James d. Gwartney
ELEMENT 1.5 Tranzaksion xarajatlar savdoga to'siqdir
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Video: Shoushenkdan qochish iqtisodiyoti
ELEMENT 1.5
Tranzaksion xarajatlar savdoga to'siqdir. 30 xizmatlarning narxini oshirishdan iborat bo'lib, ularning faoliyati hech qanday foyda olib kelmaydi deb hisoblaydi. Agar bu rost bo'lganda edi, odamlar ularning xizmatidan foydalanmagan bo'lar edi. Tranzaksion xarajatlar savdoga to'sqinlik qiladi, vositachilar esa ushbu xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham aholi ularning xizmatidan foydalanadi. Video: Shoushenkdan qochish iqtisodiyoti Masalan, oziq-ovqat do'koni egasi vositachi hisoblanadi. (Albatta, zamonaviy ulkan supermarketlar ko'plab ishtirokchilarning faoliyatlari natijasidir, lekin ularning faoliyati birga olib qaralsa, u ham vositachilik xizmatiga kiradi). Agar xaridor sabzavotni dehqondan, mevani bog'bondan, sut yoki pishloqni sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchidan, go'sht yoki baliqni chorvador yoki baliqchidan bevosita sotib olishiga to'g'ri kelsa, unda bitta taomni tayyorlash uchun zarur vaqt va hatti-harakatlar to'g'risida bir o'ylab ko'ring-a. Ishlab chiqaruvchilar bilan ushbu aloqalarni iste'molchilar o'rniga oziq-ovqat do'koni egalari o'rnatib, ular mahsulotlarni xaridorlarga qulay joylarda sotadilar va zaxiralarning yetarliligini ta'minlaydilar. Samarali amal qilayotgan bozor sharoitida oziq-ovqat do'konlari va boshqa vositachilar ko'rsatgan xizmatlar tranzaksion xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirib, potensial xaridorlar va sotuvchilarga savdo manfaatlarini o'zlashtirishlarini yengillashtiradi. Bunday xizmatlar savdo hajmini oshiradi va iqtisodiy taraqqiyotga hissa qo'shadi. Keyinchalik biz davlat yoki texnologiya ma'lum shaxs yoki korxonaga monopoliya imtiyozini berishi natijasida vujudga keladigan nomukammal bozorlarni ko'rib chiqamiz. Yagona, yoki monopoliyaga (?) ega ta'minotchining xavfliligi bir mamlakat boshqa mamlakatning tabiiy gaz yoki neft kabi hayotiy muhim tabiiy resurslarning yagona manbayi bo'lgan misolda yaqqol namoyon bo'ladi. Oxirgi yillarda texnologiya taraqqiyoti ko'plab savdo ayirboshlashuvi bilan bog'liq tranzaksion xarajatlarning kamayishiga olib keldi. Deyarli barcha mahsulotlarning potensial sotuvchilari to'g'risida ma'lumot olish uchun iste'molchilar barmoqlarini sensorli ekranda bir 31 necha bor yurg'izishlarining o'zi kifoya. Kompyuter ilovalari yordamida film, kiym-kechak va uy xo'jaligi mollari xarid qilish, mehmonxona qidirish, katta kontsert yoki muhim futbol o'yiniga chipta sotib olish, hattoki taksi chaqirish oddiy holga aylangan. Tranzaksion xarajatlarning shu tariqa qisqarishi bilan savdo hajmi ko'paydi va turmush standartlari ko'tarildi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling