James d. Gwartney
Tekin taom degan narsaning o'zi yo'q
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Tekin taom degan narsaning o'zi yo'q
Ishlab chiqarish resurslarining (?) cheklanganligi va shu bilan birga insonning tovar va xizmatlarga bo'lgan istagi deyarli cheksiz bo'lgani sayyoramizdagi hayot haqiqatidir. Yangi ust-bosh, hashamatli kema yoki Shveytsariya Alp tog'larida dam olishni istaysizmi? Bo'sh vaqt, hordiq chiqarish va sayohat qilishga ko'proq vaqt bo'lishinichi? Yap-yangi Porsh mashinangizni okean bo'yidagi uyingiz oldiga haydab kirsihni orzu qilasizmi? Ko'pchiligimiz bularning hammasiga va undan ko'proq narsalarga ega bo'lishni xohlaymiz. Ammo resurslar, shu jumladan vaqtning tanqisligi (?) sababli bizning imkoniyatlarimiz cheklangandir. Hamma narsaga istagan miqdorda ega bo'la olmasligimiz tufayli biz muqobillar orasidan tanlashga majburmiz. «Tekin taom» degan narsaning o'zi yo'q. Biror bir narsani amalga oshirishni istasak, biz uchun qiymatga ega bo'lgan boshqa bir narsani amalga oshirish imkoniyatidan voz kechishimizga to'g'ri keladi. Shu tufayli iqtisodchilar hamma xarajatlarni muqobil qiymat (?) deb tariflaydilar. ELEMENT 1.2 Tovarlar tanqisligi tufayli biz ularni tanlashga majburmiz. 16 O'qish uchun: Robert Frost. «Bosilmagan yo'l» Ko'p xarajatlar pulda (?) o'lchanadi, lekin ular ham muqobil qiymat hisoblanadi. Misol uchun, biror narsani sotib olishga sarflagan pulingiz boshqa narsalarni xarid qilishga mavjud emas. Xaridingizning muqobil qiymati siz shu xaridga pul sarflaganingiz tufayli voz kechishingizga to'g'ri kelgan boshqa narsalarning siz uchun bo'lgan qiymatiga teng. Agar biror ishni qilishda pul sarflashingiz kerak bo'lmasa, ushbu harakat xarajatsiz degani emas. Quyosh botishining go'zalligini tomosha qilish uchun sayrga chiqqanda pul sarflash shart emas, biroq sayrga chiqishning ham muqobil qiymati bor. Sayr qilish uchun ketgan vaqtni boshqa yumushlarga: o'rtog'ingiznikiga borish yoki kitob o'qishga sarflash mumkin edi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling