oldindan kelishib olgandek bechora do'konchini
quyidagi so'zlar bilan yupatganiga guvoh bo'lgandirsiz: «Falokatning sharofati
bor. Hamma kun ko'rishi kerak. Agar hech kim oyna sindirmasa, oyna
soluvchilarning ahvoli nima kechadi?»
Bunday hamdardlik butun bir nazariyani o'z ichiga oladi. Ushbu nazariyani
oddiy misolimiz orqali tushuntirish qulay, chunki u iqtisodiy institutlarning,
afsuski, asosiy qismini tartibga solib turuvchi nazariyaga juda yaqin.
Aytaylik, zararni qoplash olti frankka tushadi. Siz falokat oyna soluvchiga olti
frank daromad keltiradi va bu, o'z navbatida, yana olti frankka savdoni
ko'paytiradi deb aytishngiz mumkin. To'g'ri, gapingizda jon bor, unga hech
qanday e'tirozim yo'q. Oynachi kelib, vazafasini bajaradi va olti frankini oladi.
Qo'lini ishqalab, ko'nglida beparvo bola haqqiga duo qiladi. Bular vaziyatning
aniq, ko'rinib turgan tomoni.
Biroq, agar siz ham deraza oynasini sindirish bu yaxshi, chunki u pulning
aylanishiga va sanoatning rivojlanishiga ko'maklashadi degan tez-tez uchrab
turadigan fikrga qo'shilsangiz, unda men sizga: «To'xtang! Sizning nazariyangiz
faqat ko'rinadigan narsalar bilan cheklangan; u vaziyatning ko'rinmagan
tomonini hisobga olmaydi», deb keskin javob berishga majbur bo'laman.
Chunki do'konchi olti frankni bir narsaga sarflagandan keyin bu mablag'ni
boshqa maqsadlarga sarflay olmasligi bizga ravshan emas.


53
Agar deraza oynasini almashtirmaganda, balki u yangi poyabzal olishi yoki
kutubxonasiga yana bitta kitob qo'shishi mumkinligi bizga ko'rinmaydi. Qisqasi,
agar falokat sodir bo'lmaganda, u olti frankni boshqa maqsadga ishlatgan
bo'lar edi»
(7)
.
Bastia diqqat-e'tiborimizni haqli ravishda ishlab chiqarishdan boylikka qaratadi.
Avvaldan mavjud qimmatli resurslarni yo'q qilish orqali yangi ishlab chiqarishga talabni
yaratish jamiyat farovonligini oshirishning samarali yo'li emas.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling