James d. Gwartney


ELEMENT 1.6 Narxlar xaridor va sotuvchlar tanlovlarini muvozanatga keltiradi


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

ELEMENT 1.6
Narxlar xaridor va sotuvchlar tanlovlarini muvozanatga keltiradi.


33
muzqaymoq ishlab chiqarishlarini ko'rsatadi. 2-chizmada ko'rsatilganidek, taklif egri chizig'i
tepaga va o'ngga yo'nalgan bo'lib, bu ishlab chiqaruvchilar yuqoriroq narxlarda ko'proq
muzqaymoq yetkazib berishga moyilligini bildiradi. Taklif egri chizig'i taklif qonunini grafik
orqali tasvirlaydi.
2-chizma: Talab, takilf va muvozanat narx
Taklif (S)
Muvozanat (E)
Talab (D)
5
7.5 10 12.5 15 17.5 20 22.5 25 27.5
Miqdor (muzqaymoq, ming litrda)
Q*
0
2.5
5
7.5
10
N
a
rx
 (
b
ir
li
k
 m
iq
d
o
ri
 u
c
h
u
n
 G
ru
z
iy
a
 l
a
ri
s
i)
P*
Endi juda muhim bo'lgan quyidagi holatga e'tibor bering: bizning misolimizda bir litr
muzqaymoqning narxi 5 lari (Gruziya milliy valyutasi) tomon harakat qiladi, bu esa talab
miqdorini taklif miqdoriga tenglashtiradi. Muvozanat
(?)
narxi bo'lgan 5 larida Gruziyalik


34
iste'molchilar kuniga 15 ming litr muzqaymoq xarid qilishni istaydilar, bu esa muzqaymoq
ishlab chiqaruvchilar yetkazib berishni istagan miqdorga teng. Narx iste'molchilarning va
ishlab chiqaruvchilarning tanlovlarini muvofiqlashtirib, ularni muvozanatga olib keladi.
Masalan, agar narx 5 laridan 7,5 lariga ko'tarilsa, ishlab chiqaruvchilar iste'molchilar
sotib olishni istagan miqdordan ko'proq muzqaymoq ishlab chiqarishni istaydilar. Narx 7,5 lari
bo'lganda, ishlab chiqaruvchilar yetkazib berishni istagan miqdorning hammasini sota
olmaydilar. Mahsulot zaxiralari oshib, bu ehtiyojdan ortiq taklif tufayli ba'zi ishlab
chiqaruvchilar ortiqcha zaxiralarni kamaytirish maqsadida narxni pasaytiradilar. Narx
muvozanat narxi 5 lariga tenglashguncha pasayishga moyil bo'ladi. Ko'rinib turibdiki, agar
narx muvozanat narxidan yuqori bo'lsa, bozor kuchlari uni muvozanat darajasi tomon suradi.
Shunga o'xshash, agar muzqaymoqning narxi, masalan, 5 laridan 2,5 lariga tushsa,
iste'molchilar ishlab chiqaruvchilar yetkazib berishni istagan miqdordan ko'proq muzqaymoq
sotib olishni istaydilar. Bu holat ortiqcha talab paydo bo'lishiga olib keladi va u narx to
muvozanat narxi 5 lariga yetguncha narx o'sishini rag'batlantiradi. Xaridorlar va
sotuvchilarning tanlovlari faqat muvozanat narxi darajasida bir-biri bilan tenglashadi, bozor
narxi esa shu darajaga qarab intiladi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling