James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Narx tizimi


45
Daromad foydalilikdan yuzaga keladi
Odamlar ishlab chiqarish unumdorligi, didi, mahsus malakasi, dunyoqarashi, tavakkal qilishga
moyilligi va hokazolar bilan bir-birlaridan farq qiladilar. Ushbu farqlar odamlarning
daromadiga ta'sir etadi, chinki ular boshqalar uchun ishlab chiqaradigan tovar va
xizmatlarining qiymati shu farqlanishlarga bog'liq.
Bozor iqtisodiyotida sharoitida odamlar ta'minlaydigan mahsulotlarning boshqalar
uchun qiymati uning tannarxidan baland bo'lsa, ular ko'pincha yuqori daromadga erishadilar.
Agar ushbu shaxslar qardli tovar yoki xizmatlarni yetkazib bermaganlarida edi, korxonalar (va
bilvosita iste'molchilar) ularga bunchalik yaxshi haq to'lamas edilar. Buning mohiyati
quyidagicha: agar yaxshi daromad topishni istasangiz, boshqalarga katta naf keltiradigan
narsani qanday yaratishni aniqlang. Ikkinchi tomondan, agar boshqalarga qadrli yordam
ko'rsata olmasangiz yoki ko'rsatishni istamasangiz, unda daromadingiz kamroq bo'ladi.
O'zgalarga yordam berish va daromad topish ortasidagi bevosita bog'liqlik har birimizni
boshqalarni qadrli tovar va xizmatlar bilan ta'minlash uchun bilim olishga, iste'dotni
rivojlantirishga va odatlarni shakllantirishga rag'batlantiradi. Universitet talabalari shifokor,
o'qituvchi, buxgalter va muhandis bo'lishlari uchun ko'p oqiydilar, stressga bardosh beradilar
va oq'ish to'lovlarini to'laydilar. Boshqalar esa elektrchi, texnik xizmat ishchisi yoki veb-sayt
dizayneri bo'lish uchun tayyorlov va sertifikatlash kurslarida o'qiydilar hamda tajriba
orttiradilar. Yana kimlardir investitsiya qilib, tadbirkorlik bilan shug'ullanadilar. Nima
sababdan odamlar shunday qiladilar?
Ba'zi hollarda odamlar dunyoni yaxshi tomonga o'zgartirishni nihoyatda istaydilar.
Biroq, eng muhimi shundaki, dunyoni yaxshi tomonga o'zgartirishga ishtiyoqi yo'q, lekin faqat
daromad topishni istaydigan shaxsda ham o'z malakasini oshirishga va boshqalar uchun qadrli
faoliyat bilan shug'ullanishga kuchli rag'bat bo'ladi. Yuqori daromad boshqalar uchun qadrli
tovar va xizmatlarni yetkazib berishdan keladi. Badavlat bo'lishni istagan odamlar boshqalar

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling