James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ragbatlar ahamiyatga ega
Kirish
Video: Baxt siri Hayot tanlovlardan iboratdir. Iqtisodiyot (?) esa rag'batlantirishning ushbu tanlovlarga va hayot shakliga ta'sirini o'rganadi. Ta'lim, xarajat, investitsiya, ish faoliyati bo'yicha tanlovlar va boshqa qator shaxsiy qarorlar farovonlik va hayot sharoitimizga ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari, saylovchi va fuqaro sifatidagi tanlovlarimiz qonunlar yoki «o'yin qoidalari»ga ta'sir ko'rsatadi. O'z navbatida ushbu qoidalarning erkinlik va farovonligimizga ham ulkan ta'siri bor. O'zimiz va jamiyat uchun oqilona tanlovlarni amalga oshirishda, avvalo inson tanlovlari, ular harakatlarining asoslari hamda ushbu harakatlarning o'z va boshqalar farovonligiga qanday ta'sir qilishi to'grisidagi asosiy printsiplarni yaxshi tushunib olishimiz lozim. Demak, iqtisodiyot insonlarning qaror qabul qilish jarayonini, tanlovlarga ta'sir etuvchi kuchlar tahlilini hamda ularning jamiyat faoliyatiga ta'sirini o'rganadi. Iqtisodiy fikrlash usuli asosiy tushunchalarni fikrlash jarayoniga tatbiq etishdan iboratdir. Keyingi qism iqtisodiyodni o'rganishda, nega ba'zi mamlakatlar rivojlanib, yuqori daromad darajasiga yetishi, boshqalari esa, aksincha, iqtisodiy turg'unlikka uchrab, kambag'al bo'lishi sabablarini tushunishda ahamiyatga ega bo'lgan o'n ikkita tushunchalarni taqdim etadi. Xarajatlarning asl ma'nosi, narxlarning ahamiyati, savdoning farovonlikka ta'siri hamda 10 insonlar qadrlaydigan narsalarni ishlab chiqarish turmush darajasini qo'llab-quvvatlashi to'g'risidagi tushunchalarni o'rganasiz. Kitobning keyingi qismlarida bu tushunchalar muhim ahamiyatga ega bo'lgan mavzularni o'rganishga asqotadi. 11 Rag'batlar ahamiyatga ega Butun iqtisodiyot bitta oddiy printsipga tayanadi: manfaatlarning o'zgarishi inson hatti- harakatiga kutilganidek ta'sir etadi. Rag'batga ham pullik, ham pulsiz omillar ta'sir ko'rsatadi. Agar biror tovar qimmatlashsa, odamlarning uni tanlash ehtimoli kamayadi. Shunga mos ravishda, tanlovdan kelib chiqadigan manfaat oshsa, odamlarning uni tanlash ehtimoli oshadi. Gohida iqtisodiyotning asosiy postulati deb ataluvchi ushbu oddiy g'oya juda kuchli asbob hisoblanadi, chunki u deyarli barcha faoliyatimizda qo'llaniladi. Odamlarning biror tanlovni tanlash ehtimoli uning qimmatlashgani sari kamayadi. Ushbu g'oyaning ma'nosi to'g'risida o'ylab ko'ring. Uchrashuvga kechikayotgan kishining yo'ldan do'stinikiga tashrif buyurish ehtimoli kamayadi. Sovuq va yomg'irli kunda kamroq odamlar piknikka chiqadi. Narxlarning oshishi sotilgan tovarlar miqdorini kamaytiradi. Ta'tildan bir kun oldin kollejda davomat odatdagidan pastroq bo'ladi. Har bir holatda uning talqini bir xil: tanlov qimmatlashgani sari u kamroq tanlanadi. Xuddi shunday, agar tanlovdan kelib chiqadigan manfaat oshsa, odamlarning uni tanlash ehtimoli oshadi. Ko'chada yurgan kishi yerda yotgan centdan ko'ra yevro yoki dollarni olishi ehtimoli ko'proq. Agar biror dars mavzusining imtihonda bo'lishi ma'lum bo'lsa, talabalar ushbu darsda diqqatliroq bo'ladilar. Mijozlar arzon, yuqori sifatli xizmat ko'rsatuvchi va qulay manzilda joylashgan do'konlarda ko'proq xarid qiladilar. Ishchilar xizmatlariga yarasha rag'batlantirilsa, ular qattiqroq va samaraliroq ishlaydilar. Bu natijalarning barchasi oldindan ma'lum bo'lib, ular iqtisodiyotning «rag'batlar ahamiyatga ega», degan postulatini shunchaki aks ettiradi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling