James d. Gwartney
Video: Narxni bo'rttirish yomonmi?
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Video:
Narxni bo'rttirish yomonmi? Keling, endi bozorning taklif tomonini ko'rib chiqaylik. Tovar birligi tannarxiga ta'sir qiluvchi omillarning o'zgarishi butun taklif egri chizig'ini siljitadi. Tovar birligi tannarxining pasayishiga olib keluvchi o'zgarishlar (masalan, texnologiyaning rivojlanishi yoki tovar ishlab chiqarishda foydalanilgan resurslar narxlarining pasayishi) taklifni oshirib, butun taklif egri chizig'ini o'ngga siljitadi. Aksincha, tovar ishlab chiqarishning qimmatlashuviga olib keluvchi 38 o'zgarishlar, masalan, tovarning tarkibiy qismlari narxining oshishi yoki ishlab chiqaruvchilarga soliqni oshirish, taklifni kamaytiradi va taklif egri chizig'ini chapga siljitadi. Muzqaymoq ishlab chiqarishda zarur ingredientlar bo'lmish sut va qaymoq narxlari pasaydi deb faraz qilaylik. Ushbu resurslar naxlarining pasayishi muzqaymoq taklifiga va uning bozor narxiga qanday ta'sir ko'rsatadi? Agar taklif oshadi va bozor narxi tushadi deb javob bersangiz, unda javobingiz to'g'ri. 4-chizma ushbu nuqtai nazarni talab va taklif yordamida tasvirlab beradi. Qaymoq va sut baholarining pasayishi muzqaymoq birligini ishlab chiqarish tannarxini kamaytiradi va taklif egri chizig'ini o'ngga (S1 dan S2 ga) siljitadi. Natijada, muzqaymoqning muvozanat narxi 5 laridan 3 larigacha tushadi. Ushbu yangi va pastroq narxda talab miqdori oshib, kuniga 20 ming litrga teng taklif miqdoriga yana bir bor tenglashadi. Eslatma: Taklifning oshishi (butun taklif egri chizig'ining o'ngga siljishi) muzqaymoq narxini pasaytirdi va talab egri chizig'i bo'ylab harakatlanib, talab miqdorini oshirdi. Agar muzqaymoq ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradigan o'zgarishlar sodir bo'lsa (masalan, ingredientlar narxlarining oshishi), bu teskari natijaga olib keladi: taklif kamayadi (egri chiziq chapga siljiydi), muzqaymoq narxi oshadi va ayirboshlash miqdori kamayadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling