James d. Gwartney
Video: Talab va taklifning qisqacha ta'rifi
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Video:
Talab va taklifning qisqacha ta'rifi eBay auktsion tizimi ko'pchilikka tanish muhit sharoitlarida talab va taklif qanday ishlashini tasvirlaydi. eBayda sotuvchilar o'zlarining rezerv narxlarini, y'ani ular tovarning sotishga rozi bo'lgan minimal narxini kiritadilar; xaridorlar esa ular to'lashga rozi maksimal taklif narxini kiritadilar. Auktsion boshqaruv tizimi xaridorlar nomidan taklif miqdorini oldindan belgilangan shkala bo'yicha oshirib boradi. Kim oshdi savdosi to savdo muddati tugaguncha yoki xaridorlardan biri «Hozir sotib olish uchun» deb ko'rsatilgan narxni to'lashga rozi bo'lganga qadar davom etadi. Xaridorning taklif qilgan narxi sotuvchi so'ragan minimal narxdan oshsagina, ayirboshlash amalga oshadi. Agar ushbu ayirboshlash amalga oshsa, bundan xaridor ham, sotuvchi ham manfaat ko'radi. 35 Talab va taklif kuchlari boshqa bozorlarda (?) ham, garchi eBay elektron bozori kabi ochiq-oydin bo'lmasada, unga o'xshash ko'rinishda ishlaydi. Talab egri chizig'ining balandligi iste'molchi tovarning keyingi birligi uchun to'lashga tayyor maksimal narxni ko'rsatadi, taklif egri chizig'ining balandligi esa ishlab chiqaruvchi keyingi birlikni sotish uchun so'ragan minimal narxni ko'rsatadi. Agar narx iste'molchi to'lashga tayyor maksimal narx bilan sotuvchi taklif qilgan minimal narx oralig'ida bo'lsa, savdodan ikkalasi ham manfaatdor bo'ladi. Bundan tashqari, agar narx muvozanati vujudga kelsa, savdoning barcha potensial manfaatlari to'liq oz'lashtiriladi. Demak, iste'molchilar ular uchun qiymati amaldagi narxdan yuqori bo'lgan mahsulot birliklarinigina xarid qiladilar. Xuddi shunday, ishlab chiqaruvchilar mahsulot narxi ishlab chiqarish xarajatidan yuqori bo'lgan mahsulot birliklarinigina yetkazib beradilar. Muvozanat narx vujudga kelganda tovarning iste'molchilar uchun qiymati uni ishlab chiqarish uchun zarur resurslar xarajatidan katta bo'lsa, tovarni ishlab chiqarish va xarid qilish jarayoni davom etadi. Xulosa: bozor narxlari nafaqat talab va taklif miqdorlarini muvozanatga olib keladi, balki ishlab chiqaruvchilarni iste'molchilar uchun qiymati ishlab chiqarish xarajatidan katta bo'lgan tovarlarni yetkazib berishga yo'llaydi. Bu haqiqat barcha bozorlarga tegishli. Albatta, biz o'zgaruvchan dunyoda yashaymiz. Vaqt o'tishi bilan tovar va xizmatlarga bo'lgan talab va taklifga ta'sir etuvchi o'zgarishlar yuz beradi. Iste'molchi daromadi, aloqador tovarlar narxlari, kelajakda narx o'sishi bo'yicha taxminlar, bozordagi iste'molchilar soni kabi omillar tovarga bo'lgan bozor talabiga ta'sir ko'rsatadi. Ushbu omillardan birining o'zgarishi xaridorlar turli narxlarda sotib olishni istagan tovar miqdorini o'zgartiradi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu omillardagi o'zgarishlar talabni o'zgartiradi va talab egri chizig'ini ko'chiradi. Talabning o'zgarishi bilan talab miqdorining o'zgarishi tushunchalari o'rtasidagi farqni ajratib olish muhimdir. Talabning o'zgarishi butun talab egri chizig'ining (tepaga yoki pastga) siljishini anglatadi, talab miqdorining o'zgarishi esa narx o'zgarishi bilan talab egri chizig'i bo'ylab harakatni bildiradi. (Talabalar uchun muhim eslatma: talabning o'zgarishi va talab miqdorining o'zgarishi o'rtasidagi farqni ajrata olmaslik iqtisodiyotda eng ko'p kuzatiladigan xatolardan biridir. Bundan tashqari, bu mavzudagi savollar ko'p iqtisodiyot bo'yicha o'qituvchilarning sevimli mashg'ulotlaridandir. Dono talabalar buni e'tibordan chetda qoldirmaydilar). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling