James d. Gwartney
imkoniyatning marjinal foydasi uning marjinal xarajatidan yuqori bo'lishi kerak
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
imkoniyatning marjinal foydasi uning marjinal xarajatidan yuqori bo'lishi kerak.
22 emas, balki ularning marjinal qiymatlarini taqqoslaydilar. Bundan tashqari, biz faqatgina marjinal foydasi marjinal bahosidan oshgan variantlarni tanlaymiz. Albatta, ba'zi narsalar mayda qismlarga bo'linmaydi. Ko'proq oziq-ovqat va kichikroq xonadon tanlash oson, lekin bola ko'rish qarorlarida yarim bolani qo'shishning ilojisi yo'q. Ammo shunday vaziyatlarda ham marjinal printsipi qo'llaniladi. Ota-onalar bola sifatiga ko'proq yoki kamroq investitsiya (masalan, qo'shimcha o'qish puli, musiqa darslari kabi ota- onalari bola hayotiga muvaffaqiyat yoki baxt olib kelishiga ishonadigan investitsiyalar) qilishlari mumkin. Avtomashina narxlari ko'tarilganda iste'molchilar sifati pastroq avtomashinalarni tanlashlari mumkin (yoki o'z avtomashinalarini haydashda davom etadilar). Ko'pincha bolalar qaysi maktabga borishi yashash manziliga bog'liq. Agar davlat siyosati ota- onalar maktab sifati va bola ehtiyojiga qarab maktabni tanlash o'rniga bolalarni yashash joyiga yaqin maktabga borishini talab qilsa, bu oilalarga muammo tug'diradi. Yashash joyi (va unga tegishli maktab) davlat tomonidan qattiq nazorat qilinadigan Xitoy kabi mamlakatlarda erkin tanlash huquqi yanada ko'proq cheklangan. Shuningdek, yangi zavod qurishni rejalashtirayotgan korxona rahbari yangi zavodning marjinal foydasi (?) (masalan, savdodan qo'shimcha daromad) uning marjinal xarajatidan (?) (yangi bino qurishning xarajati) oshish-oshmasligini hisobga oladi. Agar oshmasa, korxona rahbari va jamoasi yangi zavodni qurmagani ma'qul. Samarali siyosiy faoliyat ham marjinal printsipi asosida qaror qabul qilishni talab etadi. Atrof-muhit ifloslanishini bartaraf etish uchun qancha harakatlar zarurligi to'g'risidagi siyosiy qarorni qarab chiqaylik. Agar odamlardan atrof-muhit ifloslanishining ruxsat berish mumkin bo'lgan darajasi to'g'risida so'ralsa, ko'pchilik hech ham mumkin emas deb javob qaytaradi, ya'ni ifloslanishni nolga tushurishimiz kerak deb hisoblaydilar. Bu masala ovozga qo'yilsa, ular xuddi shunday ovoz berishlari mumkin. Marjinal printsipi asosida fikrlash esa bu o'ta isrofgarchilik ekanligini namoyish etadi. Atrof-muhit o'ta ifloslanib, nafas olish ham qiyinlashsa, ifloslanishni kamaytirishdan keladigan marjinal foydaning uning marjinal xarajatidan oshish ehtimoli ancha yuqori bo'ladi. Ifloslanish darajasi kamayishi bilan uning marjinal foydasi — havo qo'shimcha tozaligining qiymati ham kamayadi. Yanada tozaroq atmosfera bizga foydali bo'lsada (masalan, olisdagi tog'larni ko'ra olishimiz yoki tozaroq daryoda suzishimiz mumkin), u nafas yo'llarimizni 23 himoya qilishdek qimmatli emas. Atrof-muhit ifloslanishini butunlay bartaraf etishdan oldinroq, ifloslanish darajasini yanada kamaytirishdan keladigan marjinal foyda deyarli nolga tushadi. Ifloslanish darajasining pasayishi bilan uning marjinal foydasi kamayib, marjinal bahosi oshib boradi. Ifloslanishni butunlay bartaraf etishning marjinal bahosi juda yuqori bo'ladi. Marjinal baho bu ifloslanishni bir muncha kamaytirish uchun voz kechishga to'g'ri kelgan boshqa narsalarning qiymatiga teng. Toza atmosferaning marjinal bahosi uning marjinal foydasidan oshsa, ifloslanishni kamaytirishni davom ettirish isrofgarchilik hisoblanadi. Boshqacha aytganda, faoliyat xarajatini oqlamaydi. Ifloslanish misolini davom ettirib, quyidagi taxminiy vaziyatni ko'rib chiqaylik. Ifloslanish 100 million yevroga teng zarar olib kelyapti, lekin uni bartaraf etishga esa atigi 1 million yevro sarflanyapti deb faraz qilaylik. Shu ma'lumotga ko'ra, ifloslanishni kamaytirish yo'lidagi faoliyatimiz yetarlimi yoki yo'qmi? Ko'pchilik bunga juda kam mablag' sarflayapmiz deb hisoblaydi. Bu ehtimol to'g'ridir, lekin berilgan ma'lumot bunday xulosa chiqarishga yetarli emas. 100 million yevro bu jami zararning miqdori, 1 million yevro esa tozalash bilan bog'liq jami xarajatdir. Nima qilish to'g'risida oqilona qaror qabul qilish uchun tozalashning marjinal foydasi va marjinal qiymatini bilishimiz lozim. Agar ifloslanishni kamaytirishga sarflangan qo'shimcha 10 yevro zararni 10 yevrodan ko'proq miqdorga kamaytirsa, bu ishga ko'proq mablag' sarflashimiz lozim. Bunda marjinal foyda marjinal qiymatdan yuqori. Agar ifloslanishga qarshi tashabbuslarga sarflangan qo'shimcha 10 yevro zararni atigi bir yevro miqdorga kamaytirsa, ifloslanishga qarshi faoliyatga qo'shimcha xarajat qilish oqilona bo'lmaydi. Odamlar o'z fikr-mulohazalarida va saylovda ovoz berishda odatda marjinalizmning ta'siriga e'tibor berishmasada, buni ularning o'z shaxsiy faoliyatlarida kamdan-kam kuzatish mumkin. Oziq-ovqat va hordiq chiqarish o'rtasidagi tanlovni ko'rib chiqaylik. Umuman qaraganda, oziq-ovqat hordiq chiqarishdan ancha qardli, chunki u inson yashashi uchun zarur. Iqtisodiy nochor mamlakatlarda yashayotgan qashshoq odamlar daromadlarining asosiy qismini yetarlicha ovqatlanishga sarflashadi. Ular golf o'ynashga, suv chang'isida suzishga va hordiq chiqarishning boshqa turlari bilan shug'ullanishga kam vaqt ajratishadi yoki umuman 24 ajratishmaydi. Odamlar boyishi bilan esa oziq-ovqat sotib olishning muqobil qiymati kamayadi. Oziq- ovqat hayot uchun o'ta zarur bo'lsada, unga katta mablag' sarflashda davom etish kaltafahmlik bo'lar edi. Yuqori farovonlikka yetishganda odamlar har bir keyingi yevroni qanday sarflash to'g'risida qaror qabul qilish jarayonida oziq-ovqatning marjinal foydasi hordiq chiqarishnikidan kam ekanligiga amin bo'lishadi. Masalan, shvedlarning farovonlik darajasi oshgani sari ular daromadlarining kamroq qismini oziq-ovqatga va ko'proq qismini esa dam olishga sarflashadi (5) . Marjinalizm g'oyasi oqilona qarorlar qabul qilishda aynan marjinal harajat va marjinal foyda ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. Agar resurslarimizdan samarali foydalanishni istasak, unda faqat marjinal foydasi marjinal xarajatidan yuqori yoki unga teng bo'lgan faoliyatlarni tanlashimiz shart. Insonlar ham, mamlakatlar ham marjinalizm printsipi asosida qarorlar qabul qilgandagina farovonlikka yetishishi mumkin. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling