James d. Gwartney


Video: Blokcheyn va ishonch


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Blokcheyn va ishonch


32
Narxlar muvozanatga olib keladi
Bozor narxlari ham xaridorlarning, ham sotuvchilarning tanlovlariga ta'sir ko'rsatadi. Agar
narxining o'sishi mahsulotni xaridorlar uchun qimmatroq qilsa, odatda xaridorlar mahsulotni
kamroq miqdorga xarid kiladilar. Demak, tovar yoki xizmat narxi bilan talab miqdori o'rtasida
teskari bog'liqlik mavjud. Ushbu teskari bog'liqlik talab qonuni
(?)
 deb ataladi.
Sotuvchilarga esa mahsulot narxining o'sishi qo'shimcha daromad keltiradi va shuning
uchun ham ular ko'proq mahsulot yetkazib berishga harakat qiladilar. Demak, mahsulot narxi
bilan taklif miqdori o'rtasida ijobiy bog'liqlik mavjud. Bu ijobiy bog'liqlik taklif qonuni
(?)
 deb
ataladi.
Talab qonuni shunchalik universal tushunchaki, iqtisodchilar unga biror mazmunli
istisno bor-yo'qligini o'nlab yillar davomida izlab topishga harakat qilib kelyaptilar. Biroq,
taklif qonuni deyarli doimo to'g'ri amal qilsada, u ba'zi istisnolardan xoli emasligini nazarda
tutish lozim. Misol uchun, o'qish to'lovini to'lash uchun universitet talabasi ishlaydi (ya'ni ish
kuchini taklif qilayapti). Uning ish haqi (mehnatining sotish bahosi) oshdi, deb tasavvur
qilaylik. Agar bu unga kamroq soat ishlab o'qish to'lovini to'lashiga imkon bersa, darsga
ko'proq vaqt ajratishi uchun u o'z ish kuchi taklifini qisqartirishi mumkin.
Narx, talab va taklif miqdori o'rtasidagi o'zaro bog'liqliklarni iqtisodchilar ko'pincha
grafiklar yordamida namoyish qiladilar. Buning uchun tovar narxi vertikal y o'qida, vaqt
birligiga (masalan, hafta, oy yoki yil) tovar miqdori esa gorizontal x o'qida ko'rsatiladi. 2-
chizma klassik talab va taklif grafigini muzqaymoq va Gruziya milliy valyutasi lari misolida
namoyish etadi. Talab egri chizig'i xaridorlar alternativ narxlarda turli miqdordagi muzqaymoq
sotib olishlarini ko'rsatadi. Talab egri chizig'i pastga va o'ngga yo'nalganligiga e'tibor bering.
Bu narx pasaygani sari iste'molchilar ko'proq muzqaymoq xarid qilishlarini bildiradi. Bu talab
qonunini grafik orqali ko'rsatishdir.
Taklif egri chizig'i ishlab chiqaruvchilar alternativ narxlarda turli miqdordagi

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling