James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
O'qish uchun:
Duayt Li. «Bozorlar va marjinalizm» 25 Savdo manfaatlari Savdoning asosi o'zaro manfaatdan iborat. Odamlar ayirboshlashga rozi bo'ladilar, chunki u ularning farovonlik darajasini oshiradi deb ishonadilar. Savdoga bo'lgan motivatsiyani quyidagi da'vo orqali umumlashtirish mumkin: «Agar siz menga biror yaxshilik qilsangiz, men ham sizga biror yaxshilik qilaman». Savdo bu o'zaro foydali bitim. Bu o'zaro manfaatli faoliyat savdo hamkorlarining har biriga ular qardlagan narsaga ko'proq ega bo'lishiga imkon beradi. Savdo manfaatlarining uchta asosiy manbasi mavjud. Birinchidan, savdo tovarlarni kamroq qardlaydigan odamlardan ularni ko'proq qadrlaydigan odamlar tomon yo'llaydi. Demak, savdo yangi narsa ishlab chiqarmasdan turib ham tovarlar qiymatini oshirishi mumkin. Masalan, ishlatilgan tovarlar eski buyumlar bozorida yoki Craigslist (yoki list.am kabi mahalliy variantlar) kabi xizmatlar orqali sotilganda, bu ayirboshlash (yangi mahsulotlar kabi) mavjud tovarlar hajmini oshirmaydi. Biroq savdo tufayli mahsulotlar ularni ko'proq qardlagan odamlar tomon harakatlanadi. Bundan ham sotuvchi, ham xaridor manfaatdor, aks holda ayirboshlash amalga oshmas edi. Odamlarning istaklari, bilim darajalari va maqsadlari turli xil. Kimgadir arzimas tuyulgan mahsulot boshqasiga qimmatbaho toshdek bo'lishi mumkin. Muhandis uchun yuzlab dollarlarga baholangan elektronika bo'yicha jiddiy texnikaviy kitob san'at kollektsioneri uchun arzimas bir narsa bo'lishi mumkin. Xuddi shunday, muhandis befarq bo'lgan tasvirni san'at asarlari kollektsioneri qadrlashi mumkin. Ixtiyoriy ayirboshlash elektronika bo'yicha kitobni muhandisga va tasvirni san'at kollektsioneriga yo'naltirib, ikkala tovardan olinadigan manfaatni oshiradi. Savdo ham xalqning, ham mamlakatning boyligini oshiradi. Mamlakatning farovonlik darajasi nafaqat mamlakat ichkarisida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning miqdori bilan, balki ushbu tovar va xizmatlar qanday taqsimlanganligi bilan ham aniqlanadi. Ikkinchidan, savdo ishlab chiqarish va iste'mol hajmlarining oshishiga sharoit yaratadi, chunki u xarajat nuqtai nazaridan qo'limizdan eng yaxshi keladigan faoliyatga to'la Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling