James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Narx nazorati
- Narxni borttirishning
Video:
Muqobil qiymat Ba'zi narsalar shunchalik muhimki, ularni amalga oshirish uchun xarajatlarning ahamiyati yo'q degan iborani tez-tez eshitamiz. Bunday fikrlash bir qarashda xolisdek tuyuladi va bu balkim odamlarni biz qadrlagan narsalarga pul sarflashga undashning samarali yo'lidir. Biroq, xarajatlar bu voz kechilgan boshqa muqobil narsalarning qiymati ekanligini tan olsak, ularni e'tibordan chetda qoldirish asossiz ekanligi ayon bo'ladi. Bir narsani amalga oshirish uchun uning xarajatlarini hisobga olmaslik xuddi uning muqobillarining qiymatini hisobga olmaslik bilan baravardir. Agar biz bir-birini istisno qiluvchi (ammo birday jozibali) muqobillardan birini tanlasak, ularning arzonrog'i eng ma'qul tanlovdir. Ham iste'molchi, ham ishlab chiqaruvchilar tanlovlari xarajatlarsiz emas. Tovar qiymati uning narxida aks etgan bo'lib, u bizga iste'molchi sifatida mahsulotga bo'lgan istagimizni sotib olishimiz mumkin bo'lgan boshqa muqobil mahsulotlarga bo'lgan istagimizga taqqoslashga yordam beradi. Agar qiymatlarni hisobga olmasak, unda daromadimizni «noto'g'ri» narsalarga, y'ani bizga unchalik qiymatga ega bo'lmagan tovar va xizmatlarga sarflab yuborishimiz 17 mumkin. Ishlab chiqaruvchilar ham xarajatlarga duch keladilar. Bular mahsulotni yaratish yoki xizmatlarni ko'rsatish uchun sarflangan resurslar qiymatidan iborat. Masalan, yangi uy qurish uchun yog'och, po'lat va gipsokarton kabi resurslardan foydalanish bu resurslarni shifoxona va maktab kabi boshqa narsalarni qurishga foydalanishdan mahrum qiladi. Resurslarga bulgan baland narxlar, ularning boshqa bozorlarda xaridor va sotuvchi baholagan, boshqa yuqori qiymatli maqsadlarda foydalanish imkoniyatlari mavjudligi to'g'risida signal beradi. O'z navbatida, foyda izlovchi korxonalar uchun ushbu signallar zarur bo'lib, ular shunga muvofiq ravishda harakat qiladilar va arzonroq o'rinbosar resurslarni izlaydilar. Biroq davlat siyosati ushbu signallarni yo'qqa chiqarishi mumkin. U soliq joriy etishi yoki tarafdorlarning iltifotiga erishish uchun subsidiyalar orqali erkin va ochiq bozorlarda (?) shakllangan narxlarni pasaytirishi mumkin. Lekin bunday siyosat resurslarni iste'molchilar eng yuqori baholaydigan narsalarga yo'naltirishga yordam beradigan bozorning rag'batlantiruvchi kuchlarining susayishiga olib keladi. 1991 va 1994-yilllar orasida Gruziyada sodir bo'lgan voqea bunga klassik misoldir. Davlatning non narxini bozor narxi darajasidan pastroq qilib muzlatishi iste'molchilarni bir kilometrdan ortiq navbatlarga turib qolishiga olib keldi. Narx nazorati (?) bekor qilingan kundanoq barcha do'kon rastalari to'satdan to'ldi va navbatlar yo'q bo'ldi! Shunga o'xshash hodisa 2006-yilda yana Gruziyada sodir bo'ldi: Rossiyadan keladigan gaz quvuri portlashi isitishda foydalanadigan kerosinga bo'lgan talabni juda ko'tarilib ketishiga olib keldi. Narxni bo'rttirishning (?) oldini olish uchun kerosin narxlari nazoratga olindi, bu esa narxlar erkin bozor narxlari darajasigacha ko'tarilishiga ruxsat etilmaguncha uzun navbatlarga olib keldi. Siyosatchilar, davlat mulozimlari va lobbistlar (?) ko'pincha «tekin ta'lim», «tekin tibbiy xizmat» yoki «tekin uy-joy» to'g'risida gapiradilar. Bu tushunchalar aldamchidir. Bularning hech qaysisi tekin emas. Bularning har birini yaratish uchun tanqis resurslar talab etiladi. Bu tanqis resurslar boshqa muqobil yo'nalishda ishlatilishi mumkin. Misol uchun, bino, ish kuchi va boshqa resurslardan ta'lim sohasi o'rniga ko'proq oziq-ovqat ishlab chiqarish, dam olish, atrof-muhitni muhofaza qilish yoki tibbiy xizmat ko'rsatish sohalarida foydalanish mumkin. Ta'lim berish bilan bog'liq xarajatlar ishlab chiqarishdan voz kechilgan tovar va xizmatlar qiymatiga teng. Hukumatlar xarajatlarni o'zgartirishga qodir bo'lishi mumkin, lekin ularni 18 bartaraf eta olmaydi. Davlat odamlarni pensiya yoshlari uchun pul jamg'arishni rag'batlantirmoqchi bo'lganda odatda katta reklama loyihalari samarasiz bo'lib chiqadi, lekin soliq imtiyoziga ega bo'lgan jamg‘arma hisob raqamlari ko'pincha natija beradi. Muqobil qiymat juda muhim tushunchadir. Hayotdagi har bir narsa muqobil qiymat bilan chambarchas bog'liq. Biz tanqislik dunyosida yashaymiz va shuning uchun tanlashga majburmiz. Muqobil qiymat orqali biz dunyoni yaxshiroq anglashimiz mumkin. Ko'pchilik muqobil qiymatiga aloqasi yo'q deb qaraydigan ish kuchi ishtiroki, tug'ilish va aholi o'sish darajalariga muqobil qiymatining ta'sirini ko'rib chiqaylik. Yuqori ma'lumotli ayollarning ma'lumoti kamroq ayollarga nisbatan uydan tashqarida ishlash ehtimoli nega yuqoriroq ekanligi to'g'risida hech o'ylab ko'rganmisiz? Bunga ham muqobil qiymat orqali javob olishimiz mumkin. Ma'lumoti yuqori bo'lgan ayollarning ishlab daromad topish imkoniyatlari kengroq bo'lganligi sababli ular uchun uyda o'tirish qimmatga tushadi. Mavjud dalillar shu nuqtai nazarni qo'llab-quvvatlaydi. 2014-yilda Ukrainada o'n besh yoshdan to oltmish to'rt yoshgacha bo'lgan ishchi kuchidagi (?) ayollar orasida oliy ma'lumotli ayollarning 70 foizi ish bilan band bo'lgan. Bu ko'rsatkich tugallanmagan oliy ma'lumotli ayollar o'rtasida 62 foizni hamda o'rta maktabni tugatgan ayollar orasida esa 40 foizni tashkil etgan (4) . Iqtisodiy nazariyadan bizga ma'lumki, agar uydan tashqarida ishlamaslik qanchalik qimmatroqqa tushsa, shunchalik kamroq ayollar ishlamaslikni afzal ko'radilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling