47
Video:
Ayirboshlash orqali boylik yaratish
Bunday «xayrli kapitalistlar» misolini o'tish davri iqtisodiyotlari bo'ylab ham topish
mumkin.
Chexiyalik Pavel Baudish, ehtimol, Bil Geyts kabi mashhur emasdir,
lekin u
kiberxavfsizlik sohasida katta ahamiyatga ega bo'lgan «Avast» dasturini yaratdi va milliardlab
dollar boylikka erishdi. Polyak mexanik Zbigniev Sosnovski davlatning muvaffaqiaytsiz
korxonasini yiliga 1 milliondan ortiq velosiped ishlab chiqaruvchi Evropadagi yirik «Kross»
kompaniyasiga aylantirdi. «Gapiradigan mushuk Tom» deb
Googledan qidirib korsangiz, siz
bolalar uchun yaratilgan juda mashhur seriallar to'plamini topasiz. U Sloveniyalik Izo va Samo
Loginlar tomonidan yaratilib, Xitoylik xaridorga bir milliard dollardan ko'proq pulga sotilgan.
48
Qiymat daromad va boylik yaratadi
Iste'mol butun ishlab chiqarishning ma'nosi va maqsadidir; ishlab
chiqaruvchining manfaati iste'molchining manfaatini qo'llab-
quvvatlashga zarur darajada hisobga olinishi kerak.
— Adam Smith, An Inquiry into the Nature and Causes of the Wealth of Nations, Volume
II Glasgow Edition (Indianapolis: Liberty Fund, Inc., [1776] 1981): 660. Kitob quyidagi
Internet manzilida ham mavjud:
http://www.econlib.org/library/Smith/smWN.html
Adam Smit bundan 240
yil avval qayd etganidek, barcha ishlab chiqarishining maqsadi
iste'moldir. Ammo iste'mol ishlab chiqarishdan faqat lug'atda oldinroq keladi.
Odamlar
qadrlaydigan tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni ko'paytirmasdan turib daromad va turmush
standartlarini ko'tarib bo'lmaydi.
Video:
Singan deraza anglashilmovchiligi
Odamlar qadrlagan tovarlarni vayron qilish jamiyatga iqtisodiy jihatdan salbiy ta'sir
ko'rsatishi aniq. Bu g'oya
shunchalik tabiiy va ravshanki, uni ta'kidlashning o'zi ahmoqona
tuyuladi. Biroq, tovarlarni yo'q qilish jamiyat uchun foydali degan yanglish fikr
amalda ham
qo'llanilgan. 1933-yilda Qo'shma Shtatlari Kongressi qishloq xo'jalik mahsulotlarining narxlari
pasayib ketishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida mahsulot yetishtirish hajmini qisqartirish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: